Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)
Millatparvarlik. YAna bir muhim axloqiy tamoyil, bu -millatparvarlik. U,
ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu 10 Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар. yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi. Asl millatparvar - milliy o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy do‘ppi bilan to‘n kiygan o‘zbekni har qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi: Shohu toju xil’atekim, men tomosho qilg‘ali O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.11 Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat-izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining - millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur». Asl millatparvar ana shunday bo‘lishi kerak. Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon singari minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon unutmaydi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling