«etnomadaniyat»
“Odame ersang demagil odame -
Download 5,23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-masalaning bayoni
“Odame ersang demagil odame - Onikim yо‘q xalq g‘amidin g‘ami Mutafakkirlar e’tirof etganidek, о‘zini anglagan inson, о‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qо‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida о‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bо‘ladi. Buning natijasi о‘laroq, u о‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yо‘lida foydalana biladi. Oqibatda о‘zini kulfatlardan asraydi. О‘zligini anglagan odamda mehr, muruvvat kuchli bо‘ladi. Manmanlik kabi salbiy qusurlarni xush kо‘rmaydi. “Manmanlik, - degan edi mashhur ma’rifatparvar Abdulla Avloniy, - johilona kibru g‘ururdan paydo bо‘ladurgan eng yomon xulqlarning biridurki, kishini har yerda mayus va mahjub qilur” 20 . Avloniy inson manmanligi haqida gapirayapti. Agar manmanlik kasaliga millat, xalq yoki biron bir din vakillari uchrasa ne oqibatlarga olib keladi? Misollar talaygina. Birgina о‘z xalqi ongiga “oliy irq”qa mansublik g‘oyasini singdirishga uringan fashizmning butun insoniyat boshiga yog‘dirgan balolarni yoki buyuk davlatchilik shovinizmi sobiq Ittifoqda yashagan elat va xalqlarga keltirgan azob-uqubatlarni eslash kifoY. Ayrim siyosatdonlar bugungi kunda ham diniy, irqiy, milliy ziddiyatlarni avj oldirishga harakat qilayotgani va oqibat о‘laroq dunyoning turli chekkalarida urush olovi alangalanayotgani barchaga ma’lum. 2-masalaning bayoni: Milliy о‘zlikni anglash muayyan etnik birlikka, milliy davlatga mansub bо‘lib, uning oldidagi burch va mas’uliyatni anglash, shu millatning moddiy va ma’naviy qadriyatlarini, manfaatlarini himoya qilishga va rivojlantirishga, milliy 19 Haqikat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. -T.: Yangi asr avlodi, 2002. 92-bet. 20 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: Ma’naviyat, 1998. B. 80. 225 birlik va hamjihatlikni ta’minlashga yо‘naltirilgan umumlashgan nazariy qarashlar hamda amaliy harakatlarning ifodasidir 21 . Milliy о‘zlikni anglash masalasiga tavsif berishda kompleks yondashuv an’anaviy va hozirgi zamon institutlarining (oila, mahalla, maktab, OAV, davlat va nodavlat tashkilotlar, fondlar) faoliyatlarini bugungi reallik asosida о‘rganish zaruriy ahamiyatga egadir 22 . О‘zlikni anglash muammosi individual va ijtimoiy ong, fan va amaliyot uchun fundamental ahamiyatga ega, uning turli aspektlari bilan falsafa, ruhshunoslik, antropologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, tarix va boshqa fanlar shug‘ullanadi. О‘zlikni anglash siyosat, amaliyot, xalqaro munosabatlar va boshqaruv nuqtai nazaridan ham о‘ta ahamiyatlidir 23 . Har bir millat boshqalarga о‘xshamagan udumlari, о‘ziga xos yashash tarzi bilan gо‘zal. Demak, taraqqiy etgan davlatlarda har bir millatning milliy xususiyatlariga hurmat bilan qaralishida ulkan ma’no bor. Shu jumladan, О‘zbekistonda ham millatlar orasidagi tenghuquqlilik, har bir millatning urf-odatlari, an’analariga, tili va udumlariga hurmat bilan qarash tamoyillari qonun bilan kafolatlangan. Mashhur fransuz gumanist yozuvchisi fashizmga qarshi urushda jonini fido qilgan Antuan de-Sent-Ekzyuperi insonning о‘zini anglashini ahli bashar oldidagi mas’uliyat hissi bilan bog‘laydi. “Inson bо‘lish - bu mas’uliyat sezishingdir, - yozadi u, - о‘zingga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishingdir. О‘z gashtingni qо‘ya turib, dunyodagi bunyodkorlikka kо‘maklashganingni his etishingdir” 24 . Lо‘nda qilib aytganda, о‘zga millat va xalqlarni kamsitgan millat hech qachon buyuk bо‘lolmaydi. Buyuk Alisher Navoiy bu haqda shunday deydi: “Naf’ing agar xalqqa beshak erur, Balki bu naf о‘zingga kо‘prak erur”. Milliy о‘zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni о‘zlashtirish, о‘z xalqining tarixi, madaniy merosini о‘rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bо‘lishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. О‘z о‘rnida milliy ma’naviy qadriyatlar, etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash tushunchalari umuminsoniy madaniy qadriyatlar bilan uyg‘un tushunchalardir. Zotan, О‘zbekistonda istiqomat qilayotgan kо‘p millatli xalqqa xos bо‘lgan umummilliy milliy qadriyat - bag‘rikenglik, о‘zaro ahillik, madaniy-ma’rifiy yaqinlikdir. Istiqlol –о‘zaro xurmat, bir –birini tan olish va bir –birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari о‘zaro munosabatlarida ham jaxon davlatlari о‘rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy me’zonlar asosida yashash demakdir. Etnomilliy о‘zlikni anglash xalqning milliy va mental xususiyatlari, uning hozirgi va uzoq muddatga mо‘ljallangan manfaatlarini rо‘yobga chiqarish shart-sharoitlari va omillari tо‘g‘risida tasavvurlar beradi. An’anaviy qadriyatlar о‘z- о‘zini anglashning ichki salohiyati ekanligidan hamda jahonda rо‘y berayotgan global ijtimoiy va siyosiy о‘zgarishlar tufayli dunyoning kо‘plab mamlakatlari madaniyatiga singib ketgan qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etayotganligini anglashga kо‘mak beradi. 21 Xayitov Z. Mustaqillik sharoitida millatlarning milliy о‘zligini anglashining rivojlanish xususiyatlari (о‘zbek xalqi misolida): avtoreferat. kand. filos. nauk. – T.: 2007. – B. 11. 22 Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy-etnik jarayonlar. – T.: Moliya instituti, 2004. – B. 107. 23 Fayzullayev A. Millat, davlat va insonning о‘zini anglashi // Tarix va о‘zlikni anglash: О‘zbekiston va Germaniya XX asrda. – T.: 2007. – B 28. 24 Tafakkur gulshani. Vatandosh hamda xorijiy allomalarning aforizmlari va hikmatli sо‘zlari. –T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. B. 34. 226 Turli xalqlarning turmush tarzi va madaniyati, milliy xarakteri, mentaliteti tabiiy- geografik muhitga va shu asosda shakllangan xо‘jalik faoliyati hamda uning madaniy- xо‘jalik an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki tabiiy sharoitning ta’siri, belgilari etnik madaniyatning barcha sohalarida, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, ayniqsa mehnat qurollari, turar joylar, uy-joy qurilishi, kiyim-kechaklari va rо‘zg‘or buyumlari, xо‘jalik- madaniy an’analari hamda xalqlarning etnik xususiyatlarida ham namoyon bо‘ladi. Shubhasiz, bu borada О‘zbekistonning turli tarixiy etnografik mintaqalarida yashovchi etnik va etnografik guruhlarning etnomadaniy identikligi (etnik о‘zlikni anglash), nafaqat etnologlar uchun qiziqarli ilmiy muammo, balki zamonaviy etnomadaniy jarayonlarni tahlil qilishda ham muhim ahamiyatga molik bо‘lgan mavzulardan biri sanaladi. О‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “О‘zbekiston – kо‘p millatli mamlakat. Albatta, asosiy kо‘pchilikni о‘zbeklar va boshqa tub xalq vakillari tashkil etadi. Ammo biz bugungi kunda tuprog‘imizda yashayotgan yuzdan kо‘proq millat va elat vakillarini, ularning madaniyatlari va an’analari rivojini ham о‘ylamasak bо‘lmaydi” 25 . Aynan mustaqillik yillarida mamlakatimiz- dagi 130 dan ortiq xalqlar va elatlar bilan birga О‘zbekistonda yashovchi arablarda ham milliy о‘zlikni anglash, an’analar 26 va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash tuyg‘ulari rivojlanmoqda. Bunday tuyg‘ular etnik о‘zlikni anglash bilan birga, umuman insoniy qadriyat va manfaatlar mushtarakligini ta’minlashga qaratilmog‘i lozim. Bugun О‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millatlarning etnik о‘zlikni anglashi birinchidan, yosh avlodning milliy о‘zlikni anglashida, ularda axloqiy yetuklikni shakllantirishda va turmush tarzining rivojida muhim о‘rin tutsa, ikkinchidan, О‘zbekistonda yashab kelayotgan о‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, arab va boshqa millat, elat vakillarining etnik о‘zlikni anglashida milliy urf-odat va an’analarimizning ham о‘ziga xos о‘rni bor. 3-masalaning bayoni: Insonning о‘zligini anglashi genezisi uning turmush tarziga borib taqaladi. Turmush tarzi – shaxs ijtimoiy guruh, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha bо‘lib, turmush tarziga turli jihatlar: falsafiy, sotsiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-guruhiy va boshqa nuqtai-nazardan yondashiladi. Shaxs, ijtimoiy guruh turmush tarzi muayyan davr shart-sharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. Turmush tarzi ijtimoiy kategoriY. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor kо‘rsatkichiga ega bо‘lsa, turmush tarzining mohiyati, mazmuni va namoyon bо‘lish shakllari kо‘p holatda kishilarning hayot kechirishi, mehnati, sog‘ligi va hatto xulq-atvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning turmush tarzi ularning yashash joylari bilan bog‘liq holda shakllanib о‘zgarib boradi. О‘zbek xalqi о‘z hayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, sofdillik kabi axloqiy hislatlarga alohida e’tibor beradi. О‘zbek xalqida bunday fazilatlar milliy urf-odat va an’analarda, kundalik hayot tarzi va millatlararo munosabatlarda aks etgan. Xalqimiz hayotida odob-axloq meyorlari asosidagi rasm-rusumlar, an’analar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. О‘zbek xalqi azaldan jamoa bо‘lib yashab, mahalla, qо‘shnichilik udumiga qat’iy rioya qilgan. Oilada tug‘ilgan har bir gо‘dakka yaxshi niyat bilan ism qо‘yilgan, savodini chiqarish uchun uni ustoz-muallim qо‘liga topshirilgan. Farzandlarni hunarli va uy-joyli qilish ota-onalar faoliyatining eng 25 Karimov I. A. Istiqlol yо‘li: muammolar va rejalar // О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T. I. – T.: О‘zbekiston, 1996. – B.13. 26 An’ana – о‘tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga о‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bо‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. 227 muhim vazifasiga aylangan. Odamlarning, xususan, yoshlarning yurish-turishi, ular amal qiladigan tamoyillar hamisha jamoa nazarida bо‘ladi. Demak, turmush madaniyati - oila va kundalik turmushda mavjud bо‘lgan oilaviy burch, о‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga о‘tkazish asosida davom ettirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, turmush madaniyatida inson adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasini ilgari suradi. Turmush madaniyatiga, xususan, keng ma’noda madaniyatga, xalqimizning ijtimoiy madaniyatiga Prezidentimiz I.A.Karimov о‘zining «Tinchlik va xavfsizligimiz о‘z kuch- qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq» nomli asarida quyidagi о‘z fikrlarini bayon etadi: «Madaniyat, shu jumladan, sport madaniyati, sport bilan shug‘ullanish – bu avvalo, muhim ijtimoiy masala. Shuning uchun ham bu omillar albatta odamlarning ishga bо‘lgan munosabatiga о‘z ta’sirini о‘tkazadi. Madaniyat degan sо‘zni keng ma’noda tushunish kerak. О‘z vaqtida ishlab, о‘z vaqtida dam olish - bu ham madaniyat. Quriladigan uyni guvaladan emas, pishiq g‘ishtdan mustahkam qilib qurish - bu ham madaniyat. О‘z uyi, о‘z mahallasining tozaligi va obodonchiligiga e’tibor berish ham – madaniyat 27 . Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin о‘z zamonasining tarakqiyoti darajasiga kо‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda о‘z о‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, о‘z e’tiqodiga, о‘zligiga, hayotda о‘z о‘rniga, mavqeiga ega bо‘lishi va buning uchun tarbiya olishi kerak bо‘ladi. Bu jarayonda katta avlod о‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodga beradi. Bu esa tarbiya deb ataladigan insonning shakllanishida, rivojlanishida muhim о‘rin tutadigan ijtimoiy hodisa orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlangan sari barkamol, yetuk hamda о‘zligini anglashga qodir shaxslarni yetishtirish zarurati ham ortib boradi. О‘zlikni anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu о‘rinda etnopedagogika va etpsixologiya atamalarining mazmun va mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, pedagogika atamasi ham lug‘aviy ma’nosi jihatidan «bola yetaklovchi» ya’ni tub ma’nosiga qaraydigan bо‘lsak «tarbiyachi» degan ma’noni anglatadi. Ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda, tarbiyaviy jarayonda о‘zbek pedagogikasining durdonalari bо‘lgan shoh asarlardan, ularda tasvirlangan, ilgari surilgan ilg‘or, milliy g‘oyalardan foydalanish, ulardan yoshlarni bahramand qilish, tarbiyalanuvchilar ongida axloqiy mavzulardagi fikrlarni singdirish, Sharq mutafakkirlari asarlardagi pedagok g‘oyalarni о‘rgatish, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish ijodiy fikrlashni, о‘zlikni anglashni, e’tiqodga sodiqlikni vatanga muhabbat, millati farovonligi yо‘lida qayg‘urishii, davlatni yuksaltirish sohasida jonkuyarlikni, barcha gо‘zal insoniy fazilatlarni mujassamlashtirish yо‘lida qо‘yilgan yuksak qadam bо‘ladi. Chunki, о‘zbek xalq pedagogikasi va manbalari bо‘lgan xalq donoligi namunalari asrlar osha bizni ezgulikka, insoniylikka yetaklaydi. О‘zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar-ota-bobolarmiz uzoq moziyda yaratgan va kо‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, buyuk namunalar, buyuk allomalar yaratgan asarlari bilan qо‘shilgan holda shakllanganligi, rivojlapganligi va boyib borganligini e’tirof etish birdan bir tо‘g‘ri yо‘ldir. Darhaqiqat Vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi о‘ringa chiqdi. Shu sababli ham yoshlarni, kelajakni 27 Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz о‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T.12. – T., 2004. – B.151-153 228 davomchilarini tarbiyalashdek og‘ir, mashaqqatli, ma’suliyatli hamda sharafli ishni bajarish pedagogikani zimmasida ekan bu yо‘lda hech qanday kamchilik, xatoliklarga yо‘l qо‘ymaslik kerak bо‘ladi. “Etnopsixologiya” - etnologiya va psixologiya fanlarining qо‘shilishidan tashkil topgan bо‘lib, grekcha “etnos” xalq, qabila, “psixologiya”- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan ma’lum millat va etnik birlik vakillarining о‘ziga xos ruhiy qiyofasi, xulk- atvorini, zamonaviy termin bilan aytsak, “mentalitetini” о‘rganadi. Har bir xalqqa xos bulgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg‘ular va did (ta’b), etnik ong va milliy о‘zini о‘zi anglashni vujudga kelishi, namoyon bо‘lishi, о‘zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning о‘rganish obyekti hisoblanadi. Tadqiqotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini о‘rganishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilgan bо‘lsa ham, lekin uning kо‘p muammolari hali о‘zining yechimini tо‘la topgan emas. Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining о‘zaro munosabatidir. Millat, sinflar va turli ijtimoiy guruhlarni о‘rganishda faylasuflar, sotsiolog va tarixchilar, asosan, ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tarkibi, ijtimoiy munosabatlariga e’tiborni qaratgan bо‘lsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini о‘rganish bilan cheklanib qolishgan. Ayrim psixologlar esa (S.L.Rubinshteyn) umuman ijtimoiy va etnopsixologiya fanlarining mavjud bо‘lishligini shubha ostida olgan. Etnopsixologik muammolarni tadqiq etuvchi jahon olimlarining juda kо‘pchiligi, bu muammolarni о‘rganish qiyin ekanligini, bu sohada uchraydigan murakkabliklarni ta’kidlashadi. Chunki etnopsixologik xususiyatlari empirik tadqiq etish qiyin. Barcha murakkabliklarni qamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Boz ustiga bir mamlakatda, boshqa bir madaniyatni о‘rganish uchun yaratilgan metodlar, ikkinchi bir xalqlarni о‘rganishda natija bermasligini, hatto, qarama-qarshi kо‘rsatkich berishi mumkin. Bu sohadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruhlarda milliy xususiyatlarning namoyon bulishi ma’lum darajada bir biridan farklandi. Shuning bilan birgalikda, tadqiqotchi etnik psixologiyadagi о‘ziga xoslik, boshqa etnik guruhlardan farq qiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarni ochib bera olishi kerak. Va nihoyat, etnopsixologik xususiyatlar qotib kolgan, о‘zgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy о‘zgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarini о‘zgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi xislatlarni hosil kilishi mumkin. Konkret odam ruhiyatining etnik xususiyatlarini о‘rganishga qadim vaktlardan buyon katta diqqat-e’tibor berib kelishgan. Bu qiziqish, ayniqsa, keyingi yillarda xududiy, turli milliy, etnik nizolar va tо‘qnashuvlarning kuchayib ketayotganligi bois yanada ortdi. Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bulgan ruhiy xususiyatlarni, qо‘shni qabilalarning yashash tarzini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish qadim vaqtlardayoq bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. 4-masalaning bayoni: Muayyan xalqning etnopsixologik xususiyatlari shu xalq madaniyati, tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Birinchidan, ajdodlarimizning tarixiy evalyusiya davrlarida qо‘lga kiritgan yutuqlarini; ikkinchidan, xalqimizning madaniy- ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini; uchinchidan, xalqimizning axloq-odob saboqlaridan namunalarni о‘rganish jarayonida uning tarixiga murojaat qilib, madaniyati bilan rо‘baru kelamiz. Millat va millat bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol о‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha о‘z ahamiyatini yо‘qotmaydi. Olimlarning kо‘rsatishicha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan tо‘rt mingga yaqin millat, ellat va turli xalqlar mavjud ekan. Ularning 229 har birini о‘z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni о‘rganish millatlararo munosabatlarini tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni о‘rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan о‘rniga yetarlicha baho berilmay kelindi. Ayrim hollarda esa asossiz ravishda inkor etildi. Hatto ba’zi bir tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini о‘rganishga shubha bilan qarashdi. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini о‘rganish bir xalqni maktab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchilik, millatchilikni kelib chiqishiga sabab bо‘ldi, deb xavotirlanishdi. Bu hadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar о‘z millatlartni haddan tashqari kо‘klarga kо‘tarib yuborish, boshqa qо‘shni xalqlardan ustun qо‘yish hollari bо‘lganki, bu tabiiy turli noroziliklarni tug‘ilishiga sabab bо‘lgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar о‘rtasidagi munosabatlardagi о‘ziga xosligini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Etnik о‘ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik turli salbiy munosabatlarni, hatto etnik nizolarni keltirib chiqaradi. Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshkalar barcha ijtimoiy va psixologik xodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bulgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni kidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bulishining sabablarini tushuntirib berishga xarakat kiladilar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiy-geografik muxitning ta’siri bilan boglab tushuntirdilar. Masalan, qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) uzining “Xavo, suv va kuruklik”, degan asarida xalqlarning turli ruxiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iklim sharoiti bilan boglagan xolda tushuntirib berdi. Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarining vujudga kelishini ular iste’mol kilayotgan ozik-ovkatlar bilan boglab tushuntirishga xam urinishlari bulgan. Mashxur matematik va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi 570-500) ning tushuntirishiga karaganda, xayvon gushti va yogini kup iste’mol kilinishi, xalqlarda kattikkullik va dagallikni vujudga keltiradi. Aksincha, usimlik mevalari va sabzavotlarni mutassil iste’mol kilinishi esa tana faoliyatini suslashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi. Antik dunyoning buyuk akl egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) , xaddan ortikcha issik yoki sovuk iklim sharoitida yashaydigan xalqlar kattikkul, shafkatsiz bulishadi, deb ishongan. Buyuk bobomiz A.R.Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi greklar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar, xristianlar va dinlar, yaxudiylar, musulmonlarning ruxiy xususiyatlari va ularning eralarini boshlanish sabablarini kursatib bergan. U bu xalqlarning ma’lum davrlar ish vaktlarga tugri keladigan mashxur bayramlari, xotira kunlari, xamda bir xalqni ikkinchisidan farklantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar kullayotgan yil xisoblash usullari, oy va yillarning farki kabi masalalarni bayon kilib bergan. Turli xalqlarga xos xususiyatlarni o‘rganish uchun Beruniy uziga xos ilmiy metod yaratadi. Buning uchun, deb kursatadi u, qadimgi xalqlar rivoyatlarini xamda utmish avlodlar tugrisidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun “Mukaddas kitob” larga amal kiluvchi xalqlar, muayyan akidalarga rioya etuvchi dinlar, mazxablarga e’tikod kuyganlar izidan borishga tugri kelishligini kursatadi. Bunda ularning turli karashlari asos kilib olinadi va isbot kilish maksadida keltirilgan suz, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib kurish lozim. Shu yul bilan olingan ma’lumotlarni, ularga kushilib ketgan afsonalardan tozalash kerak buladi, deydi. 230 Beruniy uzining mashxur “Xindiston” asarida xindlarning dini va tafakkur qilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy xayoti bilan bog‘liq bulgan urf-odatlari, ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning kuchib yurishi, duzax va jannat xakidagi tasavvurlari bayon kilingan. Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iklim va boshka tabiiy omillar bilan boglab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod kilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari-Monteskye, J.J,Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, xozirgi davrdagi ayrim tadkikotchilar faoliyatida xam uchraydi. Sotsiologiyadagi “geografik determinizm” okimining asoschilaridan biri- fransuz ma’rifatparvari SH.Monteskye (1689-1755 y) xam xalqlar urtasidagi ruxiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta’sir etadigan turli-tuman tabiiy-iklim natijasi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, iklim va zamin xalqlarning axlok normalarigagina ta’sir etib kolmasdan, shuning bilan birga davlat siyosatiga, madaniy tarakkiyot darajasiga “psixologik kiyofa” siga xam kuchli ta’sir kursatar ekan. Iklimning rolini xaddan tashkari oshirib yuborish natijasida Monteskye sovuk iklimda yashaydigan xalqlar chidamli, bakuvvat, issik iklimda yashaydigan xalqlar esa jismoniy jixatdan zaif va oniz bulishida, degan xulosaga keladi Iklim sharoiti ta’sirida inson tanasida buladigan fiziologik jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy xodisalar va axlok normalari vujudga kelishi uchun moddiy asos kilib olinishi, biologik va sotsial konuniyatlarni bir-biri bilan chalkashtirib yuborish xisoblanadi. Bu esa oxir okibatda ijtimoiy-tarixiy xodisalarni tushurib berishda notugri xulosalar kilishga olib keladi. Iklimiy omillarning rolini oshirib yuborish etnik xususiyatlarni uzgarmaydigan va doimiy bulgan xodisa, degan xulosa kilishga olib keladi. Vaxolanki, kurramiz iklimida keyingi yuz yilda deyarli keskin uzgarishlar sodir bulmagan bulsa xam, insonlar xayotida katta ijtimoiy- tarixiy uzgarishlar bulib utdi, bu uzgarishlar uz navbatida xalqlarning psixologik kiyofasida xam katta uzgarishlar bulishiga olib keldi. Shuning bilan birgalikda etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiy- geografik muxitning rolini xam butunlay inkor etib bulmaydi. Geografik joylashish urni va iklim sharoiti xalqning yashashi uchun zarur bulgan shart-sharoit sifatida uning iktisodiy rivojlanishida, psixologiyasining shakllanishida ma’lum rol uynaydi. U yoki bu mamlakatdagi ishlab chikarishning rivojlanishi, xujalik yuritish xususiyatlari va xayot tarzi kup jixatdan tabiy-iklim sharoitlari bilan belgilanadi. Lekin ijtimoiy tizim va tarixiy uzgarishlar mamlakatning geografik joylashishiga, tabiy sharoitlariga bog‘liq xolda vujudga kelmaydi. XX asrda Yevropada yangi bir goya-”xalq ruxi” keng tarkala boshlandi. Bu goyaga kura xar bir xalq, etnik gurux avvaldan instintiv ravishda berilgan uz “ruxi” ga ega ekan. Xar bir irk, xalq ma’lum anatomik tuzilishiga ega bulgani kabi uz ruxiga xam ega bulib, u xalq takdiri va kelajagini belgilab turadi. Bu rux xalqning siyosiy tuzumini, e’tikod va ishonchni, diniy karashlarini boshkarib turadi. “Xalq ruxi” nazariyasining tula bayoni, ayniksa, Gegel falsafasida uz aksini topdi. Gegel xar bir xalqning utmishi va kelajagini mana shu “Mutlok rux” bilan boglab tushuntiradi. Turli xalqlarning ma’naviy, siyosiy, iktisodiy, xatto irkiy tafovutlarining asosini xam shu “rux” tashkil etadi, deb kursatadi. Shunga kura u ayrim Osiyo xalqlari tugrisida bulmagur fikrlar bayon etgan xolda, nemis millatini eng oliy irk va tarixiy utmishga ega bulgan millat, deb davo kilib chikadi. Xitoy xalqi tugrisida “ular xamma ma’naviy narsalar - erkin aklok-odob, yuksak tuygu, diniy e’tikod va xakikiy san’at xislatlaridan maxrum”, deb yozadi (Gegel. Soch., t. 8. M., 1935, s.131). Nemis faylasufi M.Lotsarus va tilshunosi G.Shteyntallar 1859 yilda “Xalq psixologiyasi va lingvistikasi jurnali” ni chop eta boshladilar va birinchi marta “Xalq 231 psixologiyasi”, degan terminni muomalaga kiritib, xakli ravishda etnopsixologiya fanining asoschilari bo‘lib qolishdi. Etnopsixologiya masalalarini tadkik etishda nemis psixologi V.Vundtning katta xizmatlari bor. 1900 yilda uning “Xalqlar psixologiyasi”, degan 10 tomlik asari bosilib chiqdi. V.Vundt qarashlarining muxim tomoni shundaki, u etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishi va rivojlanishini tarixiy jarayonlar, ijtimoiy xodisalar asosida tushuntirib berishga xarakat qildi. Masalan, u nemis xalqining psixologik xususiyatlarini tahlil qilganda, ular xarakterida tadbirkorlik, har bir ishni xisob-kitob bilan qilishlik, batartiblik va Vatan oldidagi burchni yaxshi xis qilish kabi ijobiy xislatlar bilan birgalikda boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish va taqlid qilishlik ham borligini ko‘rsatib o‘tadi. Bu kamchilikning vujudga kelishida Germaniyaning siyosiy faoliyatida Yevropadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda keyinroq maydonga chiqishi va Germaniyada o‘rta asrchilik diniy mutaasiblik bilan yangi davr o‘rtasidagi uzoq yillar mobaynida davom etgan kurash natijasi bo‘lib, bu tarixiy jarayon nemislarning psixologik qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, deb yozadi. Download 5,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling