Har bir fan izlanish predmeti va usullari bilan boshqa fan- lardan farqlanib turadi. Etnologiya fan sifatida paydo bo'lganidan to hozirgi davrga qadar uning asosiy tadqiqot obyekti xalq va xalqlarning madaniy o'ziga xosligi bo'lib kelgan. Muxtasar qilib tushuntirilsa, mazkur fan orqali turli xalqlar etnogenezi va etnik tarixi, an'anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va ma'naviy mada- niyat muammolari hamda etnoslararo jarayonlar tadqiq qilinadi. Demak, fikrimizcha, etnologiya asosiy tadqiqot obyekti sifatida etnos bilan bogʻliq quyidagi jihatlarni o'rganadi (etnologiya pred- metini ma'lum bir tartibda bayon qilishda biz fandagi an'anaviy qarashlardan yangi noan'anaviy nuqtai nazarlar, mulohazalar tomon harakatlanishni ma'qul deb bildik): ⚫️ etnogenez va etnik tarix muammolari; ⚫️ xalqlarning ma'naviy dunyosi, moddiy madaniyati; xalqlarning e'tiqodiy qarashlari, milliy marosim va urf-odatlari; ⚫️ turli xalqlarning qarindoshlik tizimi: qarindosh-urug'chilik aloqalari va qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari; ⚫️ xalqlarning ijtimoiy va siyosiy tuzilmalari (oila, jamiyat va siyosat); ⚫️ turli xalqlarga xos ta'lim-tarbiya an'analari tizimi; ⚫️ bir xalq madaniyatining turli komponentlari orasidagi oʻzaro aloqa va bogʻliqlik muammolari; ⚫️ u yoki bu xalq madaniy xususiyatlari takomili yoki tanazzuli dinamikasi (madaniy oʻzgarishlar); ⚫️ turli xalqlar etnopsixologiyasidagi o'ziga xosliklar; ⚫️ turli xalqlar mavjud hayot tarzining, tabiiy-geografik muhitga moslashishi; ⚫️ etnoslar qadriyatlarini taqqoslash; ⚫️ turli xalqlarni dunyo miqyosida taqqoslash; ⚫️ madaniyatlararo muloqotlarning o'ziga xos xususiyatlari; ⚫️ etnoslarning paydo boʻlishi va bo'linib ketishi sabablari; ⚫️ xalqlarning joylashuvi;
Do'stlaringiz bilan baham: |