327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 322-moddasi.
Muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
328-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish vakolatiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 322-moddasi.
Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘lishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;
(328-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritish chog‘ida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;
(328-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov olib borish chog‘ida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(328-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(328-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
66.Жиноят ишини қўзғатиш сабабларидан бири “шахсларнинг аризалари”га қўйилган талаблар, шунингдек айбини бўйнига олиш ҳақидаги арздан ўхшаш ва фарқли жиҳатларини баён қилинг.
67.Жабрланувчининг шикоятига асосан жиноят ишини қўзғатиш тартиби ва асосларини баён этинг.
Терговга қадар текширув ўтказиш тартибини баён қилинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |