«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41

2-masalaning  bayoni:    Tarixdan      ma’lum        bо‘lgan      mustabid  tuzumlarni 
qiyosiy  tahlil  etish  ular amal qilgan mafkuralarning   quyidagi     umumiy    xususiyatlarini    
hamda        bu  g‘oyani  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  qator  salbiy  oqibatlarini  aniqlash 
imkoniyatini beradi. Avvalo, mustabidchilik mafkuralari о‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy 
hayotning  barcha  sohalarini  tо‘liq  qamrab  olishga,  yagona  dunyoqarash  tizimi 
hukmronligini  о‘rnatishga    intildilar.  Bu  mafkuralar  buyuk  va  yorqin  о‘tmishni  inkor 
etadilar.  Ular  jamiyatni  inqilobiy  yо‘l  bilan  yoppasiga    qayta  tuzish  zarur  va  uni  amalga 
oshirish    mumkin,  deb  hisoblaydilar.  О‘zlarigacha  bо‘lgan  milliy  madaniy  meros  va 
qadriyatlarning barchasini  yohud kо‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat о‘z tamoyillari bilan 
alishtiradilar. 
 
Masalan,  sobiq  Ittifoq  davrida  yagona  kommunizm  mafkurasi  ana  shunday  holga 
tushgan  edi.  Uning  asosiy  g‘oyalari  sobiq  shо‘rolar  hokimiyati  rahbarligida  zо‘rlik  bilan 
amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukmron bо‘lib qolgan edi. U XX asrning  80- 
yillarida  tanazzulga  yuz  tutdi.  1991  yilda  sobiq  Ittifoq  tarqalib  ketishi  bilan  uzil-kesil 
inqirozga uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat? 
Bularning  barchasi  bolshevistik  -  yagona  kommunistik  mafkuraning  taraqkiyot 
talablariga  mutlaqo  zid  ekanini  yaqqol  namoyon  etdi.  Shu  bois  u  yangi  zamonaviy 
talablarga dosh berolmay, о‘z davlati bilan birga tarixga aylandi. 
Yagona  mafkura  hukmronligini  da’vo  qilib,  uzoq  о‘tmishga  qaytishga  chaqiruvchi 
islom  fundamentalizmi  gо‘yoki  bundan  mustasnodek  tuyuladi.  Biroq,  aslida    bunda  ham 
о‘sha  andoza  saqlanib  qoladi.    YA’ni,  islom    fundamentalizmi  tarix  g‘ildiragini  о‘rta    asr  
jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, birxillashtirgan mustabid «kelajak»ning  о‘ziga xos 
andozasini    taklif    etadiki,  unda  inson  fuqarolik  huquqlaridan  tо‘liq  mahrum  qilinadi, 
haqiqatdan diniy aqidaparastlik terroriga duchor etiladi.  
Milliy  g‘oya  ruhiga  yot  bо‘lgan  salbiy  xislatlardan  biri  –  boqimandalik,  loqaydlik 
bо‘lib,  bu  mehnat  kishilarining  g‘ayratini,  tashabbusini  bо‘g‘ib  kelgan  о‘tmish  tuzumdan 
meros bо‘lib о‘tdi va hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini о‘tkazmoqda. 
Mustabid  tuzum  sharoitida  xalqning  kundalik  ongi,  ijtimoiy  ruhiyati  bilan  rasmiy 
mafkura  orasida  keskin  tafovut,  ziddiyat  vujudga  kelgan.  Munofiqlikka  asoslangan,  yakka 
hukmronlikni  da’vo  qilgan  rasmiy  mafkura  real  hayotni,  odamlarning  his-tuyg‘ulari  va 
orzu-niyatlarini aks ettirmay qо‘ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu uzilish  natijasida odamlarda 
ichki  norozilik  ortar,  vaziyatdan  chiqish  yо‘li  yо‘qligi  uchun  tushkunlik,  umidsizlik 
kayfiyati kuchayar edi. Ayrimlar bu soxta g‘oyaga ishonar edi. 

 
264 
Milliy  istiqlol  g‘oyasining  muhim  vazifasi  –  kelajakka  komil  ishonch,  erkin  va 
farovon  hayotga  umid  hissini  tarbiyalashdir.  Xalqimiz  azaldan  noumidlikni,  ruhiy 
tushkunlikni  qoralab  kelgan.  Milliy  qadriyatlarimiz  orasida  boriga  shukur  qilish,  yо‘g‘iga 
sabr  qilish,  yorug‘  kunlarni  orzu  qilib,  armonlar  ushalishiga  niyat  qilish  ustuvor  bо‘lib 
kelgan.  Qiyinchiliklar  oldida  chekinish,  g‘ayrat  qilish  о‘rniga  xasrat  bilan  kun  о‘tkazish, 
pana-panada  ig‘vo-bо‘xton  tarqatish  milliy  g‘oya  ruhiga  yot,  qadriyatlarimizga  zid 
illatlardir. 
Milliy  qadriyatlar  о‘tmish  mustabid  tuzum  sharoitida  tazyiq  va  tahqirga  uchragan, 
ularga «eskilik sarqiti», «о‘tmishning qoldig‘i» degan tamg‘alar bosilgan  edi.  hatto,  bolani  
beshikka  belash,  isiriq  tutatish,  maxsi-kavush  kiyish,  oyoqni  sandalda  issiq  tutish  kabi 
beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.  
Mustamlakachilik  siyosati  soxta  qadriyatlar,  begona  taomillarni  zо‘rlab  kiritishga 
urindi.  Xalqimizning  ruhi  va  tabiatiga  zid  bо‘lgan  –  ichkilikbozlik  va  giyohvandlik, 
behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya 
qilish millatchilik deb baholandi. 
О‘zbekistonning  mustaqilligi  ma’naviy  qadriyatlarni  yuksaltirish  uchun  mustahkam 
poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g‘oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga 
kо‘tarishga xizmat qiladi. 
Milliy  istiqlol  g‘oyasining  shakllantirilishi  va  uning  о‘quvchilar,  talabalar,  keng  aholi 
tomonidan о‘rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida bosqichni 
tashkil  qiladi.  Aslida  milliy  istiqlol  g‘oyasining  negizlari  chuqur.  U  xalqimizning  milliy 
madaniy  merosidan,  ezgu  g‘oyalaridan  oziqlanadi.    Lekin,  bu  g‘oyani  yoshlar  va  aholi 
ongiga  singdirish  uchun  muayyan  poydevor  kerak  edi.  YA’ni,  avvalo  milliy  qadriyatlarni, 
milliy ma’naviyatni tiklash, milliy g‘ururni uyg‘otish, bir sо‘z bilan aytganda, milliy istiqlol 
g‘oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik 
qо‘lga kiritilgandan buyon  о‘tgan davr ichida ma’naviyat sohasida  ulkan nazariy,  ma’rifiy 
va  amaliy  ishlar  bajarildi.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashlari  tuzildi,  yuzlab  maqola  va 
risolalar nashr etildi, tadqiqotlar о‘tkazildi, ta’lim tо‘g‘risida milliy dastur qabul qilindi. Bir 
sо‘z bilan aytganda, milliy istiqlol g‘oyasini keng targ‘ib qilish uchun zamin yaratildi. 
Milliy  istiqlol  g‘oyasini  targ‘ib  qilishda,  bizningcha  ba’zan  birtomonlamalikka  yо‘l 
qо‘yilmoqda.  Bu  g‘oyani  targ‘ib  qilishda  ishtirok  etayotgan  murabbiy  va  о‘qituvchilar, 
tadqiqotchilarning  chiqishlarida,  maqola  va  risolalarida  ma’rifatchilik  bilan  cheklanish 
kо‘zga  tashlanmoqda.  Holbuki,  ma’naviyatni  rivojlantirishda  asosiy  yondashuv  ma’rifiy 
yondashuv  bо‘lsa  ham  milliy  istiqlol  g‘oyasini  targ‘ib  qilishda  bu  yondashuv  bilan 
cheklanib bо‘lmaydi. Bu hol milliy istiqlol g‘oyasining xususiyatlari bilan bog‘liq. 
 
3-masalaning  bayoni:      Milliy  g‘oya,  etnomadaniyat    kabi  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlar  tushunchalari  ham  mavhum  narsalar  emas.  Umuman,  milliy  qadriyatlarsiz 
umuminsoniy  qadriyatlar  ham  bо‘lmaydi.  Umuminsoniy  qadriyatlar  milliy  qadriyatlarning 
о‘ziga  xos  majmuasidir.  Masalan,  har  bir  millat,  xalqning  asl  fuqarosi  о‘z  vatanini  obod, 
xalqini farovon kо‘rishni istaydi. Ma’lumki, bu milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir. 
Shu  bois  milliy  va  ma’naviy  umuminsoniy  qadriyatlar  fuqarolik  jamiyatining  muhim 
zaminini  tashkil  qiladi.  Umuminsoniy  qadriyatlar  о‘zining  mazmuni,  mohiyati,  keng 
miqyosda amal qilish, dunyodagi kо‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning о‘tmishdagi, hozirgi 
davrdagi  va  istiqboldagi  taraqqiyoti  bilan  uzviy  aloqadorlikda  ekanligi,  о‘zida  jahon 
sivilizatsiyasining  yaxlit  va  bir  butunligini  ifodalaganligi  bilan  mintaqaviy,  milliy 
qadriyatlardan tubdan farq qiladi.  

 
265 
 
Aytish  joizki,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  bir  –  biri  bilan  bevosita  bog‘liq. 
Ularning  har  ikkalasi  bir  –  biriga  ta’sir  etadi,  biri  ikkinchisini  tо‘ldiradi,  mazmunan  va 
mohiyatan boyitadi. 
 
Umuminsoniy  qadriyatlar  barcha  millatlar,  elatlar  va  xalqlarning  maqsad, 
intilishlarining 
yaxlitligi, 
umumiyligini 
ifodalaydi. 
Mamlakatimizda 
millatlararo 
munosabatlarda  barcha  millat va elatlar manfaatlarini  
himoya 
qilish 
kо‘zda 
tutilgan. Hatto mayda millat deb e’tirof etilgan millat vakillarini ham.   
 
О‘zbekiston  hududida  qadim-qadimdan  kо‘plab  millat  va  elat  vakillari  bahamjihat 
istiqomat  qilib  keladi.  Ular  о‘rtasida  asrlar  davomida  milliy  nizolar  bо‘lmagani 
xalqimizning azaliy bag‘rikengligini kо‘rsatadi. 
 
Shu  bois,  bugungi  kunda  mamlakatimizda  yashab  kelayotgan  millatlarni  о‘zaro 
hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. 
U xalqimizga bо‘lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. 
 
U  dо‘stona  munosabatlar  ustun  bо‘lgan  sharoitda  ijtimoiy  taraqqiyotning  omili 
sifatida maydonga chiqadi. 
«О‘zbekiston  xalqi»  tushunchasi  mamlakatimizda  yashab,  yagona  maqsad  yо‘lida 
mehnat  qilayotgan  turli  millat  va  elatlarga  mansub  kishilar  о‘rtasidagi  о‘zaro  hurmat, 
dо‘stlik  va  hamjihatlik    uchun  ma’naviy  asos  bо‘lib  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari 
Konstitusiyamizda «О‘zbekiston Respublikasi о‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat 
va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analarini  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning 
rivojlanishi  uchun  sharoit  yaratadi»,  deb  ta’kidlangan.  Bu  borada  hayotimizda  kо‘plab 
tadbirlar amalga oshirilmoqda.  
 
Konstitusiyamizning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bо‘lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan 
qat’iy nazar, qonun oldida tengdir», - degan qoida mustahkamlanib qо‘yilgan.
1
 
 
E’tibor  berilsa,  mazkur  qoidada  milliy  hayotga,  fuqarolarning  milliy  his-tuyg‘ulariga 
dahldor  muhim  ahamiyatga  ega  bir  qator  tamoyillar  belgilab  qо‘yilganiga  ishonch  hosil 
qilish mumkin. 
 
Birinchidan,  fuqarolarning  milliy  mansubliklaridan  qat’iy  nazar  qonun  oldida  tengligi 
mustahkamlangan; 
    Ikkinchidan,  fuqarolarning  diniy,  e’tiqodiy  farqlaridan  qat’iy  nazar  bir  xil  huquq  va 
erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas  qismi 
ekanini  inobatga  oladigan  bо‘lsak,  mazkur  qoidaning  hayotiy-amaliy  ahamiyati 
oydinlashadi. 
 
Uchinchidan,  fuqarolarning  irqiy  tengligi  qayd  etilgan.  Irqchilikdan  g‘ayriinsoniy 
mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim.  
Ammo ayrim mintaqalarda tajavvuzkor millatchilik g‘oyalari bilan qurollangan ayrim 
guruhlar  diniy  aqidaparastlik  va  irqchilik  qarashlaridan  о‘z  maqsadlari  yо‘lida 
foydalanishga  urinayotganini  ham  unutmaslik  zarur.  Demak,  muayyan  hollarda  ular 
omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kechayotgan bugungi 
kunda  turli  g‘oyalar  hech  qanday  chegaralarni  tan  olmay  kirib  kelishini  e’tiborga  oladigan 
bо‘lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bо‘ladi. 
 
Tarixiy tajriba kо‘p millatli davlatning barqarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor 
huquq va erkinliklarini tо‘g‘ri belgilab qо‘yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik 
rioya qilishga ham bog‘liqligini kо‘rsatadi. 
4-masalaning bayoni: Yer yuzida 6,5 milliardga yaqin aholi, 3 mingga yaqin millat 
mavjud. Ular о‘z qatorida insoniyatning о‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi.  Qolgan 4 
                                                           
1
 О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi -T.: О‘zbekiston 2003. 

 
266 
foizi  elatlar  va  qabilalardir.  Har  bir  millatning  soni  10  mingdan  bir  necha  yuz  minggacha 
boradi. Millatlar son jihatidan 5 ta guruhga bо‘linadi:  
1. Buyuk millatlar: aholisi har biri 100 milliondan ortiq songa ega.  
2. Katta millatlar: aholisi 50-100 million atrofida.  
3. Yirik millatlar: aholisi 10-50 million atrofida (О‘zbekiston ham) 
4. О‘rta sonli  millatlar: aholisi 1-10 million atrofida.  
5. 
 
Kichik millatlar: aholisi har biri bir necha mingdan 1 milliongacha. 
Sayyoramizda 1600 dan ortiq etnik guruh  yashaydi. Ammo ularning kо‘pchiligi о‘z 
milliy  davlatchiligiga  ega  emas.  Dunyo  siyosiy  xaritasida  200  ga    yaqin  davlatlar  bо‘lib, 
ular  2  turga:  1)  polietnik  (kо‘p  elatli)  va  2)    monoetnik  (bir  elatli)  davlatlarga  bо‘linadi. 
О‘zbekiston kо‘p millatli, polietnik davlatdir.  

 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
 
milliy  g‘oya,  milliy  va  umumbashariy  о‘zlikni  anglash,  tarixiy  xotira,  manqurtlik, 
mafkuraviy muammo, profi-laktika, poligon, plyuralizm, axborotlashgan jamiyat 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
 
Milliy о‘zlikni anglash nimalarga bog‘liq?  
2.
 
Umumbashariy о‘zlikni anglash deganda nimani tushunasiz? 
3.
 
Tarixiy xotira bilan manqurtlikning qanday bog‘liqligi bor? 
4.
 
Jamiyatning axborotlashuvi qanday jarayon? 
5.
 
Milliy  g‘oyada    ma’naviy  qadriyatlarga  ega  bo‘lgan  etnos  borlig‘i 
mohiyatining ifodalanishini tushuntirib bering... 
6.
 
Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat qanday edi?  
7.
 
Millatlararo  munosabatlarda  mayda  millat  va  elatlar  manfaatlarini  himoya 
qilishning qanday  ahamiyati bor? 
8.
 
Nima uchun madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni yechish  omili  
hisoblanadi?  
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
      1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.   
      2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 
      3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.  
      4. Jabbarov I.M. О‘zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent:О‘qituvchi, 1994. 
      5.Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998  yil. 
      6.Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y. 
      7. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti: jamoaviylik va individuallik  
nisbati. 
“Hurriyat” gazetasi, 2002  
yil, 17aprel. 
      8. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti. - Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2004. 
      9.Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy etnik jarayonlar. - Toshkent:      
         2004. 
      10. Karabayev U.X. Etnokultura. – Toshkent: Sharq, 2005 
Elektron ta’lim resurslari: 
 
1.www. tdpu. uz  
 
2.www. Ziyonet. uz  
 
3.www. edu. uz  
 
4.www. ma’naviyat. uz  
 
5.www.bilim.uz. 

 
267 
17-mavzu: 
ETNOMADANIYAT VA ETNOPSIXOLOGIYA 
 
 
17.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: 
 
Vaqti –2  soat 
 Talabalar soni: 60-70 nafar 
O‘quv mashg‘ulotining shakli:  Ma’ruza mashg‘uloti: 
Ma’ruza 
mashg‘ulotining 
rejasi 
5.
 
Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga 
        xos xususiyatlari.  
6.
 
Etnopsixologiyaning  muayyan  xalqning 
bioetnogenetik 
xususiyatlar 
bilan 
bog‘liqligi.  
7.
 
Etnopsixologik   xususiyatlarni   
shakllantiruvchi  omillar. 
8.
 
Etnomadaniyatda  milliy  g‘urur  va 
milliy о‘z-о‘zini anglashning ifodasi. 
 
 
O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  Etnomadaniyat  va  etnopsixologiya  haqida 
talabalarga  atroflicha bilim berib,  ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga 
erishish 
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim 
darajasini 
oshirish, 
yo‘naltirish, 
boshqarish; 
- Talabani faollashtirib, yangi 
mavzuning  bayoni  va  uni 
mustahkamlashda  
hamkorlikka chorlab, 
maqsadga erishish; 
- An’anaviylikning 
noan’anaviylik bilan 
uyg‘unlashuviga  muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib 
boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni 
mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi; 
- Faol harakat shakllanadi. 
O‘qitish uslubi va texnikasi 
Aq  charxi,  bayon  qilish,  vizual  ma’ruza,  blits-
so‘rov, klaster   usuli  
O‘qitish vositalari 
Ma’ruzalar matni,  tarqatma  materiallar, slaydlar, 
proyektor,   marker, doska 
O‘qitish shakli 
Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
 Proyektor, 
kompyutor 
bilan 
jihozlangan 
auditoriya 
 
 
 
 

 
268 
17.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: 
 
Bosqichlar, 
 vaqti 
Faoliyat mazmuni: 
O‘qituvchi: 
Talaba: 
1-bosqich. 
Kirish 
 (10 min) 
1.1. Salomlashib,  mavzuga o‘tishdan  oldin 
qisqa 
daqiqali 
aql 
charxi 
mashqini  
o‘tkazadi. 
1.2.Mavzu, 
uning 
maqsadi, 
o‘quv 
mashg‘ulotidan 
kutilayotgan 
natijalarni 
ma’lum qiladi(1-ilova) 
1.1.Aql charxi uchun 
ajratilgan qisqa daqiqali 
jarayonda faol bo‘ladi. 
1.2. Ma’ruzaga 
tayyorgarlik ko‘radi. 
2-bosqich. 
Asosiy  
qism 
(60 min) 
2.1. O‘tgan mavzuni mustahkamlash  hamda 
birinchi  va  ikkinchi  mavzuni  bir  biriga 
bog‘lash uchun  savol javob tashkil etadi:  
2.2.  Savol-javoblar jarayonini  yangi mavzu 
bilan  bog‘laydi,    ma’ruzani    bayon  etishni 
boshlaydi.Taqdimotlar  namoyish  etadi(2-
ilova). 
2.3. «NEGA?» organayzerini to‘ldirish 
orqali  “Nega etnopsixologiyani muayyan 
xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan 
bog‘liq deymiz?” savoliga javob berishga 
talabalarni jalb qiladi(3-ilova) 
2.4.Talabalarning  fikrlariga  aniqlik  kiritadi,  
vizual  ma’ruzaning  kerakli  joylarini  yozib 
olishlarini taklif etadi. 
2.1.  Savollarni    tinglaydi,  
blits-so‘rov 
jarayonida 
ishtirok etadi. 
2.2.Ma’ruzani diqqat bilan 
tinglaydi.  
2.3.Chizmani to‘ldirib,  
o‘qituvchining xulosasi 
bilan solishtiradi 
2.4. Vizual ma’ruzaning 
kerakli joylarini yozib 
oladi. 
3-bosqich: 
Yakuniy 
qism: 
(10 min) 
3.1.  Mavzuga  yakun  yasaydi,  darsda  faol 
ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.  
3.2.  Mustaqil    ish  uchun      talabalarga 
savollar    taqdim  etadi,  ularga  yozma  javob 
tayyorlashni topshiradi. 
3.1.Eshitadi 
 
3.2.Uyga  berilgan  vazifani 
yozib oladi.  
1-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu:   Etnomadaniyat va etnopsixologiya 
REJA
 
1.
 
Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
 
Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik   
  xususiyatlar bilan bog‘liqligi. 
3.Etnopsixologik   xususiyatlarni   shakllantiruvchi  omillar. 
4.Etnomadaniyatda milliy g‘urur va milliy о‘z-о‘zini anglashning 
  ifodasi. 
 
 
 
 
 

 
269 
O‘quv  mаshg‘ulotining  mаqsаdi:  Etnomаdаniyat  vа  etnopsixologiya  hаqidа 
tаlаbаlаrgа  аtroflichа bilim berib,  ulаrning mаvzuni chuqurroq o‘zlаshtirishlаrigа 
erishish. 
O‘quv  fаoliyatining  nаtijаsi:  Tаlаbаlаr  etnomаdаniyat  vа  etnopsixologiya  
to‘g‘risidа bilimgа egа bo‘lаdilаr. 
 
 
2-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos 
xususiyatlari 
      Etnopsixologiya 
muayyan 
xalqning 
bioetnogenetik  va  ruhiy    xususiyatlari  bilan 
bog‘liq bо‘ladi.  Xalqlarning etnopsixologiyasi 
va  madaniyatida  qadimiy  donishmandlikning  
qirralari mujassamlashgan. 
Etnopsixologiyagа  oid  аyrim  tаdkikotlаrdа 
muаlliflаr  uz  millаtlаrini  xаddаn  tаshkаri 
kо‘klarga  kutаrib  yuborish,  boshkа  kushni 
xаlklаrdаn  ustun  kuyish  xollаri  bulgаnki,  bu 
tаbiiy  turli  noroziliklаrni  tugilishigа  sаbаb 
bulgаn.  Shuning  bilаn  birgаlikdа  xаlklаrning 
vokelik  vа  tаbiаtni  idrok  kilish,  kiyinish, 
аvlodlаr 
tаrbiyasi, 
аvlodlаr 
urtаsidаgi 
munosаbаtlаrdаgi  uzаro  xosligini  xisobgа 
olmаslik xаm mumkin emаs. 
 
 

 
270 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik 
xususiyatlar bilan bog‘liqligi 
      Qаdimgi  dunyo  mutаfаkkirlаri  Аristotel,  Gerodot, 
Gippokrаt,  Demokrit,  Pifаgor  vа  boshkаlаr  bаrchа  ijtimoiy 
vа  psixologiya  xodisаlаrni  tushuntirib  berish  uchun  yagonа 
bulgаn  umumiy  tаmoyillаrni,  nаzаriyalаrni  kidirib  topishgа, 
xususаn,  xаlklаrning    turli    psixologik    xususiyatlаrigа   egа  
bulishining    sаbаblаrini    tushuntirib  berishgа    xаrаkаt  
kilаdilаr.  Etnopsixologiya    xususiyatlаrni    vujudgа  kelishini  
ulаr  аsosаn, tаbiiy - gogrаfik  muxitning  tа’siri  bilаn boglаb  
tushuntirdilаr.  Mаsаlаn,    qаdimgi  dunyoni    buyuk 
mutаfаkkiri  Gippokrаt  (erаmizdаn    аvvаlgi  460-375  yil  ) 
uzining  "Xаvo. Suv vа  kuruklik", degаn  аsаridа xаlklаrning  
turli    ruxi  y    vа    jismoniy    xususiyatlаrini  bevositа    iklim  
shаroiti  bilаn  boglаgаn  xoldа  tushintirib  berdi. 
Etnopsixologik   xususiyatlarni   shakllantiruvchi  
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling