Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Qisqacha xulosalar
1. Estetika – go’zallik olami, san’at va badiiy ijod qonuniyatlarini o’rganuvchi va o’rgatuvchi fan. 2. Kasbiy faoliyat estetikasi - bu biron bir kasb sohiblarining voqelikka estetik munosabatda bo’lish orqali o’zlarining xizmat faoliyatlarini nafosat qonunlari, printsiplari, vositalari asosida tashkil qilishlarini o’rganish, o’rgatish va o’zgartirishidir. 3. Jamiyatdagi go’zallik – shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg’unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy munosabatlar majmui. 4. Inson go’zalligi uning ma’naviy, jismoniy uyg’unligidadir. 5. «Go’zal inson» deganda uning ijobiy axloqiy xislatlari, ya’ni yaxshiligi, mehribonligi, to’g’riso’zligi, o’zgalarni hurmat qilishi , qisqasi, insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari tushuniladi. 6. «Chiroyli inson» deganda esa uning tashqi, ya’ni jismoniy tomoni tushuniladi. Bu o’rinda shuni unutmaslik kerakki, go’zal inson hamma vaqt ham chiroyli bo’lavermaydi va aksincha. 7. San’at deb kishilarning voqelikni badiiy qiyofalar, timsollar (obrazlar) orqali in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ongga hamda uni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishga qaratilgan badiiy amaliy-ijodiy mehnat faoliyatiga aytiladi. 8. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllari bo’lgan siyosat, huquq, axloq, din kabilardan quyidagi qator xususiyatlari: a) voqelikni aniq tushunchalar va ilmiy kategoriyalarda emas, balki badiiy qiyofalar, timsollarda aks ettirishi; b) insonning ruhiy dunyosini tushunishga, uning ichki sirlari bilan oshno bo’lishga imkon berish kabilari bilan farq qiladi. Tayanch iboralar Estetika, nafosat, estetik ong, estetik munosabat, go’zallik va xunuklik, qahramonlik va qo’rqoqlik, san’at, san’at nazariyalari, badiiy adabiyot, kitob, kitobxonlik, muloqot, xalq bilan muloqot, estetik tarbiya,estetik madaniyat. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Etika va estetika nimalardan bahs yuritadi? 2. Estetika fan sifatida nimalarni o’rganadi? 3. Estetik munosabatlar deb nimaga aytiladi? 4. Estetik ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan nimasi bilan farq qiladi? 5. San’at deb nimaga aytiladi? 6. San’atning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz? 7. Erkin Vohidovning “ Inson” qasidasini yoddan aytib berolasizmi? 9. Abdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim” she’rining mazmuni va mohiyati haqida so’zlab bering. 12. Zigmund Freydning: «Ishqiy lazzatning sehrli sozi yaratuvchanlik kuchiga egadir. Uni madaniyat ilmining birinchi talablariga bo’ysundirish lozim. Chunki u madaniyat sohasida ulkan yutuqlarga erishishning manbai bo’lib, bu kuch orqali odamlar cheksiz baxt-saodatga musharraf bo’ladilar»15, – degan fikri yuzasidan bahs yuriting? 1 Qarang: Umarov E. Estetika. – T.: O’zbekiston, 1995. – B.107. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.– T.: Ma’naviyat,2008. – B.165. 3 Qarang: Umarov E. Estetika. – T.: O’zbekiston 1995. – B.122 4 Qarang: Qur’oni karim. O’zbekcha izohli tarjima. – T.: Cho’lpon, 1992. – B.15, 17. 5 Qarang: Zigmund Freyd. Ocherki po psixologii seksualnosti. – M.: Sistema,1989. – S.73. 6 Qarang: O’zbekiston tarixi. 1– qism. – T.: Universitet, 1997. – B.24. 7 O’zbekiston tarixi. 1– qism. – T.: Universitet, 1997. – B.24. 8 Personaj – oatincha “persona” so’zidan olingan bo’lib, shaxs degan ma’noni anglatadi. 9Qarang: O’zbek tilining izohli lug’ati. J.3.– T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.– B.608. 10Qarang: O’zbek tilining izohli lug’ati. J.2. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat:ilmiy nashriyoti, 2006.– B.396– 397. 11 Janr – frantsuzcha “genre” – jins ,tur degan ma’noni anglatadi. 12 Qarang: Aristotel. Poetika.– T.:Adabiyot va san’at nashriyoti,1980.– B.10– 11. 13 Qarang: Deni Didro. Izbr. proiz. – M– L., 1951. – S.386. 14 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.– T.: Ma’naviyat, 2008.– B.136. 15 Qarang: Zigmund Freyd. Ocherki po psixologii seksualnosti. – M.: Sistema,1989. – S.73. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling