Etilenni oksiatsetillashning kinetik qonuniyatlari
Download 16.84 Kb.
|
ETILENNI OKSIATSETILLASHNING KINETIK QONUNIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qismi.
“ETILENNI OKSIATSETILLASHNING KINETIK QONUNIYATLARI” ANNOTATSIYA Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida va Respublikamizda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, resurs va energiya tejaydigan chiqindisiz texnologiyalar yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Neft va tabiiy gazdan tejamli foydalanish maqsadida yuqori unumli, kam chiqindili, tejamkor, ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalar qo’llash hamda atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Magistrlik tadqiqot ishi natijalarining ilmiy ahamiyati yuqori etilenni oksiasetillash reaksiyasi uchun yangi tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo’lgan nanokatalizatorlar yaratilganligi, jarayonlarning kinetikasini o’rganilganligi, reaksiyalarning borish mexanizmlari, hamda jarayonlarning takomillashtirilgan texnologik sxemalari taklif etilganligi bilan izohlanadi. ANNOTATION At present, special attention is paid to the rational use of natural resources, the development of resource-saving and energy-saving technologies around the world and in our country. Particular attention is paid to the use of high-efficiency, low-waste, cost-effective, environmentally friendly technologies for the efficient use of oil and natural gas, as well as environmental protection. The scientific significance of the results of the master's research is explained by the development of new high-performance and selective nanocatalysts for high-ethylene oxyacetylation reactions, the study of process kinetics, the mechanisms of reactions, and the proposed advanced process schemes. KIRISH Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida va Respublikamizda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, resurs va energiya tejaydigan chiqin-disiz texnologiyalar yara-tishga alohida e’tibor berilmoqda [1]. Hamdo’stlik mamlakatlari ishlab chiqarishida ayrim iqtisodiy muammolarning tug’ilishi chetdan keltirilayotgan xomashyo mahsulotlarning tannarxi oshib borishiga va tanqisligiga sabab bo’lib, kimyo sanoatimizning tez sur’atlarda rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Tajriba qismi. VA sintezi jarayoni 145-200C haroratda (harorat katalizator faolligiga bog’liq holda sekin ko’tariladi), bosim 0,4 MPa, bug’-gazli aralashma (BGA) yuborishning hajmiy tezligi 2000 soat-1 da o’tkazildi. Etilen va sirka kislota molyar nisVAti 4:1 ni tashkil qiladi, quruq gazda (sirka kislotasiz) kislorodning hajmiy konsentrasiyasi 7,5 % ga teng. VA sintezi dastlabki moddalarning to’liq bo’lmagan konversiyasi bilan amalga oshiriladi. Reasiyaga kirishmagan etilen, kislorod va sirka kislota tozalanadi va bug’-gaz aralashmasi tayyorlash tuguniga qaytariladi. Konversiya darajasi bir o’tkazishda o’rtacha: etilen uchun – 8%, sirka kislota uchun – 18%, kislorod uchun – 47% ni tashkil qiladi. VA sintezi murakkab katalizatorni tayyorlash Tajriba qurilmasida amalga oshadi. Jarayon ikki bosqichdan iborat. Katalizator tayyorlash uchun tutib turuvchi sifatida 6 soat davomida 200℃ gidrotermal ishlov berilgan, 150 m2/g solishtirma sirt yuzali, 54 g/sm3 uyma zichlikli, g’ovaklar hajmi 0,78 sm3/g va zarrachalar diametri 4,5-5 mm li YKS (vsokokremnezemny seolit) qo’llanildi. Katalizatorlar VA sintezining ko’rgazmali qurilmasida 20 mm diametrli, 900 mm VAlandlikka ega (VA va CO2 hosil bo’lishi ekzotermik reaksiyasi issiqligini yo’qotish uchun isitilgan moy yuboriladi) nay – reaktorda sinovdan o’tkazildi. Katalizator namunalaridan har biri reaktorga 100 sm3 katalizator yuklashda 36-40 soat sinovdan o’tkazildi va mazkur qurilma uchun Tajriba yo’li orqali topilgan jarayonning maqbul parametrlari: 165℃, 0,4 MPa, etilen:sirka kislota nisVAti 4:1, hajmiy tezlik 6000 soat-1, quruq gazda kislorod miqdori 7,0 hajm.%. Ko’rsatilgan sharoitlarida VA va CO2 hosil bo’lishi reaksiyasi kinetik sohada diffuziyaning biroz ta’siri bilan boradi, u reaktorda bug’-gaz aralashma bo’lish vaqtining faqat ortishi bilan – bug’-gaz aralashma yuborishning 3000 soat-1 hajmiy tezligida namoyon bo’la boshlaydi. VA-xomashyosi va gaz aralashma tarkiblari reaktordan keyin xromatografik usul orqali aniqlandi [24-25]. Katalizator ishlash mezoni – uning faolligi WVA/(l∙kat∙soat) va etilen bo’yicha VA hosil bo’lish selektivligi, reaksiya tezligi reaktordagi katalizatorning 100 sm3 – butun massasiga hisoblandi. VA sintezi jarayoni 145-200℃ haroratda (harorat katalizator faolligiga bog’liq holda sekin ko’tariladi), bosim 0,4 MPa, bug’-gazli aralashma (BGA) yuborishning hajmiy tezligi 2000 soat-1 da o’tkazildi. Etilen va sirka kislota molyar nisVAti 4:1 ni tashkil qiladi, quruq gazda (sirka kislotasiz) kislorodning hajmiy konsentrasiyasi 7,5 % ga teng. VA sintezi dastlabki moddalarning to’liq bo’lmagan konversiyasi bilan amalga oshiriladi. Reasiyaga kirishmagan etilen, kislorod va sirka kislota tozalanadi va bug’-gaz aralashmasi tayyorlash tuguniga qaytariladi. Konversiya darajasi bir o’tkazishda o’rtacha: etilen uchun – 8%, sirka kislota uchun – 18%, kislorod uchun – 47% ni tashkil qiladi. VA sintezi murakkab katalizatorni tayyorlash tajriba qurilmasida amalga oshadi. Jarayon ikki bosqichdan iborat. Download 16.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling