170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish surishtiruvchining, tergovchining prokuror tomonidan sanksiya berilgan qaroriga yohud sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo‘yicha yohud ularning yozma roziligi hamda prokurorning sanksiyasi bilan yoki sudning ajrimiga ko‘ra ularning telefonlari yohud boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda surishtiruvchi, tergovchi prokurorni keyinchalik darhol yozma ravishda xabardor qilgan holda, uning sanksiyasisiz telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarorni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi prokuror tomonidan sanksiya berilmagan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarori yoki ajrimi unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitib turish, ma’lumotlar uzatilishini olib borishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, ushbu qaror yoki ajrim maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog‘ida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
|
36.Экспертиза тайинлаш ва ўтказиш шарт бўлган холатларни таҳлил қилинг. Сизнингча яна қандай ҳолатларни экспертиза ўтказишнинг шартлилигига киритиш мумкин. Бунинг амалиётда долзарблик жиҳатларини кўрсатиб беринг.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |