Etimologiyasi
Download 111.59 Kb.
|
Andijon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiya imperiyasining bir qismi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Tumandagi igratsiya harakati[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Birgalikdagi boshqaruv va tajriba almashish[tahrir | manbasini tahrirlash]
XIX asrdagi dahalarXIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalarning oʻzi ham oqsoqol boshqaradigan mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga qoʻshni Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib, oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshlanadi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keladi. Rossiya imperiyasining bir qismi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]1875-yil oktyabr oyida Andijon general A. Trotskiy qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi. 1876-yil yanvarida esa general M. Skobelev qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilinadi va Rossiya imperiyasining bir qismiga aylantiriladi. Tumandagi igratsiya harakati[tahrir | manbasini tahrirlash]1893—1898-yillarda Andijon uyezdida Turkistonning qolgan qismidan farqli ravishda Rossiya imperiyasining Yevropadagi qismidan kelgan muhojirlari uchun rasman yer ajratilgan. Mahalliy aholining koʻpligi va boʻsh yerlarning yoʻqligi sababli Turkistonda norasmiy ravishda istiqomat qiluvchi koʻchmanchilar oʻz vatanlariga qaytarib yuborilgan. Andijon uyezdiga koʻchmanchilar Rossiya imperiyasining turli viloyatlaridan, shu jumladan, Xarkov, Kiyev, Poltava, Donetsk viloyati, Yekaterinoslav, Saratov, Samara, Voronej, Tula, Astraxan, Kursk, Stavropol, Orenburg, Sibir, Shimoliy Rossiya va Kavkazdan kelgan[2]. Shaharga koʻchirib kelingan aholining asosiy qismi ruslar boʻlgan, chunki „Turkiston oʻlkasini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom“ga koʻra, faqat „davlatning qishloq aholisiga mansub xristian diniga eʼtiqod qiluvchi rus fuqarolari“ nigina mamlakatdan xavfsiz hududlarga koʻchirishga ruxsat berilgan[3]. Birgalikdagi boshqaruv va tajriba almashish[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkistonning deyarli barcha rus aholi punktlari Andijon tumanining shimoliy, shimoli-sharqiy va sharqiy togʻ etaklarida: Bozorqoʻrgʻon, Mingtyubinsk, Jalolobod, Koʻgart, Oʻzgan, Yassi, Barish volostlarida joylashgan. Koʻchmanchilarning yana bir qismi Oʻsh tumanining Manyak va Qurbash volostlariga joylashtiriladi, chunki bu yerda qishloq xoʻjaligi sharoitlari rus va ukrain dehqonlariga tanish sharoitlarga oʻxshab ketardi. Koʻchmanchi aholi uchun ajratilgan yerning eng katta qismi Andijonning chekka qismida boʻlib, u yerda Rus qishlogʻi (280 ta xonadon, 1974-yilgacha mavjud boʻlgan), Moskva va Pokrovskoye posyolkalari tashkil etilgan. Ular birinchi marta katta hajmdagi donli ekinlar maydonlarini kengatira boshlaydilar, bu esa keyinchalik vodiy aholisining katta qismini bugʻdoy va don bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mahalliy aholi ruslardan yerga ishlov berishni yaxshilash usullarini ham oʻrgangan, bu esa ekinlarning koʻpayishiga, qishda chorva mollarini parvarish qilish va asalarichilikning rivojlanishiga katta yordam bergan. Andijon tumanida va Turkistonda kartoshka, oq karam va gulkaram, pomidor, qand lavlagi, suli kabi ekinlar paydo boʻla boshlaydi. Mayin junli qoʻychilik ham mahalliy aholi orasida rivojlana boshlaydi. Umuman olganda, ruslar va mahalliy aholi bir-biridan qishloq xoʻjaligida muhim hisoblanadigan koʻplab narsalarni oʻrganishadi, ruslar oʻzlari bilgan narsalarni mahalliy aholiga oʻrgatish mobaynida oʻzlari ham ulardan sugʻorish, bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi bilimlarni egallab olishadi. Download 111.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling