Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi


Download 0.85 Mb.
bet68/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

364-modda. Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi
Dastlabki tergov:
1) ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 367-moddasi.
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 365-moddasi.
3) ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 368-moddasi.
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin davolab bo‘ladigan kasallikka chalingan hollarda to‘xtatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 366-moddasi.
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.



  1. Қидирув эълон қилиш тартибини баён қилинг.



365-modda. Qidiruv e’lon qilish
Ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi shart.
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilishga haqli.
Qidiruv dastlabki tergov o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov to‘xtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin
(365-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 242 va 243-moddalari.
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.



  1. Дастлабки терговни тамомлашнинг турлари ҳамда уларнинг бир-биридан фарқли жиҳатларини баён қилинг.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling