Etimologiyasi


Download 111.59 Kb.
bet3/4
Sana26.09.2023
Hajmi111.59 Kb.
#1688055
1   2   3   4
Bog'liq
Andijon

Qoʻzgʻolon


1898-yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostiriladi, koʻplab begunoh odamlar oʻldiriladi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etiladi. 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashishadi. Shuningdek, Sovet ruslari kirib kelgan payta ham Dukchi Eshon belini mahkam bogʻlab ularga qarshi turgan.

Zilzila


Andijon shahri kuchli seysmik zonada joylashgan boʻlib, 1902-yil 16-dekabrda hududda 9 balli zilzila kuzatiladi, mahalliy aholi uylari esa butunlay vayron boʻladi.

Sanoati



Qoʻqon xoni oʻgʻlining saroyi. Andijon.

Shaharda 48 ta zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 ta qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari faoliyat yuritadi. „Andijonmash“, „Andijonirmash“ kabi aksiyadorlik jamiyatlari paxta zavodlari uchun uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari ehtiyoj qismlari, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va boshqa anjomlarni ishlab chiqaradi. Andijonda ishlab chiqarilgan dizel va nasoslar, universal yuklagichlar boshqa mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Andijon korxonalari elektronika („Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ aksiyadorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. „Biokimyo“ zavodida etil spirti tayyorlanadi. Shaharda, shuningdek, tikuvchilik va poyabzal fabikalari ham mavjud. Mahalliy sanoat korxonalari poyabzal, bezakli gazlama, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.


Shaharda 50 ta qoʻshma korxonalar mavjud (AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Qirgʻiziston va boshqalar bilan hamkorlikda). Ulardan 5 tasi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. Shaharda yildan-yilga yangi qoʻshma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Andijonda 3000 taga yaqin kichik va oʻrta biznes sub’yektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor.

1913-yildagi Andijon koʻchalaridan biri.





Download 111.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling