Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish


Boshqarishning texnik vositalari


Download 0.88 Mb.
bet4/28
Sana06.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1693113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1 sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishlash texnologik jarayoni bayoni

Boshqarishning texnik vositalari. Bular avvalambor boshqaruvchi hisoblash mashinalari (BHM), keyin boshqaruv ob’ekti bilan aloqa qilish (bog’lanish) qurilmasidir, bu qurilma texnologik jarayon haqidagi axborotni qabul qilishni va boshqaruvchi ta’sirlarning yoki axoborot signallarining shakllanishini ta’minlaydi:
- mashinaga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan axborot kiritiladigan turli qurilmalar (masalan, teletayp, perfolentalardan ,perfokartalardan kiritish, boshqarish organlari bo’lgan pultlar va hakazo) va axborotni avtomatik qayd etish qurilmalari (bosuvchi qurilmalar, turli xil qayd etuvchilar, indiqatorli panellar va hokazo). Keyingi paytlarda hisoblash texnikasining agregat vositalari rivojlanishi bilan BHM tushunchasi ko’pincha «boshqaruvchi hisoblash kompleksi» (BHK) tushunchasi bilan almashtirilmoqda. Bu tizimning markaziy yadrosi endi agregat blanklardan komplektlash bilan bog’liq bo’lib, ularni protsessorga (operatsion qurilma va markaziy boshqaruv bloki) va operativ xotirlash bloklari (OXB) ga bo’lish qabul qilingan.
Matematik boshqarish vositalari. Tizimning matematik (MT) yoki dasturli (DT) ta’minotini tashqi va ichki MT ga bo’lish qabul qilingan.
Tashqi MT - bu boshqariluvchi ob’ektda turli holatlarda boshqarish tartibini belgilovchi dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, tashqi MT tizimning vazifalarini belgilab beradi, ya’ni uning boshqarish jarayonida qila oladigan ishlarini va bunda uning ob’ektga nisbatan faoliyat ko’rsatishi qanday ekanini belgilaydi.
Ichki MT - bu tizim texnik vositalarining ajralmas qismi bo’lib, u buyurtmachiga tayyorlovchi - zavod tomonidan shu vositalar bilan birgalikda yetkazib beriladi. Unga tizimning turli qismlarining bir-biri bilan o’zaro ta’sirlanishini tashkil etish uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami kiradi. Bu hol, uning boshqarish algoritmini kiritish va qayta ishlashni, bu algoritmni BHM da amalga oshirishni va tizimdan ishchi dasturlarni bajarish natijalarini chiqarishni ta’minlashni anglatadi. Bundan tashqari, ichki MT tarkibiga, odatda, nazorat dasturi va texnik vositalar diagnostikasi dasturi, shuningdek, masalan, tizimni ob’ektda sozlash uchun mo’ljallangan ba’zi yordamchi dasturlar kiradi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling