56.Процессуал мажбуриятларни бузганлик учун жавобгарликни ҳақида тўхталинг.
271-modda. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Jinoyat ishini yuritish chog‘ida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
Bundan tashqari protsessual majburiyatlarni buzganliklari uchun, xususan:
jabrlanuvchilar va guvohlar — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan o‘tish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun;
uyida olib qo‘yish, tintuv o‘tkazilayotgan shaxslar, shuningdek, mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari) — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa muassasalarining xodimlari — sudning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi ajrimini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun;
(271-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
mansabdor shaxslar va fuqarolar — basharti ular hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga, tergov eksperimenti o‘tkazishga, murdani eksgumatsiya qilishga, olib qo‘yish va tintuv o‘tkazishga to‘sqinlik qilsalar;
protsess ishtirokchilari — surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular ma’lumotlarni oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan ogohlantirilgan bo‘lsalar;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga to‘sqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |