«etnomadaniyat»


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41

 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar 
 
Etnopedagogika,  milliy  tarbiya,  milliy  tarbiya  tizimlari,  elshunoslik,  qadrshunoslik, 
udumshunoslik, matallar, xikmatlar, qiziq gaplar, qayroqi so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, 
tez aytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari-marsiya, sadr aytimlar, olqish 
va  qarg‘ishlar,  suyush-erkalash  qo‘shiqlari,  erkalamalar,  ovutmachoqlar,  qiziqmachoqlar, 
yalinchoqlar,  hukmlagichlar,  chorlamalar,  cheklashmachoqlar,  guldur-guplar,  sanamalar, 
o‘yin-kulgilar  bilan  bog‘liq  laparlar,  aytishuv,  o‘lan,  termalar,  bolalar  tarqalish,  chorlash 
qo‘shiqlari,  ramazon,  boychechak,  yomg‘ir,  kun-yulduz,  suv  atimlari,  chandishlar, 
tegishmachoqlar,  masxaralamalar,  «Navro‘z»,  «Mehrjon»,  bahor,  kuz,  qish,  yoz  aytim-
qo‘shiqlari, xalq bayramlari, o‘zbek xalq bayramlari yangi yil bayrami 
 
Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan savollar: 
 
1.
 
Etnopedagogika nima? 
2.
 
Milliy tarbiya deganda nimani tushunasiz? 
3.
 
Millatning shakllanishida  milliy tarbiyaning  qanday o‘rni  
bor? 
4.
 
Xalq ijodi va xalq pedagogikasining qanday bog‘liqligi bor? 
5.
 
Bayramlar  deganda nimani tushunasiz? 
6.
 
Turli xalqlarning qanday bayramlarini bilasiz? 
7.
 
O‘zbek xalqi nishonlaydigan bayramlarni sanab bering... 
8.
 
Bugungi kunda xalqimiz hayotiga qanday yangi bayramlar kirib keldi? 
9.
 
Yangi yil qaerda qanday nishonlanishini bilasizmi? 
 
 
 

 
169 
Mavzuga oid  manbalar: 
 
1. 
Karimov I. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. –T., 2008. 
2. 
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. "Muloqot" 11. 5-son.  
1998. 
3. 
Karimov.I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka  
 
taxdid.barqarorlik shartlari va  taraqqiyot   kafolatlari. T.1997. 
4. 
Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 
5. 
Ashirov A. Atadjanov Sh. Etnologiya. T. 2007. 
6. 
Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. T. 2007. 
7. 
Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998.  
8. 
www.ma’naviyat . uz. 
9.              www.tdpu. uz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
170 
 
9-mavzu:   AN’ANAVIY OILA - TURMUSH  MAROSIMLARI –  XALQ 
MADANIYATINING  FENOMENI (1-qism) 
 
 
9.1.Darsni olib borish texnologiyasi 
 
 
Talabalar  soni:  50-70 gacha 
Vaqti:2 soat. 
O‘quv mashg‘ulotining  shakli  
Informatsion baxs-munozarali dars 
Ma’ruza rejasi   
1.Marosimlar 
xalq 
madaniyatining 
fenomeni. 
2.  Etnik  xususiyatlarni  saqlab  qolish 
omillari va  milliy  marosimlarni  tadqiq  etish 
muammosi. 
 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda  –  xalq madaniyatining  
fenomeni  bo‘lgan an’anaviy oila - turmush  marosimlari, ularning  tarbiyaviy 
ahamiyati to‘g‘risida  malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. 
Pedagogik vazifa: 
O‘quv faoliyatining natijasi:  
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim 
darajasini oshirish, yo‘naltirish, 
boshqarish; 
- Talabani faollashtirib, yangi 
mavzuning  bayoni  va  uni 
mustahkamlashda  hamkorlikka 
chorlab, maqsadga erishish; 
- An’anaviylikning 
noan’anaviylik bilan 
uyg‘unlashuviga  muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega 
bo‘lib boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni 
mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi
- Faol harakat shakllanadi. 
O‘qitish usullari va texnika 
Vizual  ma’ruza,      “Qanday”  texnikasi, 
Klaster uslubi, savol-javob. 
O‘qitish vositalari 
Komp’yuter 
texnologiyasi  
«Etnomadaniyat»  fanidan  elektron  o‘quv 
uslubiy  majmua) Slaydlar 
O‘qitish  shakli 
Jamoa bo‘lib ishlash 
O‘qitish shart-sharoitlari 
Texnik  vositalar  bilan  ta’minlangan, 
o‘qitish usullarini  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan 
o‘quv xona. 
Monitoring va baholash 
Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli 
so‘rov, o‘quv topshiriq. 
                              9.2.Darsning texnologik kartasi 
Ish jarayonlari 
vaqti 
Faoliyat azmuni 
O‘qituvchi 
Talaba 

 
171 
1 bosqich. 
Kirish 
(10 daqiqa) 
1.1. 
Ma’ruzaning 
mavzusi, 
rejasini 
e’lon 
qiladi, 
o‘quv 
mashg‘ulotining  maqsadi  va  o‘quv 
faoliyat  natijalarini  tushuntiradi  (1-
ilova) 
Tinglaydi, mavzu nomini 
yozib oladi 
1.2. 
Mashg‘ulotni 
o‘tkazish 
shaklini e’lon qiladi  
Yozib oladi 
2 bosqich. 
Asosiy jarayon 
(60 daqiqa) 
2.1.  Mavzu  rejalari  bo‘yicha 
ma’ruza qiladi (2-ilova)  
2.2.  O‘quv  topshirig‘i  «Kichik 
guruhlarda  ishlash»  orqali  amalga 
oshirilishini  e’lon  qiladi.  “Qanday” 
texnikalaridan 
foydalangan 
holda 
guruhlarga  topshiriqlar    beradi  (3-
ilova).  Guruhlarda  ishlashga  yordam 
beradi  Qo‘shimcha  ma’lumotlardan 
foydalanishga 
imkon 
yaratadi. 
Diqqatlarini  kutiladigan  natijaga  jalb 
qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini  - 
qog‘ozlarga 
tushirib, 
taqdimotini 
o‘tkazishga 
yordam 
beradi, 
bilimlarini 
umumlashtiradi, 
xulosalarga  alohida  e’tibor  beradi. 
Topshiriqlarning 
bajarilishini 
qay 
darajada  to‘g‘ri  ekanligini  diqqat 
bilan  tinglaydi  Fikrlarini  tinglab, 
umumlashtiradi. 
Tinglaydi, yozadi. 
Yozadi,  savolga  javob 
beradi. 
3 bosqich. 
Yakuniy 
bosqich 
 (10 daqiqa) 
3.1  Mavzu  bo‘yicha  umumiy 
xulosa qilinadi.  
Tinglaydilar 
3.2. 
Talabalarning 
baholash 
mezonlarini e’lon qilinadi 
Yozib oladi 
3.3.Talabalar  bilimini    nazorat 
qilish uchun savollar beradi (4-ilova) 
Javob yozadi 
 
 
 
                                                                               
 1-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: An’anaviy oila - turmush  marosimlari –  xalq 
madaniyatining  fenomeni 
(1-qism)
 
1.Marosimlar xalq madaniyatining fenomeni. 
2.  Etnik  xususiyatlarni  saqlab  qolish  omillari  va  milliy  marosimlarni 
tadqiq etish muammosi. 
 
 
 

 
172 
 
O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  Talabalarda    –    xalq  madaniyatining  
fenomeni    bo‘lgan  an’anaviy  oila  -  turmush    marosimlari,  ularning    tarbiyaviy 
ahamiyati to‘g‘risida  malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish 
 O‘quv  faoliyatining  natijasi:  Talabalar  dars  yakunida      xalq  madaniyatining  
fenomeni    bo‘lgan  an’anaviy  oila  -  turmush    marosimlari,  ularning    tarbiyaviy 
ahamiyati to‘g‘risida  malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.                                                                                                                            
                                                                                         2-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                                                                                         
        
3-ilova: 
1-o‘quv topshiriq 
«Qanday» texnologiyasidan foydalanish 
 
Muhim  muammoning  echimini  topishga  yordam  beradi  va 
“Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi. 
 
Marosimlar xalq madaniyatining fenomeni 
XX  asr  so‘nggi  choragidan  boshlab  dunyo  miqyosida  etnolog  va 
sotsial  antropologlar  tomonidan  marosimlarni  xalq  madaniyatining 
fenomeni  tarzida  o‘rganishga  alohida  e’tibor  qaratildi.  So‘nggi  o‘n 
yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik 
xususiyatlarning  saqlab  qolish  omillarini  va  milliy  marosimlarni  tadqiq 
etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga 
sabab bo‘lmoqda.  
 
Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy 
marosimlarni tadqiq etish muammosi 
O‘zbekiston  respublikasi  mustaqilligi  sharoitida    milliy 
marosimlarni  tadqiq  etish      muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Xalq 
ma’naviyati, madaniyatini yuksaltirishda  marosimlarning   o‘rni  va 
ahamiyati    katta,  Ular  ma’naviy  meros,  madaniy  boyliklar,  ko‘hna 
tarixiy  yodgorliklar    sifatida        ajdodlardan  avlodlarga  o‘tib    xalq 
ma’naviyatini  shakllantirmoqda. 
Masalan, 
etnograf, 
etnolog, 
tarixshunos, 
manbashunos 
olimlarning 
yuzlab 
tadqiqotlariga 
bosh 
mavzu 
 
bayram 
marosimlarini  olaylik.  O‘zbek  xalqining  bayram  marosimlari  juda 
ko‘p. Ularda O‘zbekistonda yashovchi butun aholi ishtirok etadi.  
 

 
173 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                   Qanday? 
 
                             Qanday 
 
 
 
 
 
         Qanday? 
                         Qanday? 
 
Qanday? 
           Qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
           Qanday? 
 
 
                                                                                                                                                                   
4-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: An’anaviy oila - turmush  marosimlari –  xalq madaniyatining 
 fenomeni (1-qism) 
Reja: 
1.
 
Marosimlar – xalq madaniyatining fenomeni sifatida. 
2.
 
Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni  
                     tadqiq etish muammosi. 
1-masalaning  bayoni:  O‘tilgan  mavzularda  qayd  etib  o‘tilganidek,  etnomadaniyat 
rivojida    marosimlarning  o‘ziga  xos  o‘rni  bor.  Zero,  marosimlar    xalq  madaniyatining 
fenomeni hisoblanadi.  
O`tgan  XX  asr  so`nggi  choragidan  boshlab  dunyo  miqiyosida  etnolog  va  sotsial 
antropologlar  tomonidan  marosimlarni  xalq  madaniyatining  fenomeni  tarzida  o`rganishga 
alohida  e`tibor  qaratildi  va  aynan  mazkur  mavzu  doirasida  bajarilgan  ilmiy  tadqiqotlar 
fandagi  dolzarb  mavzulardan  biri  tarzida  e`tirof  etila  boshlandi.  Ayniqsa  so`nggi  o`n 
yilliklarda  dunyo  miqiyosida  kechayotgan  globalizatsion  jarayonlar  etnik  xususiyatlarning 
saqlab  qolish  omillarini  va  milliy  marosimlarni  tadqiq  etish  muammosini  dolzarb 
muammolar tarzida kun tartibiga qo`yilishiga sabab bo`lmoqda. 
Insonga  sihat-salomatlik  tilash,  uning  turmushida  to‘kin-sochinlik,  kundalik  hayotida 
omad  keltirish  yoki  inson  hayotining  muhim  nuqtalarini  qayd  etish,  nishonlash  maqsadida 
maxsus  o‘tkaziladigan,  xalq  orasida  qat’iy  an’anaga  aylanib  qolgan  xatti-harakatlar 
 
Marosimlarning 
turlarining 
qanday turlari  
mavjud? 
 
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar: 
1. Marosim deganda nimani tushunasiz? 
2.E’tiqodlarning turlichaligi nimaga bog‘liq? 
3.Oilalarning mustahkamligi nimaga bog‘liq ?  
4.Marosimlarning qanday vazifalari bor? 
 
 
 

 
174 
“marosim”   –  deyiladi.  Taniqli  olim  Bahodir  Sarimsoqov  marosimga    xalq  orasida  qat’iy 
an’anaga aylangan tadbir deya ta’rif beradi.  
Aslida    marosim  har  bir  inson  hayotida  ham  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  CHunki, 
inson  tug‘ilganidan  to  hayotdan  ko‘z  yumguncha  o‘nlab  marosimlar  guvohiga  aylanadi. 
Gohida  uning  markaziy  qahramoni,  gohida  ishtirokchi,  gohida  oddiy  kuzatuvchi  bo‘ladi. 
Ammo  marosimlar  hayotning  ajralmas  qismi  sifatida  hamisha  hamrohlikda  sodir 
bo‘laveradi. 
Marosim arab tilidan olingan bo‘lib, chizilgan,  rasm qilingan, odat bo‘lgan ma’nolarini 
anglatadi.  Muayyan  qoidalar  asosida  chizilgan,  millat  tomonidan  rasm  qilingan  va  odat 
tusiga kirgan tadbirlarni esa shartli ravishda uch turga bo‘lish mumkin: 
1.     Oilaviy  marosimlar.  Ular,  odatda,  biror  shaxs  yoki  oila  a’zosi  hayotidagi  muhim 
voqealar  munosabati  bilan  amalga  oshiriladi.  Oilaviy  marosimlar  ishtirokchilari 
qarindoshlar,  quda-andalar,  do‘stlar,  tanish-bilishlar,  qo‘shnilar  va  mahalladoshlar 
ishtirokida o‘tadi. 
2.     Tabiatda  ro‘y  bergan  o‘zgarishlar,  muayyan  odat,  rasm-rusum  bilan  aloqador  va 
ma’lum  darajada  zarurat  oqibatida  tashkil  qilinadigan  marosimlar.  Bunday  marosimlar 
bahor,  yoz,  kuz,  qish  fasllarida  uyushtiriladi.  Ularda  biror  qishloq,  mahalla,  tuman  aholisi 
qatnashadi.  “SHox  moylar”,  “Sust  xotin”,  “CHoy  momo”,  “Darvishona”  kabilarni  shular 
jumlasiga kiritish mumkin. 
3.     Umumxalq  bayramlari  munosabati  bilan  tantanali  ravishda  o‘tkaziladigan 
marosimlar.  Bunday  marosimlarga  Mustaqillik  bayrami,  Navro‘z  bayrami,  Iydi  Ramazon, 
Iydi  Qurbon,  Hosil  bayramlari  nisbat  beriladi.  Umumxalq  bayramlari  butun  mamlakat 
miqyosida  nishonlanadi.  Har  bir  oila  bunday  marosimlarga  o‘zining  hissasini  qo‘shishga 
harakat qiladi. 
Oilaviy  marosimlar.  Xalq  tajribasidan  o‘tib,  an’anaviy  tus  olgan  oilaviy  marosimlar, 
asosan,  uch  turdan  iborat  bo‘ladi.  Ularni  to‘y,  motam,  biror  oila  a’zosi  hayotidagi  muhim 
voqea  (kasaldan  tuzalish,  ilmiy  daraja  olish,  haj  safarini  bajo  keltirish  va  boshqalar)ning 
ro‘y berishi munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘inlar tashkil etadi. 
Xalq marosimlari qatoridagi motamlar eng qadimiylaridan hisoblanadi. Yaratilganiga 
qariyb  3000  yil  bo‘lgan  “Avesto”da  ham  vafot  etgan  odamni  dafn  qilish  bo‘yicha 
ma’lumotlar  bor.  Mahmud  Koshg‘ariyning  “Devonu  lug‘oti-t-turk”  asarida  esa  motam 
marosimida aytiladigan qo‘shiq – marsiyalardan misollar keltirilgan. 
O‘zbek motam marosimlari juda ko‘p turli hajmda o‘tkaziladigan yig‘inlardan iborat. 
Uch, yetti, yigirma, qirq kunliklar; qor yog‘di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular 
jumlasidandir. 
Marsiyalarda  hayotdan  ko‘z  yumgan  odamning  hayotligidagi  fazilatlari,  uning 
mehribonligi, iymonli ekanligi esga olinadi: 
Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam, 
O‘lganingiz rost bo‘ldimi, voy otam. 
Shamol kelmay o‘chdi chirog‘im, voy otam, 
Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im, voy otam. 
SHu tarzda ota, ona, bola, aka, uka, umuman, qarindosh nomlari tilga olinadi. Amaki, 
tog‘a,  xola,  ammalar  ham  ota,  ona  nomi  bilan  atalaveradi.  Bunday  qo‘shiqlar  marsiya 
deyiladi. “Marsiya” arab tilidan olingan bo‘lib (ﺔﻴﺛﺮﻤ), “motam she’ri” ma’nosini anglatadi. 
Xalq  orasida  marsiyani  “aytib  yig‘lash”  deb  ham  atashgan.  Zavqiyning  “Yuzingni 
ko‘rsatib”  so‘zlari  bilan  boshlanadigan  muxammasida:  “Sani  dardi  firoqing  aytib-aytib 
yig‘lay  o‘lguncha”  misrasida  ham  aytib  yig‘lash  ma’nosi  yo‘q  emas.  Odatda,  motam 

 
175 
marosimi  hayotdan  ko‘z  yumgan  shaxs  vafotiga  yillik  ma’rakalar  o‘tkazish  bilan 
yakunlangan. 
O‘zbek  xalqi  qadim  zamonlardan  dehqonchilik,  bog‘bonlik,  chorvachilik  bilan 
shug‘ullangan. Dehqonchilik ham, chorvachilik ham mutlaq tabiat muruvvati va injiqliklari 
bilan  bog‘liqdir.  Erta  bahordan  kech  kuzgacha  dehqon  dalada  mehnat  qiladi.  Qishda  esa 
yerga iloji boricha ko‘proq nam singdirish choralarini ko‘radi. CHorvador esa yil davomida 
chorvani  semirtirish,  ko‘paytirish  bilan  band  bo‘ladi.  Binobarin,  yil  fasllarining  qulay 
kelishi  dehqon  xirmoniga  xirmon  qo‘shadi,  chorvador  mehnati  samarasini  ro‘yobga 
chiqaradi. Shuning uchun otalar va momolar yomg‘ir chaqirish, yomg‘ir to‘xtatish, shamol 
chaqirish va to‘xtatish tajribasini ipidan ignasigacha keyingi avlodga meros qilib qoldirishga 
odatlangan.  Natijada,  o‘nlab  marosimlar  kashf  etilgan.  Marosimlar  esa,  albatta,  so‘zning 
sirli ta’siri bilan yashagan, amalga oshirilgan.  
Professor  Mamatqul  Jo‘raevning  “O‘zbek  mavsumiy  marosim  fol’klori”   kitobini 
o‘qigan  kitobxon  o‘zbeklarda  yilning  365  kunidagi  deyarli  har  bir  kun  dehqonchilik, 
bog‘dorchilik,  chorvachilik  kasbi  bo‘yicha  o‘zining  maxsus  nomi,  marosim  bilan  bog‘liq 
jihatlari 
borligiga 
ishonch 
hosil 
qiladi.  
O‘zbek  mavsumiy  marosim  fol’klori  yil  fasllarida  o‘tkaziladigan  marosimlardan  iborat. 
Bahorgi  mavsum  marosimlari  loy  tutish,  shox  moylash,  Navro‘z,  yomg‘ir  chaqirish, 
darvishona;  yozgi  marosimlar  choy  momo;  kuzgi  marosimlar  shamol  chaqirish;  qishki 
marosimlar  yas-yusunlardan iboratdir. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari  yozgi  to‘qson, 
chilla, qishki to‘qson, chilla, ayamajuz, hut-yut deb nomlanadigan o‘nlab udumli muddatlar 
ham 
ma’lum 
darajada 
marosim 
qo‘rinishlariga 
ega. 
Masalan,  loy  tutish  marosimida  muayyan  hududda  yashaydigan  aholi  ariqlarni  tozalash, 
dalaga  suv  chiqarishni  osonlashtirish  uchun  hasharga  chiqadi.  Xotiralardan  birida  baxshi 
Bo‘ra  Ahmedov  SHerobod  tumanida  shunday  marosim  o‘tkazilayotganda,  hasharchilar 
yonidan o‘tib qolgan. Unga loy tutishgan. SHunda baxshi: 
Hojakam hajga ketdi, 
Bilmadim kujo ketdi. 
O‘n ikki jumurtqadan 
Qirq sakkiz jo‘ja ketdi 
 topishmog‘ini  aytgan.  Ishlayotganlar  bir  yil,  o‘n  ikki  oy,  qirq  sakkiz  mehnat  haftasi 
yashiringan topishmoqni topa olmaganlar va baxshi ariq tozalash ishidan ozod qolgan. Shox 
moylar  marosimi  bahorda  qo‘sh  chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan.  Dehqonlar  yil  davomida 
ekin-tikin mo‘l-hosil berishiga umid qilib birinchi qo‘sh haydaydigan ho‘kiz shoxiga zig‘ir 
moyi  surganlar.  Marosimda  dehqonchilik  piri  –  bobodehqondan  mo‘l  hosil  bo‘lishini  tilab 
niyat qilishgan. 
Yomg‘ir chaqirish marosimi, asosan, bahorda yomg‘ir yog‘magan yillarda o‘tkazilgan. 
Qadimda  muqaddas  Yada  toshi  bo‘lgan  ekan.  Mana  shu  tosh  yordamida  yomg‘ir 
chaqirishgan.  Mahmud  Koshg‘ariy  “Devonu  lug‘oti-t-turk”  asarida  shaxsan  o‘zi  yoz 
kunlarida  yong‘in  bo‘lganda,  bu  tosh  mo‘’jizasi  bilan  yomg‘ir  chaqirilib,  yong‘in 
o‘chirilganiga  guvoh  bo‘lganini  yozadi.  Keyinchalik  yomg‘ir  chaqiriladigan  hududlarda 
“Sust  xotin”  marosimi  o‘tkazilgan.  Bu  marosim  bir  joyda  ayollar,  bir  joyda  erkaklar 
ishtirokida o‘tkazilgan: 
Sust xotin – sulton xotin, 
Ko‘lankasi maydon xotin. 
Suv xotin – suvsiz xotin, 
Ko‘ylaklari bo‘z xotin. 
Hosillar mo‘l bo‘lsin, suv xotin, 

 
176 
Dehqonning uyi to‘lsin, suv xotin. 
Kazzobning uyi kuysin, suv xotin, 
Suv xotin – suvsiz xotin. 
Yuqorida  keltirilgan  matnga  o‘xshagan  qo‘shiqlar  yordamida  kichik  hududlarda 
yomg‘ir  chaqirib  lalmi  yerlarda  ekilgan  bug‘doylarning  unish  va  o‘sishi  uchun  imkon 
yaratishga 
urinilgan. 
Yozgi  marosimlardan  biri  “Choy  momo”  bo‘lgan.  “Choy  momo”  bemahal  ko‘tarilgan 
shamolni  to‘xtatish  maqsadida  o‘tkazilgan.  B.Sarimsoqov  bu  marosimning  Janubiy 
Qozog‘istonda  yashovchi  o‘zbeklar  orasida  o‘tkazilgani  haqida  yozadi.  2009  yil 
Qashqadaryo  viloyatidagi  Qozoq  qishlog‘ida  o‘tkazilgan  ekspeditsiya  davomida  bu  yerlik 
qariyalar  “CHoy  momo”  marosimini  eshitganliklari  haqida  ma’lumot  topdik.  Ammo  bu 
yangilikni aytgan qariyalarimiz marosim tafsilotlarini eslay olmadilar. Marosimda quyidagi 
matnli qo‘shiq kuylangan: 
Choy momo, choy momo
Choy momosi o‘libdi. 
O‘g‘li yetim qolibdi. 
Bosa-bosa beringlar, 
Bosilib qolsin bu shamol. 
Ucha-ucha beringlar, 
Uchilib qolsin quv shamol. 
Oblo-hu, Oblo-hu... 
B.Sarimsoqovning  ma’lumotiga  ko‘ra,  Sayram  atroflarida  marosimni,  asosan,  keksa 
ayollar boshlaganlar. Ikkita kampir eski ust-bosh kiyib, yuzlariga qorakuya surtib, qo‘llariga 
hassa  olib,  bittadan  kaltakni  yog‘och  ot  qilib  minib,  “CHoy  momo”  qo‘shig‘ini  aytishib, 
qishloq  ko‘chalari  bo‘ylab  yurishadi.  Ularning  ortidan  boshlariga  qizil  sholcha  yopingan 
beshta bo‘yi yetgan qizlar qo‘shiqqa jo‘r bo‘lib borishadi. Ulardan keyinda esa yetti-sakkiz 
yoshlardagi  bola  eshakka  minib  olib,  xonadonlardan  berilgan  xayr-sadaqalarni  xurjunga 
solib  yuradi.  Eshakda  o‘qloq,  keli  sopi  va  supurgi  qo‘shib  bog‘langan  bo‘ladi.  Shu  tariqa 
ishtirokchilar qishloqdagi barcha ko‘chalarni aylanib qo‘shiq aytishadi. 
Kuzgi  marosimlarda  shamol chaqirish odati  bor. Agar  yoz  faslida  yetilgan bug‘doyni 
yerga  egib  qo‘ymasin  uchun  shamol  to‘xtatilgan  bo‘lsa,  kuzda  donli  ekinlarni  shopirish 
uchun shamol chaqirilgan: 
Haydar, ota-onang o‘libdir, 
Moli senga qolibdir. 
Bolang suvga oqibdir, 
SHamolingni qo‘yvor. 
Bu to‘rtlikdagi Haydar Hazrati Alining nomlaridan biri deb belgilangan. 
Qish  faslida  Yas-yusun  marosimlari  o‘tkazilgan.  Unda  mahalladagi  yigitlar  yoki 
ulfatlar  yig‘ilishib,  qimizxo‘rlik,  bo‘zaxo‘rlik  uyushtirganlar.  Marosimda  bo‘za  ichish, 
davrada  o‘tirish,  davradan  turib  ketish,  jo‘ra  boshi  (marosim  biyi)  buyrug‘ini  so‘zsiz 
bajarish qoidalariga rioya qilingan. Marosimda qimizni yoki bo‘zani kosagul kosaga quyib 
to‘rt misrali qo‘shiq aytgan: 
Alyor bo‘lsin-ay, 
Xo‘jam yor bo‘lsin-ay. 
Xo‘jam bergan bu davlatga 
Dushman zor bo‘lsin-ay. 
Qo‘shiqqa kosa olgan ishtirokchi javob qaytargan: 
Oyga o‘xshaydir yuzing, 

 
177 
CHo‘lponga o‘xshaydir ko‘zing. 
SHuncha ham yaxshi bo‘lurmi, 
Xalq ichida yulduzing. 
O‘zbek  xalqi  hayoti  bilan  yaqindan  tanishgan  odam  mavsumiy  marosimlarning  juda 
ko‘p  ko‘rinishlariga  ega  ekaniga  guvoh  bo‘ladi.  Mavsumiy  marosimlar  xalq  hayotining 
tarkibiy  qismini  tashkil  qilib,  asrlar  davomida  o‘zbeklarda  ko‘ngil  ochish,  tabiatga  umid 
bilan qarash, yaxshilikka intilish niyatining badiiy ifodasi bo‘lib kelgan. 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling