«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41

3-masalaning  bayoni:
     Inson  ham  tabiatning  bir  bо‘lagi  hisoblanib,  u  bilan  birga 
yashaydi.  Tabiat  insonni  boqadi,  yediradi,  tо‘ydiradi.  Kerak  bо‘lsa,  kiyintiradi  ham. 
Shunday ekan, unga doimo ehtiyotkorona, oqilona munosabatda bо‘lmog‘imiz darkor. Shu 
о‘rinda Prezidentimiz I.Karimovning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida» asarida ta’kidlab 
о‘tilgan ushbu sо‘zlar mag‘zini о‘quvchi-yoshlarimiz ongiga singdirmoq lozim: «Ekologik 
xavfsizlik  muammosi  allaqachonlar  milliy  va  mintiqaviy  doiradan  chiqib,  butun 
insoniyatning  umumiy  muammosiga  aylangan.  Tabiat  va  inson  о‘zaro  muayyan 
qonuniyatlar  asosida  munosabatda  bо‘ladi.  Bu  qonuniyatlarni  buzish  о‘nglab  bо‘lmas 
ekologik  halokatlarga  olib  keladi».  Tabiatda  hamma  narsa  о‘zaro  bog‘liqligini 
unutmasligimiz  lozim.  Tabiat  hodisalari,  masalan,  havoga  bulut  chiqib,  chaqmoq,  yomg‘ir 
quyishi,  bundan  о‘t-о‘lanlar,  maysalar  suvga  tо‘yinishi,  kо‘karishi,  daryo-dengizlarda 
suvning  kо‘payishi  yoki  qor  yog‘sa,  don-dun,  xirmon  barakali  bо‘lishi,  bug‘doylarning 
hosili  mо‘lligi  yoki  yog‘ingarchilik  kam  kelgan  yilda  hamma  joy  sarg‘ayib  qurib  ketishi 
yoki  suvdan  tejab  ishlatmaslik  oqibatida  Orolning  qurib  ekologiyaning  izdan  chiqqanligi, 

 
240 
bir  qancha  hayvonlarning  turlari  yо‘qolib  ketganligi  va  hokazo.  Shuningdek,  jonli 
jonzotlarni  kо‘p  ovlamaslik,  qushlar  va  hayvonlarga  e’tibor  berish,  havoni  zaharlamaslik 
kabi  salbiy  oqibatlarni,  ular  keltiradigan  zararlarni  о‘ylab  kо‘rmoq  lozim.  Agar  tabiat 
boyliklarini  tejamay,  avaylamay  ishlataversak,  oqibati  yomon  hollarga  olib  keladi.  Tabiat 
ham vaqti kelib bizdan о‘ch oladi.О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 
«Sog‘lom  avlod»  davlat  dasturi  eng  ulug‘  va  savob  g‘oyadir.  Mashhur  faylasuf  Seneka: 
«Kelajak  avlodni  о‘ylamagan  xalq  dunyodagi  eng  baxtsiz  xalqdir»  deydi.  Haqiqatan  ham 
ertangi avlodni о‘ylamagan xalq majruh bо‘lishi, qullikka tushishi va shu tariqa Yer yuzidan 
yо‘qolib  ketishi  mumkin.  Sog‘lom  avlod  ona  Vatanning  kelajagi,  tayanchi  va 
davomchisidir.Ha,  haqiqatan  ham  bizning  ona  Vatanimizning  jannatmakon  diyorligi,  unda 
behisob  bog‘-rog‘lar,  daryolar,  meva-chevalar,  noz-ne’matlar  bisyorligi,  shifobaxsh  giyoh 
va  suvlarning  kо‘pligi,  Yer  ostida  insoniyat  uchun  barcha  zarur  ma’dan  boyliklarining 
borligi,  xalqi  mehnatkash  va  yaratuvchi  ekanligi,  saxovatpeshaligi,  yurtning  boyligi  «oq 
oltin»  va  donga  konligi  har  doim  ham  boshqa  xalqlarning  havasini  keltirgan,  e’tiborida 
bо‘lgan. Biz esa shunday jannatmakon diyorda yashayotganligimizdan faxrlanmog‘imiz, bir 
zarra  tuprog‘ini  ham  avaylamog‘imiz  lozim.  Yoshlar  tabiat  bilan  tanishar  ekanlar,  ularda 
tabiat gо‘zalliklaridan zavqlanish bilan birga Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatsevarlik, 
nafosat,  tabiatni  sevish,  unga  mehr-muhabbat  bilan  qarash,  uning  unsurlari  —  havo,  suv, 
tuproq va boshqa shu kabilardan tо‘g‘ri foydalanish, tо‘g‘ri munosabatda bо‘lish tuyg‘ulari 
shakllanadi. 
 
Ba’zan  shunday  salbiy  hodisalarga  ham  duch  kelinadiki,  qancha-qancha 
mehnatlar,  iqtisodiy  sarf-harajatlar  evaziga  keladigan  nonni  ayamay  isrof  qilish,  axlatga 
tashlash, ariq va anhorlarga mag‘zava tо‘kish, axlat oqizish, korxona chiqindilarini ag‘darib, 
suv  va  zaminni,  havoni  zaharlash,  suvni  behuda  sarflash  kabi  illatlarga  yо‘l 
qо‘yiladi.Bunday salbiy  hodisalarga, fojealarga mustaqillikka erishganimizdan  sо‘ng asta-
sekin chek qо‘yila boshlandi. Zero, О‘zbekiston Konstitusiyasining 50-moddasida shunday 
deyilgan: 
«Fuqarolar 
atrof 
muhitga 
ehtiyotkorona 
munosabatda 
bо‘lishga 
majburdirlar».Bolalarimizga yoshlikdanoq nima mumkin, nima mumkin emasligini о‘rgatib 
bormog‘imiz  farz.  Masalan,  daraxtni  sindirma  u  bizni   mevasi  bilan  boqadi,  havoni 
tozalaydi, soya-salqini bilan huzur beradi. Oxiri qarib, qurigani о‘tin bо‘lib, non pishirishga 
yoki uy isitishga  yaraydi.Qushlarni о‘ldirmang, ular bizning dо‘stimiz. Qushning ham joni 
bor,  inida  polaponi  bor.  U  ham  bolasini  boqishi  kerak.  Agar  siz  uni  tutib  olsangiz,  unda 
bolalari  ham  ochidan  о‘ladi,  qarg‘aydi.  Suvni  tejang,  u  sizni  tashnalikdan  asraydi,  bog‘-
rog‘laringizni kо‘kartiradi va hokazo.Ha, inson tabiatdan  yaralgan, u tabiatning bir zarrasi. 
Tabiatning о‘z qonun-qoidasi bor. Undagi muvozanatni buzishga hech kimning haqqi yо‘q. 
Tabiat  insonning  yashashi  uchun  yaralgan. 
 Inson  hayotga  kelar  ekan,  tabiat  bilan  bir 
butunligini  doimo  his  qilib  yashaydi.  U  ulg‘aygan  sari  borliqni,  atrofidagi  olamni,  tabiat 
in’om etgan barcha noz-u ne’matlarni bus–butunligicha saqlash uchun harakat qiladi. Undan 
foydalanish  va  yashash  uchun  kurashadi.  О‘zi  bilgan  barcha  narsalarni  о‘zidan  keyingi 
avlodga  qoldirishga  harakat  qiladi.  Ona  tabiatdagi  mо‘jizalardan  ongli  ravishda 
foydalanadi,     hayotiy  tajriba  va  ta’lim  -tarbiya  manbai  о‘chog‘i  —  Ona  tabiat   ekanligini 
anglab  yashaydi.  Tabiat  in’om  etgan  bilimi  va  boy  tafakkuri  bilan  kelgusi  avlodlarga 
о‘zining merosini qoldiradi.    
            4-masalaning  bayoni:
  «
Asrlar  tutash  kalgan  pallada  butun  insoniyat, 
mamlakatimiz  aholisi  juda  katta  ekologik  xavfga  duch  keib  qoldi.  Buni  sezmaslik,  qо‘l 
qlvushtirib  о‘tirish  —  о‘z-о‘zini  о‘limga  max  kum  etish  bilan  barobardir.  Afsuski,  hali 
kо‘plar  ushbu  muammoga  beparvolik  va  mas’uliyatsizlik  bilan  munosabatda 
bо‘lmoqdalar».  О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga 

 
241 
ehtiyotkorona  munosabatda  bо‘lishga  majburdirlar»(50-modda)  yoki  yana  «Yer,  yer  osti 
boyliklari,  suv,  о‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar  umummilliy 
boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish  zarur  va  ular  davlat  muxofazasidadir»,  (55-modda) 
deyiladi. Darhaqiqat, hozirgi kunda jamiyatning atrof-muhit bilan munosabatining buzilishi 
ekologik  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda.  Shuning  uchun  yosh  avlodni  bugungi 
kundanoq  ekologik  savodxonligini  oshirish,  tabiat  qonun-qoidalari  bilan  tanishtirish, 
tabiatni muhofaza qilishga, uni asrab-avaylashga, tabiat boyliklaridan unumli foydalanishga 
о‘rgatmoq,  ona  tabiatni  sevish,  mehr-muhabbat  hissini  tarbiyalash  lozim.  Inson  onadan 
tug‘ilib,  olamga  kelgan  kundanoq  tabiat  ehsonlaridan  bahramand  bо‘ladi.  Shu  havodan 
nafas  oladi,  olamni  taniydi.  Ota-bobolarimiz  tabiat  boyliklarini  asrlar  davomida  kо‘z 
qorachig‘idek  asrab,  bizlarga  meros  qilib  qoldirganlar.  Har  birimiz  tabiatni,  hayvonot 
dunyosini,  dov-daraxtlarni,  giyohlarni  asrab-avaylashimiz  kerak.  Atrofimizdagilarni  ham 
tabiatga  bо‘lgan  munosabatlariga  e’tibor  berishimiz,  bilmay  nihollarni  sindirsa,  shifobaxsh 
giyohlarni  payhon  qilsa,  gо‘zallik  elchisi  gullarni  uzsa,  tanbeh  berishimiz,  ularning 
foydalari  haqida  gapirishimiz  lozim.  Iloji  boricha  о‘zimiz  nafas  olib  turgan  havoni, 
oldimizda  oqib  turgan  suvni  iflos  qilmasligimiz,  bulg‘amasligimiz  muhim  ishdir.  Chunki, 
tabiat  musaffo  bо‘lsa,  xalq  ham  sog‘lom  bо‘ladi.  Ekologiya  izdan  chiqmaydi.  Ona 
tabiatimiz  boyliklarini  behuda  isrof  qilmaslik,  atrof-muhitimizni  toza  saqlashga 
о‘rganmog‘imiz  kerak.  Biz  tabiat  sirlarini  kо‘proq  о‘rgatmog‘imiz  uchun  tez-tez  tabiat 
qо‘yniga  sayr  qilmog‘imiz,  olam  о‘zgarishini,  fasllar  almashinishini  kuzatmog‘imiz,  kо‘p 
kitoblar о‘qib, nazariy va amaliy bilimlarimizni oshirib bormog‘imiz kerak. 
             Tabiatni  asrash  keng  jamoatchilikning  burchi,  shunday  ekan  biz  ham  kelajakdagi 
avlodlarimiz  uchun  ma’naviy  ekologik  merosimizni  qoldirishimiz  kerak.  Ularga  tabiiy 
boyliklarimizni  asrab-avaylash,  ulardan  oqilona  foydalanish,   kо‘z  qorachig‘idek  asrashni 
doimo uqtirib о‘tishimiz va о‘rgatishimiz lozim. 
Atmosfera  havosining  ifloslanish  darajasi  avtotransport  vositalarining  soniga,  ularning 
motor  va  karbyuratorlarining  normal  ishlashiga,  shahar  kо‘chalarining  aeratsiyasiga, 
daraxtzorlarning  kо‘p  va  kamligiga,  havoning  iqlim  sharoitiga  va  boshqalarga  bog‘liqdir. 
Endi  о‘ylab  kо‘ring,  20-40  yoshli  о‘pkasi  sog‘,  nafas  yо‘llari  ravon  bо‘lgan  odamlar,  bir 
daqiqada  nolrmal  holatda  16-20  marta  nafas  oladi,  har  nafas  olganda  о‘pkaga  400-500  ml 
havo  kiradi.  U  organizmni  kislorod  bilan  ta’minlaydi,  havo  bilan  organizmga  har  nafas 
olganda 90-100 ml. kislorod kiradi. 
           Kislorodsiz  hayot  bо‘lmaydi.  Organizmdagi  modda  almashinish  jarayonlari  havo 
kislorodi  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Shu  havo  bilan  uni  ifloslantiruvchi  zararli  changlar, 
gazlar  ham  odam  organizmiga  kiradi.  Bir  daqiqada  о‘rta  hisobda  inson  17-18  marta  nafas 
olsa,  qancha  zararli  omillar  inson  organizmiga  kirishi  mumkin?  Agar  ular  gigiyenik 
normadan  ortiqcha  bо‘lsa,  qanday  kasalliklarni  chaqirishi  mumkin?  Shuning  uchun  ham 
havosi о‘ta ifloslangan shaharlarda nafas yо‘llarining, umuman inson organizmining har xil 
kasalliklari: anemiya,  bronxit, о‘pka  yallig‘lanishi, rinit  va boshqa  xastaliklar kо‘payishiga 
sabab bо‘ladi. 
           Inson hayoti va salomatligi hamma narsadan ustun. Halqimizda “Boylikning boshi – 
Sog‘liq”  degan  naql  bor.  Bu  dono  fikr  yurtimizda  istiqlol  yillarida  olib  borilayotgan 
siyosatning  tub  zamiriga  sindirilgan.  Zero,  har  tomonlama  sog‘lom  xalq  davlatimizning 
kuch – qudrati bebaho boyligidir. 
         Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda mamlakatimizning ijtimoiy  — 
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan muhim ustuvor yо‘nalishlariga 
bag‘ishlangan  majlisidagi  ma’ruzasini  tinglab,  kо‘nglimda  xuddi  shunday  mulohaza  о‘tdi. 
Yurtboshimiz  tomonidan  sog‘liqni  saqlash  sohasini  isloh  qilish  va  ushbu  tizimda  sifat 

 
242 
о‘zgarishlarini amalga oshirishni ta’minlashga doir keltirilgan har bir raqam zaminida ne-ne 
zahmatli mehnat, millat uchun, xalq uchun yuksak g‘amxо‘rlik yetganini anglab olish qiyin 
emas. 
          Bitta  misol   —  qariyb  20  yil  mobaynida  odamlarning  о‘rtacha  umr  kо‘rishi  67 
yoshdan  73  yoshga,  ayollarning  umr  kо‘rishi   esa  75  yoshgacha  oshdi.  Abu  Ali  ibn  Sino: 
“Odamning salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan” deganda ming bor haq 
edi.  Shuningdek,  buyuk  rus  olimi  I.P.Pavlovning:  “Inson  100  yil  yashashi  mumkin,  lekin, 
biz  о‘zimizning,  о‘z  a’zolarimizga  nisbatan  shafqatsizligimiz  tufayli  bu  muddatni  kо‘p 
yillarga  qisqartirib  yuboramiz”  degan  sо‘zlarini  eslashni  lozim  topdik.  Inson  о‘z  sog‘ligini 
asragan taqdirda tabiatni, hayot davomiyligini asragan bо‘ladi. 
Inson  salomatligini  ta’minlash  va  umrini  uzuytirish  nimalarga  bog‘liq  ekanligini 
aniqlashga harakat qilinsa, samarali tarzda oziqlanish, atrof – muhitning salbiy ta’sirlaridan 
himoyalanish va ma’lum tizimga kirib kelgan turmush tarzini keskin о‘zgartirmaslik lozim 
ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
          Salomatlik deganda, odamning bilogik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan о‘zini 
faol  tarzda  namoyon  qilishining  optimal  holati  tushuniladi.  Ma’lumki,  inson  hayoti  tabiat 
qurshab turgan tabiiy omillar  — havo, ona – zamin, suv va suv havzalari, butun borliqning 
paydo  bо‘lishi  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  falsafiy  nuqtai  nazardan  bilish,  о‘rganish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Hozirgi  paytda  tabiatni  muhofaza  qilish,  ekologik  muammo 
milliy  xavfsizlik  taqdiriga  aylanib  qoldi.  Ekologik  xavfsizlik  va  atrof  –  muhitni  muhofaza 
qilish muammosi aloxida e’tiborga molikdir. 
          Inson butun umri davomida deyiladi muqaddas kitoblarda, suv, tuproq, olov, umuman 
dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus – butun asrashga burchlidir. 
          Jonli tabiat  ham, jonsiz tabat ham doimiy haraktda, ular о‘rtasida tо‘siq yо‘q. Ular bir 
– biridan sifat jihatidan farq qilsada, bir biri bilan chambarchas bog‘langan. Ular о‘rtasidagi 
moddiy birlik ularning kimyoviy tarkibidan aniq kо‘rinadi. 
Masalan,  odam  organizmidagi  kislorod,  temir  uglerod,  natriy,  kaliy,  xlor,  kalsiy, 
fosfor  va  boshqa  elementlar  jonsiz  tabiatda  ham  uchraydi.  Tirik  jismlarning  eng  muhim 
xususiyati  –  moddalar  almashinuvidan,  jonli  tuzilishlarning  buzilishi  va  yangidan  tuzilish 
jarayonlaridan iborat. Ana shu jarayonlar, jizmlar yashashaining asosiy shartidir. 
           Hayotiy   —  maishiy  jarayonlar  oqibatida  paydo  bо‘layotgan  millionlab  tonna 
chiqindilar  suvni,  havoni,  tuproqni   —  ona  zaminni  ifloslantirmoqda.  Bu  aholi  о‘rtasida 
yuqumli va yuqumsiz kasallilarning tarqalishiga sabab bо‘lmoqda.    
          Atrof muhitning radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan bulg‘anishi aholining, chorva 
mollarining, parrandalarning zaharlanishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat, qurilish 
va  maishiy  chiqindilarni  tо‘plash,  qayta  ishlash  va  yо‘q  qilish  muhim  ekologik 
muammolardan biri hisoblanadi. 
          Ekologik muammolar keyingi 15 yilda shunday keskin tus oldiki, bugungi kunda ular 
hal  etilmas  ekan,  inson  halokatga  yuz  tutishi  aniq  bо‘lib  qoldi.  Bu  haqda  BMT  va  boshqa 
xalqaro  tashkilotlari  bayon  qilmoqdalar.  Hamma  (joyda),  mamlakatlarda  atrofimizni  о‘rab 
turgan olamni kelgusi avlodlar uchun  saqlab qolish maqsadida ekologik falokatning oldini 
olish xususida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. 
           Sanoat,  maishiy,  qurilish  va  boshqa  korxonalarda  ishlatiladigan  toshkumir,  neft 
mahsulotlari  va  boshqa  narsalarni  olishda  juda  kо‘p  miqdorda  ishlatiladi.  Ularning 
texnologik jarayonida yonishi natijasida kо‘p miqdorda zararli changlar, gazlar, aerozollar, 
qurum, turli kimyoviy moddalar atmosferaga chiqarib tashlanadi. 
           Masalan,  1  kg  toshkо‘mirda  2%  atrofida  oltingugurt  bо‘lsa,  yonilg‘i  yonishi  uchun 
10m
3
 havo (kislorod) kerak bо‘ladi. Havo tarkibiga, toshkо‘mir yonishi natijasida 20 gramm 

 
243 
oltingugurt havoga shimiladi. Toshkо‘mirning yonishidan kо‘p miqdorda (40-35%) chiqindi 
paydo  bо‘ladi  va  atmosfera  havosiga  tashlanadi.  Shuningdek  bir  tonna  toshkо‘mir 
yoqilganda 200 kg atrofida kul tushadi, undan 160 kg havoga uchib ketadi. 
           Insonlar  va  hayvonlar  uchun  о‘ta  xavfli  hisoblangan:  is  gazi,  azot  oksidi,  sulfat 
angidridi va boshqa kimyoviy moddalar atmosfera havosini ifloslantiradi. XXI asrning eng 
global  muammolaridan  biri  –  aholi  yashayotgan  turar  joylar  havosining  zararli  kimyoviy 
moddalar  bilan  ifloslanishining  65-70%  sababchisi  avtomobil  transporti  hisoblanadi. 
Ta’kidlash  kerakki,  hozirgi  paytda  Samaraqand  shahrida  faqat  yengil  avtomobillar  soni 
qariyb 150 mingdan oshib ketdi. Ana shu avtomobilning bittasi 200 dan ortiq turli xil zararli 
va zaharli kimyoviy moddalar va birikmalarni havoga chiqarmoqda. Shuningdek, о‘rtacha 1 
dona yengil avtomobil har yili atmosfera havosidan 4 tonna kislorod olib, dudbо‘roni orqali 
havoga 500 kg is gazi va karbonat angidrid gazi, 40 kg azot oksidi, 200 kg har xil birikmali 
karbon suvlar, hamda bir necha kg. tetroetil qо‘rg‘oshin tashlar ekan. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar 
Ekologik  ong,  Ekologik  ong  va  etnomadaniyat  uyg‘unligi,  ekologik  madaniyat, 
etnoekologik  an’analar,  xalq  axloqida  tabiatni  asrash  haqidagi  tasavvurlar,    zamonaviy 
global  ekologik  ziddiyatlar,  jonli  tabiat,  jonsiz  tabiat,    inson  salomatligini  ta’minlash  va 
umrini  uzuytirish,  zamonaviy  global  ekologik  ziddiyatlar,    ekologik  xavfsizlik,  atrof  – 
muhitni muhofaza qilish muammosi. 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.
 
Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi nimalarda namoyon bо‘ladi? 
2.
 
Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi qanday  tarixiy 
falsafiy manbalarni bilasiz? 
3.
 
Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlar qaysi davrlardan  
boshlab 
shakllana boshlagan?  
4.
 
Tabiatni asrash bilan bog‘liq qanday xalq udumlari va xalq  
 
maqollarini bilasiz? 
5.
 
Inson salomatligini ta’minlash va umrini uzuytirishning tabiiiy omillari  
nimalar bilan bog‘liq? 
6.
 
Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining  
roli qanday? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.   
2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 
3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.  
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998  yil. 
 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.www. tdpu. uz  
2.www. Ziyonet. uz  
3.www. edu. uz  
4.www. ma’naviyat. uz  
 
 
 
 

 
244 
 
 
 
 
 
15.1.Darsni olib borish texnologiyasi 
Talabalar  soni:  50-70 gacha 
Vaqti:2 soat. 
O‘quv 
mashg‘ulotining  
shakli  
Informatsion baxs-munozarali dars 
Ma’ruza rejasi   
1.Etnoijtimoiy  va  etnomadaniy  jarayonlarning 
milliy  о‘z-о‘zini  anglashning  yangilanishidagi 
ahamiyati.  
2.Milliy  о‘z-о‘zini  anglashdagi  plyuralizmning 
milliy tiklanish   bilan  bog‘liqligi.   
3.Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” 
va “qadriyatlar”ning aks etishi.  
     4.Demokratik islohotlar xalqlar  etnik ongidagi  
       о‘zgarishlar omili. 
     5.Etnik    ongdagi ijobiy va salbiy 
       omillar 
 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlar 
kuchayib  borayotgan  davrda  yangilangan  milliy  o‘z-o‘zini  anglash  strukturasida 
etnomadaniy jarayonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish.  
Pedagogik vazifa: 
O‘quv faoliyatining natijasi:  
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim 
darajasini 
oshirish, 
yo‘naltirish, 
boshqarish; 
-  Talabani  faollashtirib,  yangi 
mavzuning    bayoni    va    uni 
mustahkamlashda  
hamkorlikka 
chorlab, 
maqsadga erishish; 

An’anaviylikning 
noan’anaviylik 
bilan 
uyg‘unlashuviga    muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib 
boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni mustahkamlashda 
bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi; 
- Faol harakat shakllanadi. 
O‘qitish 
usullari 
va 
texnika 
Vizual ma’ruza,savol-javob,  “FSMU” uslubi. 
O‘qitish vositalari 
Kompyuter  texnologiyasi    (“Etnomadaniyat: 
asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  fanidan  elektron 
o‘quv uslubiy  majmua) Slaydlar 
O‘qitish  shakli 
Jamoa bo‘lib ishlash 
O‘qitish shart-sharoitlari 
Texnik  vositalar  bilan  ta’minlangan,  o‘qitish 
usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv xona. 
15-mavzu:YANGILANGAN MILLIY O’Z-O’ZINI 
ANGLASH  STRUKTURASIDA ETNOMADANIY 
JARAYONLAR 
 

 
245 
Monitoring va baholash 
Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, 
o‘quv topshiriq. 
 
15.2.Darsning texnologik kartasi 
Ish 
jarayonlari 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchi 
Talaba 
1 bosqich. 
Kirish 
(10 daqiqa) 
1.1.  Ma’ruzaning  mavzusi,  rejasini  e’lon 
qiladi,  o‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi  va  o‘quv 
faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova) 
Tinglaydi, 
mavzu 
nomini yozib oladi 
1.2.  Mashg‘ulotni  o‘tkazish  shaklini  e’lon 
qiladi  
Yozib oladi 
2 bosqich. 
Asosiy 
jarayon 
(60 daqiqa) 
2.1.  Vizual  materiallardan  foydalangan 
holda  mavzuning  barcha  rejasini  yoritadi.Har  bir 
rejaga 
yakun 
yasaydi, 
savol-javob 
bilan 
mustahkamlaydi.  (2-ilova)  
Yozadi, 
savolga 
javob beradi. 
 
    2.2.  Mavzuni  mustahkamlash  maqsadida  
kichik  guruhlar  tashkil  etadi  va  har  bir  reja 
yuzasidan  “FSMU”  texnikasidan  foydalangan 
holda  guruhlarga  topshiriqlar    beradi  (3-ilova). 
Guruhlarda 
ishlashga 
yordam 
beradi 
Qo‘shimcha 
ma’lumotlardan  foydalanishga 
imkon 
yaratadi. 
Diqqatlarini 
kutiladigan 
natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini  
-  qog‘ozlarga  tushirib,  taqdimotini  o‘tkazishga 
yordam  beradi,  bilimlarini  umumlashtiradi, 
xulosalarga alohida e’tibor beradi.  
Savollarga 
javob 
beradilar, 
erkin 
bahs-munozara 
yuritadi. 
Guruhlarda ishlaydi. 
 
 
 
 
 
3 bosqich. 
Yakuniy 
bosqich 
 (10 
daqiqa) 
3.1Kichik  guruhlarga  taqdimotiga  yakun 
yasab,  javoblarni  sharxlaydi,  mavzu  boyicha 
umumiy xulosa qiladi.   
Tinglaydi. 
3.2. 
Mustaqil 
tarzda 
о‘qish 
uchun 
adabiyotlar 
ruyxatini 
taqdim 
etib, 
darsni 
yakunlaydi (4-ilova). 
Taqdim 
etilgan 
adabiyotlarni  yozib 
oladi.  
1-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Yangilangan milliy о‘z-о‘zini anglash strukturasida     
                                 etnomadaniy jarayonlar  
Reja: 
1.
 
Etnoijtimoiy  va  etnomadaniy  jarayonlarning  milliy  о‘z-о‘zini  anglashning 
yangilanishidagi ahamiyati.  
2.
 
Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish   bilan  
bog‘liqligi.   
3.
 
Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishi.  
4.
 
Demokratik  islohotlar  xalqlar    etnik  ongidagi  о‘zgarishlar  omili.  Etnik    
ongdagi ijobiy va salbiy omillar. 
 

 
246 
O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  :  Talabalarda  mafkuraviy  va  g‘oyaviy 
tahdidlar  kuchayib  borayotgan  davrda  yangilangan  milliy  o‘z-o‘zini  anglash 
strukturasida etnomadaniy jarayonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish.  
O‘quv faoliyatining natijasi: Talaba mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlar kuchayib 
borayotgan davrda yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy 
jarayonlar to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘ladi.  
 
      2-ilova: 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling