Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Қисман реабилитация этишнинг асослари ва оқибатларини таҳлил қилинг


Download 0.85 Mb.
bet58/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

61.Қисман реабилитация этишнинг асослари ва оқибатларини таҳлил қилинг.
303-modda. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari
Shaxsning qisman reabilitatsiya etilishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) shaxsning qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganligi;
2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga ko‘ra qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi;
3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda o‘talgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi;
(303-moddaning birinchi qismi 1 — 3-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘ining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi.
(303-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Qisman reabilitatsiya etish ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishiga va ma’naviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishiga sabab bo‘ladi.






62.Мулкий зиённи қоплаш ҳажмини баён қилинг.
304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida ko‘rsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi.
Quyidagilar qoplanishi lozim bo‘ladi:
1) reabilitatsiya etilgan shaxs o‘ziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum bo‘lgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar;
2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni to‘lash to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa;
3) pullar, pul jamg‘armalari va ularga to‘lanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga o‘tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yo‘qotilgan mol-mulk qiymati;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasi.
5) sud hukmini ijro qilish chog‘ida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
6) yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga to‘langan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
(304-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo‘rlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling