Estetika fani predmeti va vazifalari
Download 35.53 Kb.
|
ESTETIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetika fani psixologiya fani bilan ham bog’langan.
- Birinchidan
- Uchinchidan
- Estetik tarbiya
Birinchidan - biror dalilga, harakatga va kishilarning so’zlariga va hokazolarga axloqiy jihatdan baho berish uchun ularning mazmuni muhim xolos, shakli esa unchalik ahamiyati уo’q.
Estetika baho, mazmun va shaklning garmonik birligi bilan bevosita bog’liqdir va shuning uchun u his-tuyg’u organlarining real faktlari va hodisalar, odamlar, konkret san'at asarlari bilan bevosita munosabatda paydo bo’ladi. Ikkinchidan, - axloqiy ma'naviy tasavvurlar hech qanday konkret his-tuyg’uga ega bo’lmagan umumiy mulohazalarga mavhumiy g’oyalar abstrakt tushunchalar shaklida ham ifoda etilishi mumkin. Uchinchidan, - estetika bilan axloqni shuning uchun ham tenglashtirish mumkin emaski, axloqiy kategoriyalar, baholarni tabiat hodisalariga nisbatan ishlatib bo’lmaydi, holbuki jonli va jonsiz tabiatning bari estetika uchun zaruriy doiradir. • Estetika fani psixologiya fani bilan ham bog’langan. Nimaga desak, u idrok, tasavvur, xis-tuyg’u, kechinma, zavqlanish kabi tushunchalar bilan qiziqadi. Lekin psixologlar ongning bu elementlarini estetik mohiyatini tushuntirib berolmaydilar, hamda estetika muammolari doirasida psixologik momentlar bilan cheklanib qolmaydi. Chunki, estetika u yoki bu darajada insoniy ruhiy his-tuyg’u holatini ifodalaydi. • Estetika fani mazmunan sotsiologiya-keng ijtimoiy bilimlar doirasi bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya fani bilan uch tarkibiy qism bilan bog’lanadi. Birinchidan, - ijtimoiy voqea va hodisalar, hamda jarayonlarning uslubiy asosiy hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy nazariy asosi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchdan, - sotsiologiya ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalar (siyosat, davlatlar, millatlar, san'at turlari va ko’rinishlari)ning qаmrab olgan holda estetik va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog’liqlikdan namoyon bo’ladi. Uchinchidan, - аniq sotsiologik tadqiqotlar оrqаli olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini oladi. Milliy estetik tarbiyani rivojlantirish - jamiyat ma'naviy taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biridir. Ma'lumki, prezidentimiz l.A.Karimovning «Milliy mafkura» haqidagi ma'ruzasida milliy g’oya va milliy mafkura haqida gapirar ekanlar, bu estetika, san'at sohasiga, estetik tarbiyaga ham tegishlidir. Chunki, milliy estetik tarbiyaning rivojlanish darajasi nafaqat biror xalqning san'atdagi holat va yutuqlar bilan, balki turmush, muloqot, an'analar, urf-odatlarda estetik unsurlar o’ynaydigan rol bilan ham harakterlanadi. Xalqning estetik tarbiyasini rivojlantirish va takomillashtirish jamiyat ma'naviy taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biridir. Ushbu vazifani hal etishda estetik madaniyatning bunyodkorlik imkoniyatini aniqlash va tahlil qilish muhim o’rin tutadi. Estetik tasavvurlarning rivojlanish madaniyatning bunyodkorlk imkoniyatlarini chiqarishga imkon beradi. Hozirgi estetika fanida bugungi eng muhim muammosi estetik ta'sir ko’rsatish vositalari, xususan dizayn san'ati, mе'morchilik va hokazolar vositasida shaxs madaniyatini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonini chuqur o’rganishdir, deb ta'kidlanadi. Estetik tarbiyaning muvaffaqiyati ko’p jihatdan har bir insonning, san'atning hayot, mehnatdagi rol va ahamiyatini tushunishga bog’liqdir. Estetika kishining estetik ruhda tarbiyalash uchun sog’lom estetik tuyg’uni shakllantirish to’g’ri ko’rsatib beradi. Estetika fanning prinsiplariga asoslanib hodisalar to’g’risida muhokama yuritish ularga to’g’ri baho berish, go’zallik bilan xunuklikni va shu kabilarni ajrata bilish lozim. Kishi shaxsni estetik o’stirish mehnat go’zalligini, mardonalik jamoatchilik o’zaro yordam do’stlik singari ijtimoiy munosabatlar go’zalligini сhuqur idrok etish uchun muhim ahamiyatga ega. Estetik tarbiya - ishlab chiqarish va mehnat madaniyati, munosabat va xulq madaniyati, turmush va dam olish madaniyatini oshirishning zarur shartidir. Hozirgi zamon kishisini tarbiyalashda estetika katta rol o’ynaydi. Chunki estetik tarbiyaning asosiy ma'nosi va vazifasi kishilarda hayot go’zalligi to’g’risida his, tasavvur va fikrlash va takomillashtirish огqаli inson shaxsining rivojlanishi o’sishiga ko’maklashishdan iboratdir. Shuningdek, estetik tarbiya - har bir yosh bugunning olamga, hayotga, adabiyot va san'atga bo’lgan munosabatini o’zgartiribgina qolmay, uning axloqi, xulqi, yurish-turishi, kiyinishiga ham ta'sir ko’rsatadi. Estetika real voqelikni сhuqurroq bilishga, kishining g’oyaviy va madaniy saviyasini ko’tarishga ularning o’tmish qoldiqlariga qarshi kesnin kurashishga ko’maklashadi. Estetik tarbiya tushunchasi keng ma'noga ega. Uni ozmi ko’pmi san'at asarlari bilan tanishish va ular haqida ma'lum tushunchaga ega bo’lishdan iboratdir, deb cheklangan ma'noda tushunish yaramaydi. Biz hayotda badiiy asarlarni o’qib turuvchi, kino, teatr va ko’rgazmalarni muntazam ravishda tomosha qilib, badiiy hayot voqealaridan xabardor bo’lib yurgan, ammo haqiqiy estetik madaniyatdan ancha yiroqda qolgan kishilarni ham uchratishimiz mumkin. Jamiyatimizning ijtimoiy - iqtisodiy , ilmiy - texnikaviy, madaniy va ma'naviy taraqqiyotini isloh qilish davrida estetika o’ziga xos rol o’ynaydi, hozirgi sharoitda bu dastaval voqelik estetikasidir. Jamiyat hayotining hamma sohalarini qayta qurish estetikasidir. Butun mamlakatimiz xalqining, jumladan talaba yoshlar ijodiyotining estetikasidir. Ilg’or estetika an'analarini ehtiyotkorlik bilan saqlab, ularni mahsuldor hozirgi tamoyillar bilan birlashtirib, biz jamiyatda chuqur insonparvarlik tasavvurlari va baholarini qагог toptirishga imkon yarata olamiz. Shu o’rinda shuni ta'kidlash kегаkki, «Estetika- kelajak estetikasidir» boshqacha qilib aytganda, insonning xulq-atvori, mezoni, insonning munosabatlar mezoni kelajakda go’zallik mezoni bo’lib qoladi. Zero, go’zallik mukining sultoni Hazrat Alisher Navoiy aytganidek, Download 35.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling