Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 54.31 Kb.
Sana21.09.2020
Hajmi54.31 Kb.
#130594
Bog'liq
1 mavzu


ETNOMADANIYAT VA MILLIY O‘Z-O‘ZINI ANGLASH

1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi:

Vaqti -2 soat

Talabalar soni: 60-70 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli:

Ma’ruza mashg‘uloti:

Ma ’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida.

2. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unligi.

3. Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funksiyasini o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish.

4. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish

Pedagogik vazifalar:

- Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish;

- Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish;

- An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish

O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba:

- Bilim darajasi yuksaladi;

- Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi;

- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi;

- Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi;

- Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi;

- Faol harakat shakllanadi.

O‘qitish uslubi va texnikasi

Aql charxi, bayon qilish, vizual ma’ruza, Nega?, FSMU usullari.

O‘qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proyektor, marker, do ska

O‘qitish shakli

Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash

O‘qitish shart-sharoiti

Proyektor, kompyutor bilan jihozlangan auditoriya

217

13.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi:

Bosqichlar,

vaqti

Faoliyat mazmuni:

O‘qituvchi:

Talaba:

1-bosqich. Kirish (10 min)

1.1. Salomlashib, mavzuga o‘tishdan oldin qisqa daqiqali aql charxi mashqini o‘tkazadi.

1.2.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi(1-ilova)

1.1.Aql charxi uchun ajratilgan qisqa daqiqali jarayonda faol bo‘ladi.

1.2. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘radi.

2-bosqich. Asosiy qism (60 min)

2.1. Mavzuni bayon etayotganda taqdimotlar namoyish etadi(2-ilova).

2.3. «NEGA?» organayzerini to‘ldirish orqali “Nega etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash uyg‘un deymiz?” savoliga javob berishga talabalarni jalb qiladi(3-ilova)

2.4.Talabalarning fikrlariga aniqlik kiritadi, vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib olishlarini taklif etadi.

2.1. Savollarni tinglaydi, blits-so‘rov jarayonida ishtirok etadi.

2.2. Ma’ruzani diqqat bilan

tinglaydi.

2.3.Chizmani to‘ldirib, o‘qituvchining xulosasi bilan solishtiradi

2.4. Vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib oladi.

3-bosqich:

Yakuniy

qism:

(10 min)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi, darsda faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.

3.2. Mustaqil ish uchun talabalarga “FSMU” usulida savollar taqdim etadi, ularga yozma javob tayyorlashni topshiradi. (4-ilova)

3.1.Eshitadi

3.2.Uyga berilgan vazifani yozib oladi.

1-ilova:

Mavzu: Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash Reja:



1. Milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida.

2. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unligi.

3. Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funksiyasini o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish.

4. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish

O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar etnomadaniyat va milliy o‘z-o ‘zini anglash haqida bilimga ega bo‘ladilar.

2-ilova:

Milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida

0‘zlikni anglash milliy o‘z-o‘zini anglashga zamin yaratadi. Bir qator tadqiqotlarda milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida talqin etilib, o‘z o‘rnida 3 ta komponentdan iborat deb ko‘rsatiladi . Ya’ni: o‘z-o‘zini bilish; o‘z-o‘zini qadrlash, baholash va emotsional holatini anglab etish; milliy o‘zlikni boshqarish.

Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchalari bir-biri bilan uyg‘un tushunchalardir. Milliy o‘z-o‘zini anglashning asosiy omillari milliy mansublikni chuqur anglash, o‘z millati istiqbolgi oldida mas’ullikni his qilish bo‘lsa, etnomadaniyat ham o‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayonlarda ravnaq topib xozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosidir.

Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unligi

Milliy o‘zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish, o‘z xalqining tarixi, madaniy merosini o‘rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati , faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 0‘z o‘rnida milliy ma’naviy qadriyatlar, etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchalari umuminsoniy madaniy qadriyatlar bilan uyg‘un tushunchalardir.

Xar bir xalqning madaniyati uning milliy ma’naviyati hamda ma’rifati bilan uzviy bog‘langan. 0‘z o‘rnida u umuminsoniy madaniy qadriyatlar bilan mushtarak.

: \


11 Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funksiyasini *

o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan

foydalanish

Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funksiyasini o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanishning ahamiyati beqiyos.

Ma’lumki, pedagogika atamasi ham lug‘aviy ma’nosi jihatidan «bo la yetaklovchi» ya’ni tub ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak «tarbiyachi» degan ma’noni anglatadi.

“Etnopsixologiya” - etnologiya va psixologiya fanlarining qo‘shilishidan tashkil topgan bo‘lib, grekcha “etnos” xalq, qabil a, ^“psixologiya”- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi.



Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan

bog‘liqligi

Xalq etnopsixologik xususiyatlari shu xalq madaniyati, tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Birinchidan, ajdodlarimizning tarixiy evalyusiya davrlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini; ikkinchidan, xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini; uchinchidan, xalqimizning axloq-odob saboqlaridan namunalarni o‘rganish jarayonida uning tarixiga murojaat qilib, madaniyati bilan ro‘baru kelamiz.

Millat va millat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmav di.
3-ilova

1-o‘quv topshirig‘i:

«NEGA?» organayzerini to‘ldiring:



Nega etnomadaniyat va m illiy o‘ z -о ‘ z ini anglash uyg‘un deymiz?

Nega? Nega?

Nega? | Nega?

220


2-o‘quv topshiriq



FSMU texnologiyasi

4-ilova


Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F - fikringizni bayon eting S - fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U - fikringizni umumlashtiring




Savol

Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligiga misol keltiring...

(F) Fikringizni bayon eting




(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashtiring




Download 54.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling