Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish


Download 0.85 Mb.
bet56/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

277-modda. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish
Fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi da’voni qo‘zg‘atgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy da’vogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.






59.Мол-мулкни хатлаш баённомаси ва мол-мулкни хатлаш тартибини баён қилинг.
290-modda. Mol-mulkni xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkni o‘zlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yo‘q qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi.
(290-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxati”.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qo‘poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda — bu joylar xatlanadi.
(290-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari, 155, 157 — 159, 161-moddalari.
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori bo‘yicha prokuror roziligi bilan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning ajrimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mol-mulkni xatlash prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma to‘rt soat ichida prokuror qaror va bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda xabardor qilinadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim.
(290-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlanayotganda esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham ko‘rsatiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan keyin esa, qonunchilikka muvofiq vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi.
(290-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora ko‘rilmagan bo‘lsa, sud hukmning shu qismi ijrosini ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga haqlidir.
Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling