Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. TSivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. - Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. TSivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
- Falsafani tushunishga nisbatan tsivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko’p sonli madaniyatlar va tsivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu erda ijtimoiy taraqqiyotning qatiy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
YUqorida qayd etib o’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday kontseptsiyalar ham paydo bo’lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu kontseptsiyalarning mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. - YUqorida qayd etib o’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday kontseptsiyalar ham paydo bo’lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu kontseptsiyalarning mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
- Taniqli nemis faylasufi Karl YAspers (1883-1969) yaratgan nazariyaga muvofiq, tarixning mazmuni tarixning chegarasidan tashqarida yotadi. Tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan etiqod bilan belgilanadi. Mazkur etiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi.
- U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o’ziga o’xshash boshqa ‘organizmlar’dan ajralib turadigan alohida ‘organizm’ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo’q va bo’lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. Shu sababli SHpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda ‘o’zgarmas va umumiy’ jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, YUnon-rim, SHarq, G’arbiy Evropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. SHpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm malum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u tsivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. SHpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |