Estetikaning


Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati


Download 489.5 Kb.
bet4/21
Sana06.11.2023
Hajmi489.5 Kb.
#1751790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:

1. Sh.M. Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovon -lik garovi T.: O‘zbekiston 2017 -53 bet


2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2012-yil.
3. Sh.M.Mirziyoev. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T.: O‘zbekiston 2016 yil
4. I. A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”, – T.: “Ma’naviyat”, 2008- yil.
5. Karimov I .A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
6. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -T.: “O’zbekiston”, 2000-yil
7. I.A.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», -T.: “O’zbekiston”, 1997-yil.
8. . Karimov I.A. “Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo’lsin”, -T., 1994-yil.
9. I.A.Karimov. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», -T.: “O’zbekiston”, 1997-yil.

Ikkinchi yo‘nalish: Qadimgi yunon mutafakkiri Aristoteldan boshlanadi. Aristotel go‘zallikni real voqelik in’ikosi sifatida talqin etadi. U go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdoriy va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.


Aristotel fikriga ko‘ra, go‘zallik zaminida inson va narsalarning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi yo‘qolib ketadi», - deb uqtiradi. Go‘zallik muayyan mezon – o‘lchov ko‘rinishdagina namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, go‘zallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, sahovat, donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi.
Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini ishlab chiqish, ularni san’at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar bo‘lgan. Masalan, Didro go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Go‘zallik – bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u avvalo, insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi.

  1. Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni go‘zallik tushunchasi bilan ifodalaymiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivojlanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi.

Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt ham tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z diqqate’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga) qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi, insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish» nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib bormoqda.
v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi
go‘zallikni tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib, xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga rioya qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi.
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni hamma erda ko‘ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning barcha estetik qirralari va sifatlarini qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni tasvirlayotganida ham go‘zallikni tark etmaydi.
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Yevropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi kerak, deb qaragan edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar. Jahon san’ati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama tasvirlandi. Oddiy odamlar hayotining badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi.
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa. Chernishevskiy voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi go‘zallik birlamchi, san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa, san’atda ham u ifoda topa olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon etadi.
San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon xislatlarni aks ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk narsalarni aks ettirish mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki u o‘z tarkibiga estetik orzu, ya’ni go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir.
Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy yo‘nalishini ishlab chiqqan:

    1. Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi estetik orzusidir.

    2. Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u ham estetik ahamiyatga ega.

San’atda ilg‘or estetik orzuning bo‘lishi san’at go‘zalligi bilan bog‘liq zaruriy, lekin yagona bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqat va go‘zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. SHekspir
«Go‘zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi.
San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson faoliyatida kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda ko‘rinadi. Bu shakl esa faoliyat burchiga, vazifasiga, mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. SHaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli, g‘oyaviy ilg‘or, hayot haqiqatiga ega bo‘lgan mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga mos kelishiga san’at go‘zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo‘ladi.
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik tarbiyaning muhim vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir.
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr notig‘i Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq go‘zalligi bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u insonga his- tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi.
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi.
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujas-samlashtirgandir.
Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik esa goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi.
CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir. Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir.
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari: okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini uyg‘otadi.
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni alohida- alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. Fidoyilar, qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni namoyon qiladi. Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat
ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. Bunday munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib keldi.
Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol, tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni.
Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy mavzularidan biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi.
Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsalar, boshqalari o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib ketganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari, Toj Mahal keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsa, Amir Temur dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab mad-rasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi o‘ziga xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi.
San’atda ulug‘vorlik ba’zida fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Masalan, Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik, ham fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon – ulug‘vor, lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas.
Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va to‘qnashuvlari baholanadi va mushohada qilinadi. Fojialilik va kulgililik ijtimoiy xususiyatga ega tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon bo‘ladi.
Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi, harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida fojialilik va kulgililik yaxlit namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda fojialilik va kulgililikning uzviy chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi.
Masalan, Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar shu qadar chirmashib ketganki, ularning birini ikkinchisisiz anglash qiyin.
Fojialilik muammosi har doim, falsafiy va estetik tafakkur e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi.
Shekspir va Sofokl asarlari, Dostoevskiy, SHoloxov ro‘mon-lari, M.SHayxzodaning
«Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi.

Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun bir umr intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy adolatsizliklar, mu-nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab bo‘ladi.


Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri ifodalanadi. Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan bog‘lab mushohada qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishi kulgilidir.
Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi shaxsning tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni ko‘rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir.
Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning arxitekturadan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la estetik ifodasini topadi. Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol
«Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak» deydi.
San’atda kulgilik turlari:
Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea. Parodiya – hajviy o‘xshatma.
Satira (mashara) – hayotning salbiy hodisalari ustidan achchiq kulish.
Yumor (hazil-hajv), sarkazm, lof, askiya, karikatura va h.k. san’atda kulgililik turlariga misol bo‘ladi.
Kulgililikning barcha shakllari qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsa, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Beozor hazil-hajv tuyg‘usi inson hayotining kulgili tomonlari, uning barcha qirra va zarralarini ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi va u borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy kamoloti ko‘rsatkichi bo‘lib boraveradi.



Download 489.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling