173-modda. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi
Basharti, ish bo‘yicha:
1) o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
2) jinsiy aloqada bo‘lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish belgilarini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi. Jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ularning xususiyati va inson organizmiga ta’siri darajasi ekspertiza tayinlash, mutaxassislarni so‘roq qilish yo‘li bilan aniqlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra, aybdor tomonidan tayyorlanishi, qayta ishlanishi, olinishi, saqlanishi, tashilishi, jo‘natilishi yoki o‘tkazilishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan vositalar yoki moddalardan foydalanilganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa;
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g‘ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko‘rsatuvlar berish hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 27-bandining ikkinchi xatboshi. 27. Qasddan odam o‘ldirish uchun jazo tayinlashda ushbu jinoyat sodir etilishidagi barcha holatlar: qasd turi, qotillik sabablari, maqsadi, usuli, jinoyat sodir etilgan vaziyat va jinoyat bosqichi, shuningdek, aybdorning shaxsi, uning o‘z qilmishiga munosabati, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinishi zarur. Ayni paytda jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar, uning sudlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, qotillik sodir etilmasdan oldingi xulq-atvori o‘rganilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchining (sudlanuvchining) ruhiy jihatdan sog‘lomligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, ambulatoriya yoki statsionar sharoitida sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi kerak.
5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so‘roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
7) giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini;
(173-moddaning birinchi qismi 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
8) pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini;
9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo‘lganda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shart.
Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo‘llash zarur bo‘lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, 4. Shaxsning Jinoyat kodeksi 247, 248 va 249-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdorligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda aybdordan olingan u yoki bu ashyolarning qonunga xilof ravishda egallaganlik, tayyorlaganlik, olganlik, olib yurganlik, saqlanganlik, o‘tkazganlik va beparvolik bilan saqaganlik uchun qayd etilgan moddalarda javobgarlik ko‘zda tutilgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga taalluqliligini tegishli ekspertiza o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining beshinchi xatboshisi. Voyaga yetmagan sudlanuvchining aqli norasoligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishida ortda qolgani yoki ortda qolmagani haqidagi masalaga aniqlik kiritish uchun kompleks sud-ruhiyotshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim.
Mazkur masalalarning yechimi ekspertlar komissiyasi ixtiyoriga havola etilishi ham mumkin. Bunda voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishi, uning yoshidan naqadar ortda qolganligi, aqli zaifligi qay darajada ekanligi haqidagi savollarga javob berish shart qilib qo‘yilishi kerak.
|
37.Қўшимча ва қайта экспертизаларнинг ўхшаш ва фарқли жиҳатларини қиёсий таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
|
|
38.Комиссиявий ва комплекс экспертизаси ўтказишнинг ўхшаш ва фарқли жиҳатларини қиёсий таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
|
|
39.Ашёвий ва ёзма далилларни ўхшаш ва фарқли жиҳатларини таҳлил қилинг.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |