«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
- Mavzu: Etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash Reja
- O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
- Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi
- 1-o‘quv topshirig‘i: «NEGA» organayzerini to‘ldiring: Nega
- Nega etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash uyg‘un deymiz Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini
- Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi
- 2-o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi
- 1- masalaning bayoni
3-masalaning bayoni: Etnotsentrizm – о‘z xalqi xulqi, madaniyati, urf-odatlari normalari va qadriyatlarini boshqa xalqlarga xos bо‘lgan shunday xususiyatlarni baholash uchun asos qilib olinishini ifodalovchi tushuncha bо‘lib, u kundalik hayotda va alohida olingan shaxs darajasida «biz-boshqalar» tarzida qarama-qarshi qо‘yishda kо‘rinadi. Etnotsentrizm turli omillar, shu jumladan, milliy til va an’analar ruhida tarbiyalanish, milliy adabiyot va san’at ta’sirida ham shakllanishi mumkin. Har bir millat, elatning о‘zi noyob bо‘lganidek, ularning madaniyati va ma’naviyati ham о‘ziga xos va betakror xarakterga ega bо‘ladi. Shunday ekan, bir qadriyatlar tizimi boshqa qadriyatlar tizimini baholash uchun etalon, mezon sifatida olinishi mumkin emas. Umuman olganda, etnotsentrizm о‘z moxiyatiga kо‘ra, milliylik, milliy qadriyatlar atrofida birlashishga xizmat qilsada, bu birlashuv boshqa xalqlarga xos bо‘lgan о‘ziga xosliklarni inkor etish asosiga qurilganligi uchun ham uni qabul qilish mumkin emas. Etnotsentrizm yoki о‘z usuliga asosan amal qilishga e’tiborni jamlash va bunda dunyo mamlakatlarining amal qilishiga kam sezgir bо‘lish yoki kam qiziqish – kasallik bо‘lib, u kо‘plab kishilarga, shu jumladan amerika tashkilotlarini boshqaruvchilariga xam yuqmoqda. Milliy о‘ziga xosliklar hech bir xalqda birdaniga paydo bо‘lmagan va bunday bо‘lishi mumkin emas edi. Milliylikning taraqqiyot yо‘li xalqning bosib о‘tgan turmush yо‘li bilan tengdosh, ya’ni u asrlar davomida shakllanib kelgan. Uning shakllanishi tekis, ravon emas, murakkab, ziddiyatli kechgan. Milliy belgi xususiyatlarda о‘sish, yemirilish, kuchayish, kamsitilish, tahqirlanish, yangilanish va ulug‘lanishlar sodir bо‘lgan. Xalq mavjud va doim 216 harakatda, mehnatda, kurashda, boshqa el-yurtlar bilan qandaydir munosabatda ekan, uning о‘zigagina oid xislatlar, odatlar, tuyg‘ular, xulq-atvor ham kо‘nikmalar tо‘xtovsiz rivoj topa boradi. Xuddi shu uzundan-uzoq kechmishga millat-elatlarni birodarlashtiruvchi xalqchillikning, umumbashariy ezguliklarning tarixi ham deb qaramoq darkor. Zeroki, xalq xarakteridagi ilg‘or jihatlar nechog‘lik milliy tarzda ifodalanishlaridan qat’i nazar, barcha zamonlarda beg‘arazligicha qolib, ellar hamdо‘stligiga xizmat qiladi. Xalqning asl kо‘rki sanalmish xususiyatlarni faqat uning о‘z ichida yuz berayotgan hodisalar deb tushunish kо‘p vaziyatlarda tо‘g‘ri, ammo bu dunyo hamjamiyati taraqqiyoti qonunlariga xilofroq о‘ylash va masalani biryokdama idrok etish bо‘lib chiqadi. Demak, ta’bir joiz bо‘lsa, о‘ziga xoslik rivojining «tashqi» tomonlari ham bor. Hech bir xalq о‘zicha biqiq va boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi. Aksincha, ular bilan iqtisodiy- madaniy aloqaga kirishadi. Xilma-xil aloqa va munosabatlar millatlarning turmushi, ongi, hatto urf-odatlariga ma’lum ta’sir qiladi. Milliy xarakterda umuminsoniy xislatlar, xususiyatlar vujudga keladi. Ilg‘or milliy tuyg‘ular о‘zga xalqlar kо‘ngli va manfaatlariga mos keluvchi fazilatlar bilan boyiydi. О‘zbek xalqi ham asrlar davomida juda kо‘p xalqlar bilan, birinchi navbatda, О‘rta Osiyoning boshqa xalqlari, Qozog‘iston, Yaqin-О‘rta Sharq hamda Rossiya xalqlari bilan iqtisodiy-madaniy aloqada bо‘ldi. Bu aloqalar xalqlarning san’at va adabiyotida ham iz qoldirdi. Xalqlar milliy spetsifikasining (demakki, umuminsoniylikning ham) qanday namoyon bо‘lishi har tuzumning iqtisodiy, sotsial-siyosiy, madaniy hayot tarziga bog‘liq. Davr va shart-sharoitning amaldagi tendensiyalari, qonun-qoidalari milliylikka ta’sirini kо‘rsatmasdan qolmaydi. Oqibatda uning tarkibida, о‘sish, kengayish, cheklanish, turg‘unlashish, ravnaq topish, xullas, har turli о‘zgarishlar rо‘y beradi. Boshqacharoq aytganda, zamonlar unda о‘zining yaxshi-yomon belgilarini, izlarini qoldiradi. О‘z о‘rnida milliylikning kо‘rinishlariga qarab, biror davr va muhitni tarixan aniq bilish, aniqlash, baholash mumkin bо‘ladi. Har xil zqadiyatli jamiyatlarda mazkur jarayon elu yurt boshqaruvining qanday yо‘lga qо‘yilganligiga qarab, shu sharoitiga mos davom etdi. Mehnatkashlarning olijanob hislari, fazilatlari, pok niyatlari, kurashchanlik tuyg‘usi hukmdorlarning qattiq zulmi va qarshiligiga duch kelgan zamonlar bо‘lgan. Keng xalq ommasini iqtisodiy qoloqlikda, ruhan passivlikda, jaholat ichida, ongsizlik asorati doirasida saqlashga tirishgan mustamlakachiliklar bо‘lgan. Millatchilikni va reaksion g‘oyalarni milliy iftixor hissi deb targ‘ib qilib, xalqni chalg‘itishga, bemalol ezishga, millatlar о‘rtasida kelishmovchiliklar tug‘dirishga harakat qilgan siyosatlar ham kо‘p о‘tgan. Shunday ekan, dunyoning milliy turmushi, madaniyati, ideologiyasiga kurashlar nuqtai nazaridan qaralsagina, tarixan obyektiv manzaralar kо‘zga tashlanadi. Shu ma’noda xalqlarning hozirgi kungacha yetib kelgan butun olijanob an’analari, ma’naviy-madaniy boyliklari murakkab va mashaqqatli tarixni boshdan kechirganlar. Progressiv kishilik hamma vaqt ota-bobolarining yaxshi ishlari, dard-о‘ylari, umidlarini asrash-avvaylash yо‘lidan borgan. Moziyning modaiy-ma’naviy merosi, ezgu niyatlari, ulug‘vor an’analarini tan olmaslik ilg‘or dunyoqarashga mutlaqo begonadir. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar Badiiy madaniyat, xalq milliy xarakteri, milliy mushtaraklik, milliy manfaatlar, qahramon xarakterining milliyligi, etnik birlik, etnotsentrizm, ommaviy ong, millatchilik, millatparastlik, milliy egoizm, milliy fobizm, milliy antipatiya, millatlararo munosabatlar. 217 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Badiiy madaniyatda xalq milliy xarakterining ifodalanishini izohlang... 2. Milliy adabiyotimizda milliy mushtaraklik tuyg‘usi ifodalangan qanday asarlarni bilasiz? 3. Milliy mushtaraklik tuyg‘usi aks etgan jahon adabiyoti durdonalaridan qaysilarini bilasiz? 4. Etnik birliklar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni sanab о‘ting... 5. Etnotsentrizm nima? 6. Etnotsentrizm qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin? 7. Millatchilik nima va nima uchun salbiy illat hisoblanadi? 8. Milliy egoizm, milliy fobizm, milliy antipatiyaning salbiy oqibatlarini izohlang... 9. Millatni sevish va millatchilik tushunchalarini о‘zaro qiyoslang... Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y. 2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y. 4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 yil. 5. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y. 6. Mustaqillik. Izohli-ilmiy ommabop lug‘at. – T.: Sharq, 2009 yil. 7. Falsafa ensiklopedik lug‘at.–T.:“О‘zbekiston milliy eksiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 yil. Elektron ta’lim resurslari: 1. www. tdpu. uz 2. www. Ziyonet. uz 3. www. edu. uz 4. www. ma’naviyat. uz 5. www.bilim.uz. 218 13- mavzu: ETNOMADANIYAT VA MILLIY O‘Z-O‘ZINI ANGLASH 13.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: Vaqti –2 soat Talabalar soni: 60-70 nafar O‘quv mashg‘ulotining shakli: Ma’ruza mashg‘uloti: Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 6. Milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida. 7. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi. 8. Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish. 9. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish uslubi va texnikasi Aql charxi, bayon qilish, vizual ma’ruza, Nega?, FSMU usullari. O‘qitish vositalari Ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proyektor, marker, doska O‘qitish shakli Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash O‘qitish shart-sharoiti Proyektor, kompyutor bilan jihozlangan auditoriya 219 13.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni: O‘qituvchi: Talaba: 1-bosqich. Kirish (10 min) 1.1. Salomlashib, mavzuga o‘tishdan oldin qisqa daqiqali aql charxi mashqini o‘tkazadi. 1.2.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi(1-ilova) 1.1.Aql charxi uchun ajratilgan qisqa daqiqali jarayonda faol bo‘ladi. 1.2. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘radi. 2-bosqich. Asosiy qism (60 min) 2.1. Mavzuni bayon etayotganda taqdimotlar namoyish etadi(2-ilova). 2.3. «NEGA?» organayzerini to‘ldirish orqali “Nega etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash uyg‘un deymiz?” savoliga javob berishga talabalarni jalb qiladi(3-ilova) 2.4.Talabalarning fikrlariga aniqlik kiritadi, vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib olishlarini taklif etadi. 2.1. Savollarni tinglaydi, blits-so‘rov jarayonida ishtirok etadi. 2.2.Ma’ruzani diqqat bilan tinglaydi. 2.3.Chizmani to‘ldirib, o‘qituvchining xulosasi bilan solishtiradi 2.4. Vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib oladi. 3-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mavzuga yakun yasaydi, darsda faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi. 3.2. Mustaqil ish uchun talabalarga “FSMU” usulida savollar taqdim etadi, ularga yozma javob tayyorlashni topshiradi.(4-ilova) 3.1.Eshitadi 3.2.Uyga berilgan vazifani yozib oladi. 1-ilova: Mavzu: Etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash Reja: 1. Milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida. 2. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi. 3. Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish. 4. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi. 220 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash haqida bilimga ega bo‘ladilar. 2-ilova: Milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida О‘zlikni anglash milliy о‘z-о‘zini anglashga zamin yaratadi. Bir qator tadqiqotlarda milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida talqin etilib, о‘z о‘rnida 3 ta komponentdan iborat deb kо‘rsatiladi. Ya’ni: о‘z-о‘zini bilish; о‘z-о‘zini qadrlash, baholash va emotsional holatini anglab etish; milliy о‘zlikni boshqarish. Etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash tushunchalari bir-biri bilan uyg‘un tushunchalardir. Milliy о‘z-о‘zini anglashning asosiy omillari milliy mansublikni chuqur anglash, о‘z millati istiqbolgi oldida mas’ullikni his qilish bо‘lsa, etnomadaniyat ham о‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayonlarda ravnaq topib xozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosidir. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi Milliy о‘zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni о‘zlashtirish, о‘z xalqining tarixi, madaniy merosini о‘rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bо‘lishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. О‘z о‘rnida milliy ma’naviy qadriyatlar, etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash tushunchalari umuminsoniy madaniy qadriyatlar bilan uyg‘un tushunchalardir. Xar bir xalqning madaniyati uning milliy ma’naviyati hamda ma’rifati bilan uzviy bog‘langan. О‘z о‘rnida u umuminsoniy madaniy qadriyatlar bilan mushtarak. 221 3-ilova 1-o‘quv topshirig‘i: «NEGA?» organayzerini to‘ldiring: Nega? Nega? Nega? Nega? Nega? Nega? Nega etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash uyg‘un deymiz? Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanishning ahamiyati beqiyos. Ma’lumki, pedagogika atamasi ham lug‘aviy ma’nosi jihatidan «bola yetaklovchi» ya’ni tub ma’nosiga qaraydigan bо‘lsak «tarbiyachi» degan ma’noni anglatadi. “Etnopsixologiya” - etnologiya va psixologiya fanlarining qо‘shilishidan tashkil topgan bо‘lib, grekcha “etnos” xalq, qabila, “psixologiya”- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi Xalq etnopsixologik xususiyatlari shu xalq madaniyati, tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Birinchidan , ajdodlarimizning tarixiy evalyusiya davrlarida qо‘lga kiritgan yutuqlarini; ikkinchidan , xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini; uchinchidan , xalqimizning axloq-odob saboqlaridan namunalarni о‘rganish jarayonida uning tarixiga murojaat qilib, madaniyati bilan rо‘baru kelamiz. Millat va millat bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol о‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha о‘z ahamiyatini yо‘qotmaydi. 222 4-ilova 2-o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi Savol Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligiga misol keltiring... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U) Fikringizni umumlashtiring Mavzu: Etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash Reja: 1.Milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida. 2.Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi. 3.Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish. 4. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi. 1- masalaning bayoni: Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti о‘z-о‘zini anglash eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqelik, sha’n, qadr-qimmat, obrо‘-e’tibor, or-nomus orqali namoyon bо‘lishini kо‘rsatadi. Hayotning ma’no-mazmuni, maqsadini tushunib yetish, о‘zlikni anglashdan boshlanadi. О‘zligini anglay boshlagan Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda о‘quv jarayonini baxs-munozarali о‘tkazishda qо‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni о‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini о‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring 223 kishigina shaxs darajasiga kо‘tariladi. О‘zligini anglagan inson ma’naviy yuksalishga erishadi, har qanday sharoitda ezgulik sari harakat qiladi. Yuksak rivojlangan jamiyat esa о‘zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, о‘zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg‘usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. “Men kimman?”, “Bu yorug‘ dunyoga nima uchun keldim?”, “Menga ato etilgan buyuk ne’mat - hayotimni nimalarga safarbar etmog‘im lozim?”. Inson borki, ertami-kechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yо‘l oladi. Bu yо‘lni - о‘zlikni anglash deb aytish mumkin. О‘zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga kо‘tariladi. Demak, о‘zlikni anglash, avvalo har bir insonning shaxsi, alohida «meni» bilan bog‘liq. Mutafakkirlar qadimdan о‘zlikni anglash nimalarga qodir ekanligini chuqur anglab yetganlar. Masalan, Delfadagi Appalon ibodatxonasining devorlariga о‘yib yozilgan va an’ana bо‘yicha yetti yunon donishmandlaridan biri – spartalik Xilonga tegishli deb hisoblangan “О‘zingni о‘zing angla” shiori qadimgi yunon falsafasini о‘zak masalasi bо‘lib qoldi. Yunon mutafakkirlarini bu borada izlanishga da’vat etdi. Eramizdan avvalgi V asrdayoq Protagor, “inson barcha narsalarning о‘lchovidir”, degan mashhur fikrni ilgari surdi. Suqrot uchun esa “о‘zingni о‘zing angla” hikmati donishmandlikning qoidasiga aylandi. R.Dekard “ Agar men har qanday narsa va hodisa haqida fikr yuritadigan bо‘lsam men о‘zimni subyekt sifatida mavjudligimni qis qilaman. Jon Lokk о‘z-о‘zini anglashni insonning ichki kechinmalarini bilishdagi tajriba va amaliy faoliyat sifatida talqin qiladi. О‘zlikni anglash milliy о‘z-о‘zini anglashga zamin yaratadi. Bir qator tadqiqotlarda milliy о‘z-о‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida talqin etilib, о‘z о‘rnida 3 ta komponentdan iborat deb kо‘rsatiladi. YA’ni: о‘z-о‘zini bilish; о‘z-о‘zini qadrlash, baholash va emotsional holatini anglab etish; milliy о‘zlikni boshqarish. Etnomadaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash tushunchalari bir-biri bilan uyg‘un tushunchalardir. Milliy о‘z-о‘zini anglashning asosiy omillari milliy mansublikni chuqur anglash, о‘z millati istiqbolgi oldida mas’ullikni his qilish bо‘lsa, etnomadaniyat ham о‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayonlarda ravnaq topib xozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosidir. Har bir xalqning yuqori darajasida о‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatan fidoyisi bо‘lish, о‘z xalqidan faxrlanish hissi о‘sha davr jamiyati tartib- qoidalariga kо‘ra, kо‘pchilikda bir xil, yuksak saviyada bо‘ladi. Aholining о‘zlikni anglash darajasi fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik turmush-tarziga aylanadi 17 . G.V.Shelepov etnik jamoani “kelib chiqishi va uning etnik о‘z-о‘zini anglashida namoyon bо‘lishi, til, hudud, madaniyat va turmushning ba’zi belgilarining birligi asosida shakllanadigan ma’lum tarixiy va iqtisodiy shart-sharoitlar natijasida paydo bо‘ladigan ijtimoiy jamoaning maxsus kо‘rinishidir” 18 , deb ta’riflaydi. Aslida milliy о‘z-о‘zini anglash millatning moddiy hamda ma’naviy manfaatlarini himoya qiluvchi va rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. U faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, u millatni «harakat»ga keltiradi va birlashtirib turadi. Xususan, millat taraqqiyoti jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda yuzaga keladigan muammo-larni hal qilishda milliy о‘z-о‘zini anglash omili millatni jipslashtiradi va uni umummaqsadlar yо‘lida harakatga keltiradi. U har qanday millat uchun zarur asosiy о‘ziga xos belgilari tizimida yetakchi о‘rinni egallaydi. Milliy о‘z-о‘zini anglash millat abadiyligini ta’minlashning eng muhim omilidir. Chunki bu salohiyat millatning о‘ziga xosligini va 17 Asqarov A. О‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – T.: Universitet, – 2007. – B. 317 –318. 18 Shelepov G. V. Obshnost proisxojdeniya – priznak etnicheskoy obshnosti //Sovetskaya etnografiY. 1968. № 4. – S.73. 224 manfaatlarini himoya qilib turadi. Xitoy faylasufi Shan Yan (mil.avv. 390-338) fikricha, “Nodon xalqni boshqarish oson. Tentak odamlarni og‘ir mehnatga majburlash oson. Aqlli kishilarni esa mashaqqatli mehnatga jalb etish mushkuldir” 19 . Hadisda “Kimki о‘zligini tanisa, robbini taniydi” deb yozilgan. Bu hadisda buyuk hikmat yashiringan, ya’ni har bir inson о‘zi intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug‘ bо‘lmasin, biror-bir natija bermaydi. Shuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni “olam mehvari” deb bilganlar. Hazrat Navoiyning “El netib topqay menikim, men о‘zimni topmasam” – degan sо‘zlari bugungi kunda ham chuqur ma’no kasb etadi. Ulug‘ mutasavvuf alloma Bahouddin Naqshband inson о‘z-о‘zini anglab yetish orqali Haqni, Haqiqatni taniydi, Alloh vasliga yetishadi, deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh (“dilda yor”) jo bо‘lgan kishi ishga kirishmog‘i (“dast ba kor”) ezgu ishlarga qо‘l urishi lozim. U aslo eldan, xalqdan о‘zini ayirmasligi, aksincha Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bо‘lishi lozim. (“Xilvat dar anjuman”). «О‘zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, о‘zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman» deydi I.A.Karimov. Agar tariximizga murojat kilsak buyuk shaxslar о‘zligini anglash natijasida dushmanlardan ona-Vatannni himoya kilib, xalq uchun xizmat qilganligiga guvoh bо‘lamiz. Ulardan Najmiddin Kubro, J.Manguberdi, A.Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va yurt qayg‘usida yashagan jadid ziyolilar yana о‘nlab, yuzlab ulug‘ ajdodlarimiz hayoti, о‘z taqdirlarini xalq millat butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bog‘liqlikda kо‘rganlar. Inson о‘zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida kо‘rishni orzu qilgan hazrat Alisher Navoiy buni aniq qilib shunday ifoda etgan edi: Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling