«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41

 
 
18.2.Mа’ruzа mаshg‘ulotining texnologik xаritаsi: 
 
Bosqichlаr, 
vаqti 
Fаoliyat mаzmuni: 
O‘qituvchi: 
Tаlаbа: 
1-bosqich. 
Kirish 
(5 min) 
1.1.Mаvzuni  e’lon  qilib,    mаqsаd  vа 
dаrsdаn kutilаyotgаn nаtijаlаrni mа’lum 
qilаdi.(1-ilovа) 
Mа’ruzаgа tаyyorgаrlik 
ko‘rаdi. 

 
278 
2-bosqich. 
Аsosiy 
qism 
(55 min) 
2.1.Mаvzu 
boyichа 
tаlаbаlаrni 
qiziqtirgаn sаvollаrni tinglаydi. 
2.2.  Sаvollаrgа  jаvob  berish  bilаn  bir 
qаtordа 
vizuаl 
mаteriаllаrdаn 
foydаlаngаn  holdа  mаvzuni  bаyon 
qilishgа kirishаdi (2-ilovа). 
2.3.  Mаvzugа  oidа  tushunchаlаrni 
bаyon 
qilish 
jаrаyonidа 
misollаr 
keltirishgа tаlаbаlаrni jаlb qilаdi. 
2.4.Tаlаbаlаrning 
informаtsiyalаrni 
qаbul  qilish  qobiliyatlаrini  tekshirish 
mаqsаdidа    ekrаngа  bаyon  etilgаn 
mа’ruzаdаn  kelib  chiqqаn  sаvollаrni 
chiqаrаdi  (3-ilovа).  “Fikrlаr  hujumi”gа 
ko‘proq  pаssiv  tаlаbаlаrni  jаlb  etishgа 
hаrаkаt qilаdi 
Uydа  tаyyorlаb  kelgаn 
sаvollаrini 
o‘qituvchigа 
berаdi, 
jаvobni 
diqqаt 
bilаn tinglаydi. 
Mа’ruzаdаn 
foydаlаnib, 
“Fikrlаr  hujumi”dа  fаol 
ishtirok  etаdi,  berilgаn 
sаvollаrgа  puxtа  vа  аniq 
jаvob  berishgа  hаrаkаt 
qilаdi. 
3-bosqich 
Mаvzuni 
mustаhkаmlаsh 
(10 minut) 
3.1.Mаvzuni  mustаhkаmlаsh,  tаlаbаlаr 
fаolligini  oshirish  mаqsаdidа    ekrаngа   
“Qаndаy” 
usulidаgi 
topshiriqni 
chiqаrib,  uni    yechish    usulini  mа’lum 
qilаdi 
(4-ilovа) 
3.2.  Jаvoblаrni  tаhlil  qilib,  xаtolаrni 
to‘ldirаdi 
Topshiriqni  diqqаt  bilаn 
e’tibor 
qаrаtib, 
jаvob 
topishgа intilаdi. 
 
4-bosqich: 
Yakuniy qism: 
(10 min) 
3.1. 
Mаvzuni 
yakunlаydi, 
 
fаol 
tаlаbаlаrni rаg‘bаtlаntirаdi.  
3.2. Mustаqil  ish uchun   tаlаbаlаrgа   
 “Pirаmidа”  usulidа  “Tаrixiy  xotirаni 
mustаhkаmlаsh  omillаri”gа    misol 
yozib kelishni topshirаdi (5-ilovа) 
 
Tinglаydi 
Mustаqil ishni yozib 
olаdi. 
 
 
   
 
 
1-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv  mаshg‘ulotining  mаqsаdi:  Tаlаbаlаrgа  etnik  vа  ijtimoiy  xotirа  hаqidа 
mа’lumot berib, ulаrning mаvzuni puxtа o‘zlаshtirishlаrigа erishish 
O‘quv  fаoliyatining  nаtijаsi:  Tаlаbаlаr  etnik  vа  ijtimoiy  xotirа  hаqidаgi 
tаsаvvurgа egа bo‘lаdilаr 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Etnik va ijtimoiy xotira. 
 
Reja 
1. Tarixiy  va etnik xotira.Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik 
2. Badiiy adabiyot, san’at asarlarida  tarixiylik va tarixiy xotira 
 

 
279 
 
2-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tarixiy  va etnik xotira. Ijtimoiy xotirada  
xususiy etnik voqelik
 
Har qanday davrda ham jamiyat о‘z tarixini anglashga harakat  
qiladi.  Tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  xalq  ma’naviyatini  asosini 
tashkil etadi.  
-
 
tarixiy 
ong 
jamiyat, 
uning 
ijtimoiy 
guruhlari 
va 
individlarning  о‘z  о‘tmishi  va  butun  insoniyat  о‘tmishi 
tо‘g‘risidagi tasavvurlari majmui; 
-
 
tarixiy  xotira  –  ajdodlar  tomonidan  yaratilgan  moddiy  va 
ma’naviy  boyliklarning  kishilar  ongi  va  kundalik  amaliy 
faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishi; 
-
 
ijtimoiy xotira ajdodlarning  ijtimoiy tuyg‘ulari, hissiyotlari, 
farazlari,  nazariyalari,  kayfiyatlari,  g‘oyalari  va  qarashlari, 
odatlari va an’analarining  avlodlar ongi va faoliyatida qayta 
namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishidir.   
Bаdiiy аdаbiyot, sаn’аt аsаrlаridа 
tarixiylik va tarixiy xotira 
 Tarixiy  xotira  nomsiz  xalq  ijodiyoti,  tarixiy  rivoyatlar, 
dostonlar,  afsonalar,  qahramonlik  eposi,  ertaklar  badiiy 
adabiyot va san’at namunalari  yordamida shakllanadi. 
 
Odatda, xalq ijodiyotida buyuk kishilar jasorati 
va  qahramonligi,  ezgulikning  yovuzlik  ustidan  g‘alabasi 
kuylanadi.  Tarixiy  xotira,  tarixiy  ongning  zaruriy  muhim, 
aytish  mumkinki,  markaziy  elementini,  xalq  ma’naviy 
hayotining ajralmas qismini tashkil qiladi va shuningdek, uning 
о‘zini  о‘zi  ifodalashi  hamda  milliy  xarakter  xususiyatlari 
namoyon bо‘lishi usulidir. 

 
280 
 
 
O‘quv topshiriqlаri 
3-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Savollar (Fikrlar hujumi usuli) 
1. 
Etnik xotira  deganda nimani  tushunasiz? 
2. 
Tarixiy xotira deganda -chi? 
3. 
Prezident Islom Karimovning  “Tarixiy  
 
xotirasiz kelajak yo’q” asarlarida bu 
 
borada qanday fikrlar o’rtaga tashlangan? 
 
Javoblaringizni solishtiring 
1. 
Etnik xotira  - urug‘, qabila, elat, millat ajdodlari  
tomonidan 
 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning urug‘,  qabila, 
 
elat,  millat  vakillari    ongi  va  kundalik  amaliy  faoliyatida 
 
qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi,  qadrlanishi”. 
2.  
Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va manaviy 
 
boyliklar  bilan  bog‘lab  turadigan,  uning  ongi  va  kundalik 
 
amaliy  faoliyatiga  ruhiy  manaviy  ozuqa  beradigan  qudrat
 
tarixiy xotiradir. 
3. 
 
Prezident Islom  Karimovning  “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
 
 
asarida bu borada quyidagi fikrlar o’rtaga tashlangan: 
 
 
 “Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. О‘tganlarini  
 
 
 
xotirlamaydigan xalqning ertasi yorug‘ bо‘lmaydi. Agar 
 
 
 millat о‘zining kelajagini porloq kо‘rmoqchi bо‘lsa, uning 
 
 xotirasi uyg‘oq bо‘lmog‘i shart. Boisi har qanday xalq va 
 
 
 millat kechagi hayotidan, о‘zi bosib о‘tgan og‘ir va   
 
 
mashaqqatli kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa 
 
 
va saboqlar chiqarmog‘i zarur”
.

 

 
281 
3-ilovа: 
 
«Qаndаy» orgаnаyzerini to‘ldiring; 
 
Muhim muаmmoning yechimini topishgа yordаm berаdi vа “Qаndаy” sаvoli 
orqаli muаmmo hаl qilinаdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                   Qаndаy? 
 
                             Qаndаy 
 
 
 
 
 
         Qаndаy? 
                          
 
 
           Qаndаy? 
 
  Qаndаy? 
Qаndаy?          
               
Qаndаy?   
 
 
 
 
 
 
        Qаndаy? 
 
4-ilovа: 
Mustаqil ish uchun topshiriq: 
«Pirаmidа» orgаnаyzerini to‘ldiring: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Skul’ptorlar  
ijodida tarixiylik 
va tarixiy xotira 
qanday namoyon 
bо‘ladi

 
“Tarixiy xotirani mustahkamlash omillari”ga  misol 
keltiring:
 

 
282 
MAVZU: Etnik va ijtimoiy xotira. 
 
Reja 
1. Tarixiy  va etnik xotira. Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik 
 
  2. Badiiy adabiyot, san’at asarlarida  tarixiylik va tarixiy xotira. 
 
 
1-masalaning  bayoni:  Tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  tushunchalarini  tadqiq  etish 
ongning mohiyati, uning struktrurasi muammosining, ijtimoiy ongni va uning shakllari, shu 
jumladan, milliy ongni shakllantirish hamda rivojlantirishning kam tadqiq qilingan bir qator 
jihatlarini ochib berish bilan uzviy bog‘liq.  
 
Tarixiy ong va tarixiy xotira hozirgi global mafkuraviy tahdidlar omili kuchayotgan 
dunyoda kishilarda unga о‘z g‘oya va e’tiqodi bilan qarshi tura olish imkoniyatini yaratadi. 
Shu  bois  tarixiy  ong  va  tarixiy  xotirani  shakllantirish  hamda  rivojlantirishning  falsafiy 
muammolarini  tahlil  qilish  va  ochib  berish  maktabgacha  muassasalarda,  umumta’lim 
maktablarida,  litsey  va  kollejlarda,  oliy  о‘quv  yurtlarida,  mehnat  jamoalarida  bu  g‘oyat 
qimmatli  fazilatni  har  bir  shaxsda  shakllantirish  ishini  yaxshiroq  bilib  olishga 
kо‘maklashadi.  
 
Prezidentimiz  I.A.  Karimov  ta’kidlaganidek,  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yо‘q. 
О‘tganlarini  xotiralamaydigan  xalqning  ertasi  yorug‘  bо‘lmaydi.  Agar  millat  о‘zining 
kelajagini  porloq  kо‘rmoqchi  bо‘lsa,  uning  xotirasi  uyg‘oq  bо‘lmog‘i  shart.  Boisi  har 
qanday xalq va millat kechagi hayotidan, о‘zi bosib о‘tgan og‘ir va mashaqqatli kunlardan, 
tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog‘i zarur”
.

 
Ma’lumki, tarixiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Shu о‘rinda  ijtimoiy ongga 
ta’rif berib о‘tish maqsadga muvofiq: 
 
Ijtimoiy  ongga  bir  qancha  ta’riflar  berilgan,  ularni  umumlashtirgan    holda, 
quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  ijtimoiy  ong  ijtimoiy  borliqning  ma’naviy  in’ikosi 
sifatida ijtimoiy tuyg‘ular, hissiyot, farazlar, nazariyalar, kayfiyatlar, g‘oyalar va qarashlar, 
odatlar va an’analar tizimidir. 
 
Ijtimoiy  hayot  rang-barang,  xilma-xil  bо‘lgani  uchun  ijtimoiy  ong  ham  tegishlicha 
turli  shakllarga  bо‘linadi.  Bular:  iqtisodiy  ong,  siyosiy  ong,  huquqiy  ong,  axloqiy  ong, 
estetik  ong,  ekologik  ong  bо‘lib,  biz  yana  tarixiy  ongni,  ongning  elementi  sifatida,  shu 
jumladan  tarixiy  ongning  muhim  elementi  sifatida  tarixiy  xotirani  ham  bunga  qо‘shish 
mumkin.  Ijtimoiy  ongning  barcha  shakllari  о‘zaro  bog‘liq,  о‘zaro  munosabatda,  о‘zaro 
birikadi va bir-birini о‘zaro tо‘ldiradi. 
 
Ijtimoiy  ong  shakllaridan  bо‘lgan  tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  murakkab  hamda 
serqirra hodisadir. Tarixiy ongga, shuningdek uning tarkibiy qismi bо‘lgan tarixiy xotiraga, 
ularning  о‘zaro  hamda  ijtimoiy  ongning  boshqa  shakllari  bilan  aloqasiga  kо‘plab  ta’riflar 
berilgan. 
 
“Tarixiy  ong,  bu  –  har  qanday  bilimda  bо‘ladigan,  hamma  narsa,  hatto  ma’naviy 
borliq ham bо‘lib о‘tganligini anglashdir”
2

 
“Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bо‘lib, jamiyat tomonidan о‘zining kelib chiqishi va 
zamondagi о‘rni, о‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi о‘rtasidagi aloqadorlikning anglanishi, 
ijtimoiy voqelikning obyektiv idrok etilishidir”. 
 
Tarixiy  ong  “ilgari  sodir  bо‘lgan  tarixiy  voqealarni  о‘zida  aks  ettirgan  turli-tuman 
manbalar,  ashyolar  avloddan  avlodga  meros  sifatida  о‘tib,  tariximiz,  madaniyatimizning 
uzluksizligini ta’minlaydi”. 
 
“Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda 
о‘zining  kelib  chiqishi,  о‘z  tarixidagi  muhim  voqealar  va  о‘tmishdagi  buyuk  arboblar 
haqida,  о‘z  tarixining  boshqa  kishilik  jamoalari  va  umuman  bashariyat  hamjamiyati  tarixi 

 
283 
bilan  nisbati  haqidagi  qarashlar,  an’analar,  udumlar,  odatlar,  konsepsiyalar  mujassami 
tushuniladi”. 
 
Shu  ma’noda    aytish  mumkinki,  tarixiy  xotira  –  ajdodlar  tomonidan  yaratilgan 
moddiy  va  ma’naviy  boyliklarning  kishilar  ongi  va  kundalik  amaliy  faoliyatida  qayta 
namoyon  bо‘lishi,  eslanishi,  qadrlanishi  bо‘lsa,  ijtimoiy  xotira  ajdodlarning    ijtimoiy 
tuyg‘ulari,  hissiyotlari,  farazlari,  nazariyalari,  kayfiyatlari,  g‘oyalari  va  qarashlari,  odatlari 
va  an’analarining    avlodlar  ongi  va  faoliyatida  qayta  namoyon  bо‘lishi,  eslanishi, 
qadrlanishidir.   
«Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va manaviy boyliklar bilan 
bog‘lab  turadigan,  uning  ongi  va  kundalik  amaliy  faoliyatiga  ruhiy  manaviy  ozuqa 
beradigan  qudrat  tarixiy  xotiradir».  Shuningdek  adabiyotlarda  “tarixiy  ong  ijtimoiy 
xotiraning  tarkibiy  qismi,  uning  elementlaridan  biridir”,  degan  fikr  ham  mavjud.  Bizning 
fikrimizcha,  tajribadan  kо‘rinishicha,  “tarixiy  ong”  tushunchasi  о‘z  mazmuniga  kо‘ra, 
“ijtimoiy  xotira”  tushunchasi  bilan  qiyoslaganda,  unga  nisbatan  ancha  keng  tushunchadir, 
chunki  yuqorida  aytib  о‘tganimizdek,  “xotira”  tushunchasi  о‘zaro  chambarchas  bog‘liq 
bо‘lgan  va,  yana  ta’kidlaymizki,  birgalikda  tizim  sifatidagi  “ong”ni  tarkib  toptiradigan 
о‘zaro bog‘langan kо‘plab elementlardan, shu jumladan xotiradan ham iborat bо‘lgan ancha 
kengroq  bо‘lgan  “ong”  tushunchasining  muhim,  aytishimiz  mumkinki,  hatto  markaziy 
elementi hisoblanadi. Bunda ong tizimidagi xotira – “kechinmalar onidan sо‘ng idrok etish 
va tasavvur etishni saqlab qolish qobiliyati; xotira (obrazli ifodalaganda) saqlovxonani ham 
bildiradi”. 
  Ayni mahalda shuni nazarda tutish zarurki, “ijtimoiy ong — bu obyektiv olam va 
ijtimoiy  borliqning  kishilar  ongida  aks  etishidir.  Shunday  ekan,  har  bir  xalq,  elat  va  millat 
о‘zining ijtimoiy hayotini aks ettiradigan etnik ongga egadir. Mazkur etnik ongning tarkibiy 
qismini  urug‘,  qabila,  elat  va  millatlarning  ongi  tashkil  etadi.  Etnik  ong  ijtimoiy  ongga 
nisbatan  konkret  tushuncha  bо‘lib,  unda  urug‘,  qabila,  elat,  millatlarning  ijtimoiy  hayoti, 
madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi. 
 
Yuqorida  bayon  etilganlardan  tashqari,  tarixiy  ong  tizimida  xotira  “nafaqat  tarixiy 
xotirani  saqlaydi,  balki  inson  ongida  shakllangan  bilim  asosida  о‘tmishda  rо‘y  bergan 
voqealarni tahlil etadi, xulosa chiqaradi, xarakterli tomonlarini qabul qiladi, turmushga joriy 
etadi va jamiyatning hozirgi sharoiti bilan solishtirib, qadrini belgilaydi”. 
 
Bizningcha,  ong  va  tafakkur  –  jarayon,  xotira  esa  qobiliyatdir.  Yuqoridagilardan 
kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  ijtimoiy  ongning  barcha  shakllari  о‘zaro  uzviy  bog‘langan, 
bir-biri bilan munosabatda bо‘ladi, birbirini о‘zaro boyitadi. 
 
Ilmiy  adabiyotlarda  keltirilgan  yuqoridagi  ta’rifu  talqinlardan  kelib  chiqib  aytish 
mumkinki,  tarixiy  ong  bilimlar,  tasavvurlar,  qarashlar,  an’analar,  marosimlar,  urf-odatlar, 
g‘oyalar,  konsenpsiyalar,  fikrlarning  shunday  yig‘indisini,  majmuini  tashkil  etadiki,  ular 
vositasida  individlarda,  ijtimoiy  guruhlarda,  xalqlarda,  millatlarda  о‘zining  kelib  chiqishi, 
о‘z tarixidagi eng muhim voqealar va о‘tmishdagi buyuk arboblar tо‘g‘risida, о‘z tarixining 
kishilarning boshqa mushtarakligi, shuningdek inson sotsiumi va о‘zining undagi о‘rni bilan 
nisbati tо‘g‘risida muayyan tasavvur paydo bо‘ladi. 
 
Tarixiy ong – о‘tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy-demografik, 
ijtimoiy-professional,  etnoijtimoiy,  etnokonfessional  guruhlarga,  shuningdek  alohida 
individlarga  xos  bо‘lgan  butun  rang-barangligini  hisobga  olgan  holda  baholash  hamdir. 
Bizningcha,  tarixiy  ong  jamiyat,  uning  ijtimoiy  guruhlari  va  individlarning  о‘z  о‘tmishi 
hamda  butun  insoniyat  о‘tmishi  haqidagi  tasavvurlari  yig‘indisidir.  Tarixiy  ongda  о‘tmish, 
bugun va kelajak uyg‘unlikda in’ikos etadi. 
 
Har  qanday  ijtimoiy  mushtaraklik  о‘zining  kelib  chiqishi,  о‘z  tarixidagi  eng  muhim 
voqealar,  о‘tmishdagi  buyuk  (ba’zan  unchalik  buyuk  bо‘lmagan)  arboblar  tо‘g‘risida,  о‘z 

 
284 
tarixining insoniyat tarixidagi о‘rni haqida, о‘z tarixining boshqa xalqlar tarixi bilan nisbati 
tо‘g‘risida muayyan tasavvurlar tizimiga ega. Bu tasavvurlar, birinchi navbatda, turli tarixiy 
rivoyatlar,  hikoyatlar,  afsonalar,  ertaklar,  asotirlar  tufayli  mavjud  bо‘lib,  ular  jamiyat 
ma’naviy hayotining ajralmas qismini tashkil etadi hamda uning о‘zini ifodalashi va о‘zini 
qaror toptirishining muhim usullaridan biri hisoblanadi

 
Tarixiy ong, ijtimoiy ongning boshqa shakllari singari, tarkiban murakkabdir. 
 
Tarixiy  ongning  birinchi  (quyi)  darajasi  odatdagidek  usullarda  shakllanadi  va  unga 
muvofiq keladi. Shakllanish jarayoni bevosita hayotiy tajribani tо‘plash asosida yuz beradi. 
YA’ni kishi butun hayoti davomida muayyan voqealarni kuzatadi, ularda ishtirok etadi. Ular 
tо‘g‘risida  tо‘plangan  taassurotlar,  hodisalar,  ular  haqidagi  fikrlar  vaqti  kelib  xotira  bо‘lib 
jamlanadi.  Tarixiy  ongning  quyi  bosqichidagi  odatiy  ong  egalari  bо‘lmish  individlar  ham 
uni tizimga solishga, butun tarixiy jarayonning qismi sifatida baholashga qodir emaslar. Bu 
daraja,  odatda,  kо‘pincha  notо‘liq,  noaniq,  subyektiv  bо‘lgan  qandaydir  noravshan, 
hissiyotga tо‘liq esdaliklar hamda tasavvurlardan iborat bо‘ladi. 
 
Tarixiy ongning navbatdagi darajasi avvalgi darajadagiga nisbatan yaxshi rivojlangan 
shakldagi  tarixiy  xotirani  о‘z  ichiga  oladiki,  uni  konkret  faktlarga  muayyan  tarzda 
qaratilgan,  о‘tmish  haqida  axborotning  ahamiyati  hamda  dolzarbligini  hozirgi  va  kelajak 
zamon bilan chambarchas aloqada aks ettiruvchi sifatida ta’riflash mumkin. 
 
“Tarixiy xotira selektiv xususiyatga egaligi tufayli ularni (tarixiy ong elementlarini) 
saralay  oladi,  bir  tizimga  solishga  xizmat  qiladi”  yoki  “tarixiy  xotirada  san’at,  urf-odat, 
marosimlar bilan bog‘liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va saqlanadi”. 
 
2-masalaning  bayoni:  Tarixiy  xotira  nomsiz  xalq  ijodiyoti,  tarixiy  rivoyatlar, 
dostonlar,  afsonalar,  qahramonlik  eposi,  ertaklar  badiiy  adabiyot  va  san’at  namunalari  
yordamida shakllanadi. 
 
Odatda,  xalq  ijodiyotida  buyuk  kishilar  jasorati  va  qahramonligi,  ezgulikning 
yovuzlik ustidan g‘alabasi kuylanadi. Tarixiy xotira, tarixiy ongning zaruriy muhim, aytish 
mumkinki,  markaziy  elementini,  xalq  ma’naviy  hayotining  ajralmas  qismini  tashkil  qiladi 
va  shuningdek,  uning  о‘zini  о‘zi  ifodalashi  hamda  milliy  xarakter  xususiyatlari  namoyon 
bо‘lishi usulidir. Bunda о‘z о‘tmishini tanlashga, uni qahramonona miflashtirishga moyillik 
kо‘rinib  turadi.  О‘tmishning  ahamiyati  va  uning  talqini  vatanparvarlik,  о‘zining  ushbu 
birlikka  mansubligidan  faxrlanish  tuyg‘usi  singari  fazilatlarning  shakllanishiga  xizmat 
qilishi tufayli ushbu hol yuz beradi. 
 
Shuning  uchun  tarixiy  xotira  kо‘pincha  tarixiy  shaxslar,  о‘tmish  yetakchilari 
faoliyatini baholash orqali shaxsiylashtiriladi, biron-bir tarixiy voqea, davrlar, umuman о‘z 
tarixi tо‘g‘risida taassurotlarni, mulohazalarni, fikrlarni shakllantiradi.  
 
Ikkinchi  darajadagi  tarixiy  ong  ham  muhim,  ham  tasodifiy  hodisalarni  qamraydi, 
ham bir tizimga solingan axborotni, ham tartibga keltirilmagan axborotni о‘z ichiga oladi. 
 
Tarixiy ongning amal qilishida tasodifiy axborot muhim rol о‘ynaydi. Uni kо‘pincha 
kishi  atrofidagi  odamlar  madaniyati,  shuningdek  ijtimoiy  guruh,  birlik,  mamlakat, 
davlatning  hayoti  tо‘g‘risidagi  tasavvurlarini  о‘z  ichiga  oladigan  an’analar,  urf-odatlar 
taqozo etadi. 
 
Tarixiy  ongning  ushbu  darajasida  an’analar  kattalarning  hattiharakatiga  taqlid  qilish 
vositasida yosh avlodga о‘tkaziladi, axloqiy an’analar muayyan xulq-atvor kо‘rinishini kasb 
etadi.  Axloqiy  an’analar  “xalqning  qalbi”  deb  yuritish  rasm  bо‘lgan  narsaning  asosini 
tashkil qiladi. Tarixni bilish bir tizimga solinmagan, unga asotirona elementlar hamda sodda 
hissiy  baholashlar  xosdir.  Biroq  tarixiy  ong  va  tarixiy  xotiraning  ushbu  darajasini  tarkib 
toptiruvchilar  jamuljam  holda  milliy  xarakterning  asosi  bо‘lib,  uning  barqaror 

 
285 
xususiyatlarini,  shuningdek  insonning  xatti-harakati,  odatlari,  hissiyotining  namoyon 
bо‘lishini belgilab beradi. 
 
Shunday qilib, tarixiy ong va tarixiy xotira inson tomonidan oilaviy shajarasidagi, о‘z 
xalqi  tarixidagi  о‘zining  “Men”ini  anglashining,  о‘zining  “Men”ini  va  umumiy  “Biz”ni 
milliy  va  madaniy  birlik  ma’nosida,  umuminsoniy  madaniyatda  tushunishining  asoslaridan 
birini tashkil qiladi. 
 
Tarixiy  ongning  yangi  bosqichi  ma’naviy  madaniyat  ta’siri  ostida  shakllanib, 
rivojlanishi mumkin. Ma’naviy madaniyat badiiy adabiyotni, kino, radio, televideniye, teatr, 
rang-tasvir,  shuningdek  tarixiy  obidalarini  о‘z  ichiga  oladi.  Biroq  tarixiy  ongning  ushbu 
darajasida  shakllantirilgan  tasavvurlar  xronologiya  jihatidan  uzuq-yuluq,  betartibligicha 
qolaveradi,  yorqinligi  va  emotsionalligi  bilan  farqlanib  turadi.  Bu  tasavvurlar  butun  umr 
davomida  saqlanib  qolishi  mumkin.  San’at  rang-barang  gо‘zal  turlari  bilan  insonga  ulkan 
hissiy  ta’sir  kо‘rsatishga  qodir.  Bu  esa  yozuvchi,  dramaturg,  rejissyor,  rassomga  ularning 
asarlari  tarixiy  jihatdan  haqiqat  va  tо‘g‘ri  bо‘lishi  uchun  katta  mas’uliyat  yuklaydi, 
asarlarning  ahamiyatini  oshiradi.  Ayni  mahalda  tarixiy  ong  bu  darajada  ham  tarixiy 
jarayonni tizimli bilishga aylanmaydi. 
 
Adabiyot,  san’at  va,  ayniqsa,  globallashuv  sharoitida  bosma  va  elektron  ommaviy 
axborot  vositalarining  jamiyatning  tarixiy  ongini,  fikrlarini,  tavajjuhi  va  antipatiyasini 
shakllantirishdagi roli juda ulkan, lekin bu ular jiddiy tarixiy bilimlar manbai bо‘lib xizmat 
qiladi, degani emas.  Ular kо‘pincha о‘tmishning sun’iy  yaratilgan talqini  modelidan iborat 
bо‘ladi.  Bunday  tasavvurlar  ommaviy  ong  tomonidan  qо‘llab-quvvatlangudek  bо‘lsa,  ular 
jamiyatning bosqichma-bosqich rivojlanishiga tahdid solishi mumkin. Xalqlar uchun muhim 
bо‘lgan kо‘plab hodisalar, oshkora, ba’zan esa murosasiz munozaraga, hatto, boshqa xalqlar 
vakillarining  tо‘qnashuviga  olib  kelib,  umuman  tarixiy  ongning,  shuningdek  tarixiy 
xotiraning juda salmoqli omili bо‘lishi mumkin. Shuning uchun e’tibor qilinadigan narsani 
tо‘g‘ri  tanlash  va  tarixiy  hodisalarni  tо‘g‘ri  talqin  qilish,  birinchi  navbatda,  xalqlarning 
bag‘rikenglarcha  hamkorlik  qilishiga  kо‘maklashadi.  Aks  holda  uzoq  saqlanib  qolish, 
ijtimoiy  keskinlikni  yuzaga  keltirish  va  mojarolarni  keltirib  chiqarish  qobiliyatiga  ega 
bо‘lgan ehtiyotkorlik, notо‘g‘ri xulosa chiqarish, salbiy qarash singarilar hosil bо‘ladi. 
 
Muayyan  miqdordagi  aholining  tarixiy  ongi  va  tarixiy  xotirasi  о‘tmish  avlodlardan 
qolgan  uzuq-yuluq  ilmiy  bilimlar,  sodda  tasavvurlar  va  baholar,  an’ana  va  urf-odatlarning 
murakkab  qorishig‘idan  iborat.  Ular  kishi  ma’naviy  olamini  boyitishga  yordam  berishi 
sо‘zsiz,  biroq  soddaligicha  qolaveradi,  ularga  ilmiy  teranlik,  tarixiy  jarayonlarni 
harakatlantiruvchi kuchlarni tushunishi, о‘zlarining hatto oddiy bilimlaridan konkret siyosiy 
vaziyatlarni  tahlil  qilishda  foydalana  bilish  mahorati  yetishmaydi.  Tarixiy  ong 
shakllanishining  ushbu  bosqichlarida  inson  ham  nazariy  formulalardan,  falsafiy  va 
sotsiologik  kategoriyalardan  foydalanmaydi,  balki  kо‘proq  amaliy  turmushdagi  “birlamchi 
fikrlash shakllarini” ishga soladi. 
 
Bunday  sharoitda  tarixiy  ongni  ilmiy  asosda  shakllantirish  hamda  rivojlantirish 
masalasi  keskin  kо‘ndalang  bо‘ladi.  Shuningdek,  bunga  qо‘shimcha  о‘tmish  tо‘g‘risidagi, 
uning  hozirgi  zamon  bilan  uzviy  aloqasi  hamda  jamiyatni  kelajakda  rivojlantirishning 
ehtimol  tutilgan  tamoyillari  tо‘g‘risidagi  tasavvurlarning  muayyan  tizimini  tarkib 
toptiruvchi  tarixiy  bilimlar  yordamida  erishish  mumkin.  Bunday  bilimlarni  tarixni 
muntazam va chuqur о‘rganish jarayonida egallash mumkin. 
 
Tarixiy jarayon tо‘g‘risidagi muntazam bilimlar maktabda tarix darslarida egallanadi, 
bunda  о‘quvchilar  о‘tmish  tо‘g‘risida  ilk  bor  bir  tizimga  solingan  tarzda  tasavvur  hosil 
qiladilar,  shu  bois  kо‘pchilik  uchun  tarix  bilan  tanishuv  shu  darajada  yakun  topadi.  Bunda 

 
286 
faktni  bilish  hali  ilmiy  bilim  bо‘lmay,  uni  tushunib  olish,  tahlil  qilish  va  baholash  talab 
etiladi, shundagina faktlar tarixiy jarayonning yaxlit konsepsiyasiga qо‘shiladi. 
 
Zero,  mamlakat,  xalqning  asosiy  rivojlanish  davrlarini  obyektiv  tarzda  in’ikos 
ettiruvchi  tarixiy  ong,  tarixiy  xotira  muntazam,  tо‘liq,  his-tuyg‘uga  berilmay  va  tarixiy 
faktlar о‘rniga xayolot va tusmollar keltiriladigan soxtalashtirishga urinishlarsiz beriladigan 
obyektiv tarixiy axborotsiz shakllanmaydi. 
 
О‘z xalqining tarixiy о‘tmishi uchun iftixor tarixiy ong va tarixiy xotiraning tarkibiy 
qismlaridan biri bо‘lib, uning milliy qadrqimmatini shart qilib qо‘yadi. Ushbu fazilatlardan 
mahrumlik  buzuq  psixologiya  shakllanishiga  olib  keladi:  kishilarda  о‘zining  norasoligi 
hissi, kamsitilganligi, istiqboli yо‘qligi, xafsalasi pir bо‘lishi, ruhiy noqulaylik hissi yuzaga 
keladi. 
 
Tо‘rtinchi  (oliy)  bosqichda  tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  о‘tmishni  har  tomonlama 
nazariy  tushunish  negizida,  tarixiy  rivojlanish  tamoyillarini  aniqlash  darajasida  shakllanib, 
rivojlanadi.  Tarix  hamda  boshqa  fanlar  tomonidan  о‘tmish  tо‘g‘risida  tо‘plangan  bilimlar, 
umumlashtirilgan  tarixiy  tajriba  asosida  ilmiy  dunyoqarash  shakllanadi  hamda  rivojlanadi, 
tabiat hamda kishilik jamiyatini rivojlantiruvchi kuchlar, uni davrlashtirish, tarix mazmuni, 
ijtimoiy  rivojlanish  tipologiyasi,  modellari  tо‘g‘risida  ozmi-kо‘pmi  aniq  tasavvur  hosil 
qilishga uriniladi. 
 
Shunday  qilib,  tarixiy  jarayonning  ma’naviy  jihatini  tashkil  qiluvchi  ijtimoiy  ong 
elementi  bо‘lmish  tarixiy  bilimni  tizimli  tarzda,  uning  barcha  bosqichlari  hamda 
darajalarida qabul qilish zarur, chunki tizimli yondashuvsiz tarixiy ong haqidagi tasavvurlar 
tо‘liq  bо‘lmaydi.  Tarixiy  xotiraning  roli  katta.  Mamlakat  tarixiy  xotirani  yо‘qotar  ekan, 
kelajakdan  mahrum  bо‘ladi.  Kelajak  nafaqat  orzu  yoki  istak,  balki  bilish  predmeti  ham 
bо‘lgani  uchun  о‘tmishni,  masalan,  О‘zbekiston  tarixini  tushunish  jarayoni  uning  zaruriy 
elementi  hisoblanadi.  Bu  uning  о‘tmishni  bilish  bо‘g‘inigina  bо‘lmay,  balki  kelajagini 
prognoz qilishning tarkibiy qismi hamdir. 
 
Tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  kо‘plab  fanlarni,  ayniqsa  eng  avvalo,  tarixni  о‘rganish 
jarayonida  shakllanadi.  Tarixiy  ong  va  tarixiy  tajriba  har  qanday  jamiyat  uchun  ulkan 
nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.  
“Xotirasiz biz oniy mavjudot bо‘lib qolardik – deb hisoblaydi S.Rubinshteyn, – о‘tmishimiz 
kelajak  uchun  о‘lik  bо‘lib  qolardi.  Hozirgi  kun,  о‘tishiga  kо‘ra,  о‘tmishda  qaytmas  bо‘lib 
yо‘qolib ketardi”
4
. Kо‘rinib turganidek, sabablar yetarlicha ishonchli, lozim darajada aniq--
ravshan va muayyan ma’noda, olijanob hamdir, chunki kishilarning о‘z mamlakatining tо‘la 
ma’nodagi  fuqarosi  bо‘lish  ehtiyojiga  javob  beradi.  Bunda  identifikatsiya  (о‘z  mamlakati, 
xalqi  bilan  bir  bо‘lish)  sabablari  hamda  obyektiv  bilimlarga  intilish  ham  bor,  chunki  bu 
hozirgi  kunni  yaxshi  tushunish  imkonini  beradi,  tо‘g‘ri  qarorlar  qabul  qilishda 
kо‘maklashadi. Aholi tarixni bilmasdan turib madaniyatli inson bо‘lish mumkin emasligini 
tushungani holda, tarixiy bilimlarni farzandlarni tarbiyalash vositasi deb hisoblaydi. 
 
Kishilar  mushtarakligi  tarixiy  ong  va  tarixiy  xotira  sharofati  bilan,  о‘z  о‘tmishini 
bilish asosida, о‘zining jahon tarixiy jarayonidagi о‘rnini bilish asosida о‘zini birlik sifatida 
anglaydi.  Natijada  tarix  ijtimoiy  ong  bilan  uzviy  qovushib  ketadi.  Uning  majmu  holda 
jamiyat ongini (qarashlari, g‘oyalari, siyosiy va huquqiy ongi, tarixiy ongi, xotirasi, axloqi, 
dini,  san’ati,  fanini)  tashkil  qiluvchi  barcha  elementlari  о‘z  tarixiga  ega.  Ularni  har  bir 
hodisani  kelib  chiqqan  konkret  sharoit  va  vaziyatlar,  rivojlanish  sharoiti  nuqtai  nazaridan 
qarab chiquvchi tarixiy yondashuv asosidagina tushunish va bilish mumkin. Xuddi shuning 
uchun  ham  hozirgi  zamonning  eng  muhim  muammolari  bо‘yicha  munozaralarda  doimo 
о‘tmishga  murojaat  qilinadi.  Zamonaviy  ijtimoiy  nazariyalar  hamda  mafkuraviy  tizimlar 

 
287 
о‘tmishni  baholash  negizida  ishlab  chiqiladi.  О‘tmish  bilan  hozirgi  zamonning  uzluksiz 
aloqasi va vorisiyligi shu tariqa hosil bо‘ladi. 
 
 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling