Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. TSivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. - Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. TSivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
- Falsafani tushunishga nisbatan tsivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko’p sonli madaniyatlar va tsivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu erda ijtimoiy taraqqiyotning qatiy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
- Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflashtirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki tsivilizatsiyalar ‘asosi’ - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (tsivilizatsiyalar) haqidagi kontseptsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Jahon tarixining mazmunini Danilevskiy o’zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o’z-o’zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini tariflagan: 1) bir tilda yoki o’xshash tillarda so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) tsivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog’liq bo’ladi; 4) tsivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) tsivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga tasir ko’rsatmaydi, degan manoni anglatmaydi. - Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki tsivilizatsiyalar ‘asosi’ - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (tsivilizatsiyalar) haqidagi kontseptsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Jahon tarixining mazmunini Danilevskiy o’zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o’z-o’zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini tariflagan: 1) bir tilda yoki o’xshash tillarda so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) tsivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog’liq bo’ladi; 4) tsivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) tsivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga tasir ko’rsatmaydi, degan manoni anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |