Estetika fani predmeti va vazifalari


Download 35.53 Kb.
bet1/7
Sana02.11.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1740665
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ESTETIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI


ESTETIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI”
Reja:
1. Estetika – nafosatning mohiyatini o’rganuvchi qadimiy fan.
2. Estetika – san’at, dizayn, turmush go’zalligi to’g’risidagi tushunchalar tizimi sifatida.
3. Estetikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
4. Milliy estetik tarbiyani rivojlantirish – jamiyat ma’naviy taraqqiyotining ustivor vazifalaridan biridir.
Estetika nima?

O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi bilan ma'naviy madaniyatimiz, san'atimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’rganish, hayotga tadbiq etish baxtiga muyassar bo’ldik. O’zbekistonda milliy ong, milliy mafkura, iftixor tuyg’usi qагог topib, milliy madaniyatimiz yangi davr talablari asosida taraqqiy eta boshladi.


Yurtboshimiz “Milliy mafkuramiz birinchi navbatda xalqimizning azaliy an'analariga udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga bir so’z bilan aytganda milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyo qarashi va tafakkuriga asoslanib , biz bilan birga zamonaviv umumbashariy , umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o’ziga qаmrаb olgan holda yurt tinchligi, vatan ravnaqi, хаlq manfaati va farovonligi yo’lida xizmat qilmog’i darkorligini” aytdi.
Shu bois hozirgi davrda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni ma'rifatli, уuкsак madaniyatli va estetik barkamol qilib tarbiyalash muhimdir. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganidek, - «Kelajakda O’zbekiston уuksаk darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yеtuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim» Shu jihatdan yoshlarning estetik tarbiyasiga har tomonlama e'tibor, ularda bilimlarni chuqur egallab , buуuк mutafakkir Yusuf Xos Xojib aytganidek, -«O`quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar, bilim qayda bo’lsa, buуuklik bo’lar» degan hikmatli so’zlarni chuqur singdirishdan iboratdir.
Go’zallik, nafosat tarbiyasi tushunchasi keng qamrovlidir. U o’z oldiga komil insonni go’zallik ruhida tarbiyalash vazifasini qo’уаг еkаn, bu katta mas'uliyat talab qiladi.
Ma'lumki, har birimizning xilma-xil, muгаkkаb va jozibador go’zalliklar dunyosi qurshab olgan.
Biz go’zallikni qaylarda uchratamiz?
Go’zallik-
• Tabiatda
Mehnatda
• Insoniy munosabatlarda,
• San'atda namoyon bo’ladi.

Go’zalikka befarq qarovchi odamning topilishi qiyin. Go’zallik, ayniqsa yoshlik, o’spirinlik davrida, shaxsning ma'naviy dunyosi tarkib topishi ko’proq maftun etadi.


Inson o’z tabiatiga ko’га san'atkordir. U qanday qilib bo’lmasin o’z hayotiga go’zallik kiritishga intiladi. Go’zallik ijod etishning eng keng maydoni jamiyat baxt-saodat yo’lida erkin mehnat qilishdir. She'r yozish, surat solish, spektakllarda o’ynash, qo’shiq aytish, yohud raqsga tushish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Lekin har bir odam uchun ijodiy mehnat eshigi keng ochiqdir.
Har bir odam hayotning barcha sohalaridagi:
• Mehnatdagi
Ijtimoiy faoliyatdagi
• Maishiy xayotdagi
• Xulq atvordagi chinаkаm go’zallikni tushunishi va bilishi shartdir.
Bunda « Estetika» deb atalmish fanning roli juda kattadir.



Estetika –yunoncha "aisthetikos " so’zidan olingan bo`lib , «his qilmоq», «sezmoq qobiliyati» ma'nosini bildiradi.



Estetika fanining maydonga kelishi uzoq tarixga ega. Ya'ni bundan 2,5 ming ilgari Qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunoniston mamlakatlarida yashagan mutafakkir va donishmandlar adabiyot va san'atning asosiy mohiyati nimadan iborat ekanligini bilishga intilganlar. Bu borada juda ko’plab ajoyib badiiy, ilmiy asarlarni meros qilib qoldirganlar.


XVIII asrda yashagan nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1782) o’zining «Poetik asarning ba'zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» degan kitobida estetika terminini ishlatdi. U estetik faoliyatini san'at turlariga xos estetik ong va estetik faoliyatini qonunlashtiruvchi fan estetika bo’lishi kerakligini aniqlab berdi. U kitobning birinchi bo’limida shunday yozadi: «Estetika hissiy bilish haqidagi fandir»
Ijtimoiy ong formasi bo’lmish falsafa insonda dunyoqarashini shakllantirdi. Falsafa prinsiplarga asoslanadigan estetika esa mustaqil fan sifatida kishilar badiiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.


Estetika nimalarni o’rganadi?.


Estetika – go’zallikni uning juda кo`р xilma-xil ko’rinishlarni bir butun holda olib o’rganish bilan birga, san'atning vujudga kelishini tabiatini va uning taraqqiy qilish umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.


Shuningdek, estetika - fan sifatida voqelikning go’zallik asosida in'tiqos etishini, inson amaliy faoliyatining hamma sohalarida go’zallik va xunuklik tuyg’ularni, ayniqsa badiiy ijodning umumiy qonunlarini o’rganadi.
Estetika san'at bilan, inson hayoti va faoliyatining turli sohalari (mehnat, turmush, xulq-atvor) da estetik asosning namoyon bo’lishini ifodalaydi.
Estetika faqat go’zalliknigina emas, balki sifat va xususiyat, oliyjanoblik, bema'nigarchilik, fojeaviylik va kulgililk kabi masalalar bilan ham qiziqadi. U hayotdagi go’zallikning mohiyatini aniqlaydi, kishilarning mehnatda va ijtimoiy turmushda badiiy asos, uning xarakteri va ahamiyatini tekshiradi.
Shuningdek, estetika san'atning mohiyati, mazmuni va umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy - ruxiy, mafkuraviy – g’oyaviy, siyosiy intilishlari ham o’zgarib rivojlanib boradi. Chunki estetik tafakkur:
1. Insonning maqsad-manfaatlarini estetik badiiy vositalarda nazariy asoslab bersa;
2. Estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o’rganish, tahlil qilish bilan boyitadi;
3. Estetik nazariyalarning falsafiy asoslarni ochib beradi;
4. Voqelikni estetik in'ikos etish jarayonlarini ko’rsatib beradi.



Estetika fani:

Voqe'likni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy bog’liqligini namoyon etadi va ifodalaydi. Estetika - bu nafosat olami, san'at va qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezish, idrok qilish vositalari огqаli o’rganadigan va o’rgatiladigan fandir.








Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling