«etnomadaniyat»


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar 
 
Milliy  о‘z-о‘zini  anglash,    fenomen,  jtimoiy  ong  fenomeni,      umuminsoniy  madaniy 
qadriyatlar,  etnik madaniyat,  etnik madaniyat va  milliy  
о‘z-о‘zini 
anglash  
uyg‘unligi, о‘z-о‘zini anglash genezisi,  etnopsixologiya, xalq etnopsixologik xususiyatlari.  
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. 
Milliy о‘z-о‘zini anglash  tushunchasining mazmun va mohiyatini izohlab  
   
bering… 
2.  
Фenomen nima? 
3.   
Milliy о‘z-о‘zini anglashni  ijtimoiy ong fenomeni sifatida sharxlab bering… 
4. 
Umuminsoniy madaniy qadriyatlarга misol keltiring... 
5. 
Etnik madaniyat deganda nimani tushunasiz? 
6. 
Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning  etnik madaniyat va  milliy  
   
о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 
7. 
Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini tyshuntirib bering… 
8. 
Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda  
   
qanday etnopsixologiк va etnopedagogik usullardan foydalanish  mumkin? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
 
Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.   
2.
 
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 й. 
3.
 
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y.  
4.
 
      Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998  yil. 
5.
 
     Mustaqillik. Izohli-ilmiy ommabop lug‘at. – T.: Sharq, 2009 yil.  
6.
 
     Falsafa ensiklopedik lug‘at.–T.:“О‘zbekiston milliy eksiklopediyasi” Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2010 yil. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
 
www. tdpu. uz  
2.
 
www. Ziyonet. uz  
3.
 
www. edu. uz  
 
 
 

 
232 
14-mavzu: 
EKOLOGIK ONG VA ETNOMADANIYAT 
 
 
1.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi 
 
Vaqti –2  soat 
 Talabalar soni: 60-70 nafar 
O‘quv mashg‘ulotining shakli
 Ma’ruza mashg‘uloti: 
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi  1.Ekologik ong tushunchasining mazmun 
va mohiyati.  
2.Ekologik madaniyat va etnoekologik 
an’analar haqidagi tarixiy  
falsafiy manbalar.   
3.Xalq axloqida tabiatni asrash 
haqidagi tasavvurlarning   shakllanishi. 
4.Zamonaviy global ekologik 
ziddiyatlarni yechishda davlat      
tashkilotlarining roli 
O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:
 
Talabalarga 
e
kologik 
ong 
va 
etnomadaniyat 
haqida    batavsil  ma’lumot  berib,  ularning  mavzuni  to‘la 
o‘zlashtirishga erishish 
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim 
darajasini oshirish, yo‘naltirish, 
boshqarish; 
- Talabani faollashtirib, yangi 
mavzuning  bayoni  va  uni 
mustahkamlashda  hamkorlikka 
chorlab, maqsadga erishish; 
- An’anaviylikning 
noan’anaviylik bilan 
uyg‘unlashuviga  muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega 
bo‘lib boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni 
mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi; 
- Faol harakat shakllanadi. 
  
O‘qitish uslubi va texnikasi 
Savol-javob, vizual ma’ruza,  fikrlar hujumi, 
charxpalak, B.B.B.texnologiyalari 
O‘qitish vositalari 
Darslik  va  qo‘shimcha  adabiyotlar,    doska, 
bo‘r(yoki  vatman  va  marker),    o‘qituvchi 
nutqi,  tarqatma  materiallar,  kompyuter 
vositalari, jumladan ekran 
O‘qitish shakli 
Ma’ruza  mashg‘uloti,  Jamoa  bo‘lib  va 
individual ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
 Proyektor,  kompyutor  bilan  jihozlangan 
auditoriya 
 
 
 

 
233 
Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: 
 
Bosqichlar, 
 vaqti 
Faoliyat mazmuni: 
O‘qituvchi: 
Talaba: 
1-bosqich. 
Kirish 
 (5 min) 
1.1.Mavzuni  e’lon  qilib,    maqsad  va 
darsdan 
kutilayotgan 
natijalarni 
ma’lum qiladi.(1-ilova) 
Ma’ruzaga 
tayyorgarlik ko‘radi. 
2-bosqich. 
Asosiy  
qism 
(55 min) 
2.1.Mavzu 
boyicha 
talabalarni 
qiziqtirgan savollarni tinglaydi. 
2.2. Savollarga javob berish bilan bir 
qatorda 
vizual 
materiallardan 
foydalangan  holda  mavzuni  bayon 
qilishga kirishga kirishadi. 
2.3.  Mavzuga  oida  tushunchalarni 
bayon  qilish  jarayonida  misollar 
keltirishga talabalarni jalb qiladi. 
2.4.Talabalarning 
informatsiyalarni 
qabul  qilish  qobiliyatlarini  tekshirish 
maqsadida    ekranga  bayon  etilgan 
ma’ruzadan  kelib  chiqqan  savollarni 
chiqaradi 
(2-ilova). 
“Fikrlar 
hujumi”ga  ko‘proq  passiv  talabalarni 
jalb etishga harakat qiladi 
Uyda tayyorlab kelgan 
savollarini 
o‘qituvchiga 
beradi, 
javobni  diqqat  bilan 
tinglaydi. 
Fikrlash 
jarayonida 
izchillikka amal qiladi. 
 Tushunchalar izohi 
uchun misol keltiradi, 
ma’ruzani yodda 
saqlashga harakat 
qiladi 
Ma’ruzadan 
foydalanib, “Fikrlar 
hujumi”da faol 
ishtirok etadi, berilgan 
savollarga puxta va 
aniq javob berishga 
harakat qiladi. 
3-bosqich  
Mavzuni 
mustahkamlash 
(10 minut) 
3.1.Mavzuni 
mustahkamlash, 
talabalar 
faolligini 
oshirish 
maqsadida    ekranga      “Qanday” 
usulidagi  topshiriqni  chiqarib,  uni  
yechish    usulini  ma’lum  qiladi(3-
ilova) 
3.2.  Javoblarni  tahlil  qilib,  xatolarni 
to‘ldiradi 
Topshiriqni 
diqqat 
bilan  e’tibor  qaratib, 
javob topishga intiladi. 
 
4-bosqich: 
Yakuniy qism: 
(10 min) 
3.1.  Mavzuni  yakunlaydi,    faol 
talabalarni rag‘batlantiradi.  
3.2. Mustaqil  ish uchun   talabalarga   
 “Piramida” usulida “Ekologik ong” 
kuchaytirish omillari”ga  misol yozib 
kelishni topshiradi (4-ilova) 
 
 Tinglaydi 
 Mustaqil  ishni  yozib 
oladi.  
Keyingi mavzuni uyda 
mustaqil 
o‘qishni, 
kartochkalarni 
to‘ldirishni 
belgilab 
qoyadi.  
 
 
 
 
 

 
234 
 
1-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga ekologik ong va etnomadaniyat 
haqida  batavsil ma’lumot berib, ularning mavzuni to‘la o‘zlashtirishga erishish 
O‘quv  faoliyatining  natijasi:  Talabalar  ekologik  ong  va  etnomadaniyat  
haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar 
 2-ilova: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Ekologik ong va etnomadaniyat 
Reja:  
1.
 
Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati  
2.
 
Ekologik madaniyat va etnoekologik  an’analar haqidagi tarixiy    
falsafiy manbalar.   
3.
 
Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi 
     tasavvurlarning  shakllanishi.  
4.
 
Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda 
     davlat tashkilotlarining roli 
Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati 
Ekologik  ongning  zamonaviy  antropotsentrik  kо‘rinishi  bu  olam 
tо‘g‘risidagi quyidagi jihatlar xos bо‘lgan tasavvurlar tizimidir: 1) tabiat va 
inson  о‘rtasidagi  ziddiyat  oliy  qadriyat  bilan  uning  mulki  о‘rtasidagi 
munosabatlarda  о‘z  aksini  topadi  (inson  oliy  qadriyat  tabiat  uning 
mulkidir);  2)  tabiatni  inson  tomonidan  bir  tomonlama  ta’sir  kо‘rsatish 
obyekti  sifatida  idrok  etilishi,  3)  tabiat  bilan  о‘zaro  ta’sirga  kirishish 
motivlar va maqsadlarini pragmatik kо‘rinishi.
 
Ekologik madaniyat va etnoekologik  an’analar haqidagi tarixiy    
falsafiy manbalar 
   9-asrgacha  Markaziy  Osiyoda  podshohlar,  xalifalar  har  juma  kunlari  xalq 
oldiga  chiqib,  davlat  tomonidan  chiqarilgan  qonunlarga  buysunish, 
itoatkorlik,  tabiat  ato  etgan  barcha  ne’matlarni  asrab-avaylash  haqida  va’z 
aytganlar, xalqning ongiga, ruhiyatiga ta’sir etganlar. 9-asrdan keyin esa bu 
ish  notiqlarga  yuklatilgan  va  voiz  Koshifiy  singari  notiqlar  dunyo  yuzini 
kо‘rgan.  Shuningdek,  yozma  manbalar  ham  juda  kо‘plab  yaratila 
boshlangan.  Bu  yozma  manbalar  yosh  avlod  ta’lim-tarbiyasi  hamda  ongiga 
ta’sir qilish uchun xizmat qilgan. 

 
235 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv topshiriqlari 
3-ilova: 
Savollar (Fikrlar hujumi usuli) 
1.
 
Ekologik ong deganda nimani tushunasiz? 
2.
 
Nima uchun etnomadaniyatni ekologik ong bilan uyg‘un deyapmiz?  
3.
 
Globallashuv jarayonlarida ekologiya masalasi yana ham dolzarb  
muammoga aylanadimi? Nima uchun? 
4.
 
Bugungi kunda dunyomiz miqyosidagi eng katta ekologik  xavf xatarlar 
     nima ekanligini bilasizmi? 
5.
 
Umuman  bugungi mavzu xususida xulosalaringiz... 
 
 
 
 
Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda 
davlat tashkilotlarining roli 
Ekologik  muammolar  keyingi  15  yilda  shunday  keskin  tus  oldiki, 
bugungi kunda ular hal etilmas ekan, inson halokatga yuz tutishi aniq 
bо‘lib  qoldi.  Bu  haqda  BMT  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlari  bayon 
qilmoqdalar. Hamma (joyda), mamlakatlarda atrofimizni о‘rab turgan 
olamni  kelgusi  avlodlar  uchun   saqlab  qolish  maqsadida  ekologik 
falokatning oldini olish xususida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. 
 
Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi 
tasavvurlarning  shakllanishi 
Tabiat insonning yashashi uchun yaralgan. 
 Inson hayotga kelar ekan, 
tabiat bilan bir butunligini doimo his qilib yashaydi. U ulg‘aygan sari 
borliqni,  atrofidagi  olamni,  tabiat  in’om  etgan  barcha  noz-u 
ne’matlarni  bus–butunligicha  saqlash  uchun  harakat  qiladi.  Undan 
foydalanish va yashash uchun kurashadi. О‘zi bilgan barcha narsalarni 
о‘zidan  keyingi  avlodga  qoldirishga  harakat  qiladi.  Ona  tabiatdagi 
mо‘jizalardan ongli ravishda foydalanadi,    hayotiy tajriba va ta’lim -
tarbiya  manbai  о‘chog‘i  —  Ona  tabiat   ekanligini  anglab  yashaydi. 
Tabiat  in’om  etgan  bilimi  va  boy  tafakkuri  bilan  kelgusi  avlodlarga 
о‘zining merosini qoldiradi.    
 

 
236 
4-ilova: 
 
«Qanday» organayzerini to‘ldiring 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                   Qanday? 
 
                             Qanday 
 
 
 
 
 
         Qanday? 
                          
 
 
           Qanday? 
 
  Qanday? 
Qanday?          
               
Qanday?   
 
 
 
 
 
 
        Qanday? 
5-ilova: 
Mustaqil ish uchun topshiriq: 
 
«Piramida» organayzerini to‘ldiring: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ekologik 
ongning 
sayozligi 
qanday 
zararli 
oqibatlarni 
keltirib 
chiqarishi 
mumkin? 
Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” 
savoli orqali muammo hal qilinadi. 
 
 
 
 
“Ekologik ong” kuchaytirish omillari”ga  misol keltiring:
 

 
237 
Mavzu: Ekologik ong va etnomadaniyat 
Reja:  
1.
 
Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi.  
2.
 
Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy 
 
falsafiy manbalar.   
3.
 
Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning 
        shakllanishi.  
4.
 
Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat 
 
tashkilotlarining roli 
1-masalaning  bayoni:    Bugungi  kunda    qator  manbalarda  “ekologik  ong”  atamasi 
qо‘llanilmoqda. Xо‘sh, ekologik ongning о‘zi nima, uning qanday belgilari bor?  
Ma’lumki, inson butun borlig‘i bilan tabiatga bog‘langan. Tabiatni obyekt sifatida idrok 
etish,  tabiat  bilan  о‘zaro  ta’sirga  kirishish,  tevarak-olam  bilan  bо‘lgan  munosabatlarni  
yо‘lga  qо‘yish  –    ekologik  ongning  eng  muhim  belgilari  bо‘lib,  mazkur  ijtimoiy  ongga 
antropotsentrizm,  antiekologizm  va  ijtimoiy  optimizm  xosdir.  Mazkur  qoidalar 
quyidagilarda о‘z ifodasini topadi: 
1)   Odamlar genetik irsiylikdan tashqari madaniy irsiylikka ham ega bо‘lganligi bois, 
inson yer yuzidagi u hukmronlik qiladigan boshqa barcha jonzotlardan sifatiy farqlanadi. 
2)  Inson faoliyatini biofizik emas, aynan ijtimoiy va madaniy omillar belgilaydi: inson 
tabiat kontekstida emas, ijtimoiy kontekstda yashaydi. 
        3)   Texnologik  va  ijtimoiy  progress  cheksiz  davom  etadi  va  barcha  ijtimoiy 
muammolar u yoki bu darajada о‘z yechimiga ega bо‘ladi. 
 
 Ekologik  ongning  zamonaviy  antropotsentrik  kо‘rinishi  bu  olam  tо‘g‘risidagi 
quyidagi  jihatlar  xos  bо‘lgan  tasavvurlar  tizimidir:  1)  tabiat  va  inson  о‘rtasidagi  ziddiyat 
oliy  qadriyat  bilan  uning  mulki  о‘rtasidagi  munosabatlarda  о‘z  aksini  topadi  (inson  oliy 
qadriyat tabiat uning mulkidir); 2) tabiatni inson tomonidan bir tomonlama ta’sir kо‘rsatish 
obyekti  sifatida  idrok  etilishi,  3)  tabiat  bilan  о‘zaro  ta’sirga  kirishish  motivlar  va 
maqsadlarini pragmatik kо‘rinishi. 
 
XX  asrning  20-30-yillarida  AQShda  rо‘y  bergan  “buyuk  depressiya”  dan  keyin 
yangi  “ekologik  defitsit”  deb  nom  olgan  muammo  insoniyat  sivilizatsiyasi  taraqqiyotida 
yuzaga keldi. 
 
Ekologik  sotsiologiya  mutaxassislari  insoniyat  kelajagi  tо‘g‘risidagi  tasavvurlar 
voqelikdan  ancha  chetlashishi  mumkinligini  prognoz  qilmoqdalar.  Global  miqyosida  rо‘y 
beradigan  ekologik  defitsit  odamlarni  “har  kim  о‘zi  uchun”  yoki  “imkoniyati  borlar  о‘zini 
qutqarsin”  tamoyillariga  binoan  harakat  qilishga  undaydi.  Hayotiy  zarur  manbaalar  uchun 
kurash ijtimoiy aloqalarni uzilishiga, axloqiy qadriyatlar devalvatsiyasiga (qadrsizlanishiga) 
olib  kelishi  mumkin.  Bunday  vaziyatning  yuzaga  kelishi  insoniyat  va  tabiat  о‘rtasidagi 
о‘zaro  munosabatlarning  yangi  tizimini  shakllantirish  zaruriyatini  paydo  qildi.  Bu  xol 
“yangi invayronmental”  paradigmasini vujudga keltirdi (New Environmental Paradigm). 
 
Invayronmentalizmning  asosiy  xususiyati  shuki,  nafaqat  nazariya,  balki 
jamiyatning  ekologik  yо‘nalishdagi  “yashash  siyosatini”  shakllantirish  va  inson 
faoliyatining  kognitiv  va  prakseologik  sohalarini  kengaytirishga  yо‘naltirilgan  ma’lum 
kommunikativ amaliyot ekanligidir. 
 
“Yangi  invayronmental”  paradigmaga  asoslangan  ekologik  ong  ekotsentrik  deb 
nomlangan, chunki unga quyidagi xususiyatlar xosdir: 
 
1)     Tabiat  bilan  insoniyat  о‘rtasidagi  uyg‘un  taraqqiyot  oliy  qadriyatdir.  Inson 
tabiat mulkdori emas, tabiiy hamjamiyatning bir a’zosidir. 

 
238 
 
2)    Olamning  shajaraviy  manzarasidan  voz  kechish.  Inson  aqli  borligi  uchun 
alohida e’tiborga molik deb e’tirof etilmaydi, aksincha, uning aqli borligi uni qurshab turgan 
tabiatga  bо‘lgan  munosabatlariga  qо‘shimcha  majburiyat  kiritadi.  Odamlar  olami  bilan 
tabiat olami bir tizimning xalqalari bо‘lganligi uchun bir-biriga qarshi qо‘yilmaydi. 
 
3)     Tabiat  bilan  о‘zaro  ta’sirga  kirishish  maqsadi  nafaqat  inson  extiyojlarini 
maksimal darajada qondirishdir, balki, butun tabiiy hamjamiyatlarning extiyolarini inobatga 
olishdan ham iborat. 
 
4)   Tabiat  bilan  о‘zaro  ta’sirga  kirishish  “ekologik  imperativ”  shiori  bilan 
belgilanadi:  tabiatdagi  ekologik  muvozanatni  buzmaydigan  narsalar  va  hatti-harakatlar 
tо‘g‘ri va ma’qullangandir. 
 
5)    Tabiat va barcha tabiiy narsalar inson bilan о‘zaro ta’sirga kirishish bо‘yicha 
teng huquqli subyekt sifatida idrok etiladi. 
 
6)    Axloqiy  meyorlar  va  qoidalar  nafaqat  odamlar  о‘rtasidagi  о‘zaro  ta’sirga, 
balki tabiat olami bilan bо‘lgan о‘zaro ta’sirga ham taalluqlidir. 
 
Ekologik ongning sotsiogenez jarayonidagi taraqqiyoti quyidagi о‘lchamlarda о‘z 
ifodasini  topadi:  a)  psixologik  qarama-qarshilik  –  uyushuv,  b)  tabiatni  obyekt-subyekt 
sifatida  idrok  etilishi,  v)  tabiat  bilan  о‘zaro  munosabatga  kirishishning  pragmatik-
nopragmatik kо‘rinishi. 
Ijtimoiy  ekologik  ong  sotsiogenezida  antropotsentrik  va  ekotsentrik  tendensiyalar 
kuzatiladi. 
 
Antropotsentrik  tendensiya quyidagilarda о‘z  ifodasini topadi:    ibtidoiy ong — 
antik ong — xristianlik — kartezianlik. 
 
Ekotsentrik  tendensiya  quyidagilarda  о‘z  ifodasini  topadi:  invayronmental 
konservatsionizm – ekologizm – universal axloq. 
 
Sharq  madaniyatlariga  xos  bо‘lgan  ekologik  ong  taraqqiyotiga  quyidagi 
tendensiyalar  tо‘g‘ri  keladi:  sharqona  diniy-falsafiy  tizimlar,  ibtidoiy  ekologik  ong 
kо‘rinishini  saqlab  qolishi  bilan  tabiatni  ma’naviy  qadriyat  sifatida  idrok  etishni 
kuchaytirgan. 
2-masalaning  bayoni: 
Tabiatni  avaylab-asrash  odobi  zardushtiylik  dinida  ham 
targ‘ib  qilingan.  «Avesto»  kitobida  dunyoning  moddiy  asosi  deb  hisoblangan  yer,  tuproq, 
havo  muqaddaslashtiriladi.  Yer  va  havo  shunday  e’zozlanganki,  havoni  bulg‘ash, 
ifloslantirish,  hayvonlar  о‘ligi,  u  yoqda  tursin,  hatto  odamlar  jasadini  ham  yerga  kо‘mish 
gunohi  azim  hisoblangan.  Tabiat  qonunini  buzganlar  uchun  ularning  jasadlarini  maxsus 
«Ostodon»  deb  atalgan  sopol  idishlarga  kо‘mish  urf  bо‘lgan.  Qabrlar  juda  chekkada, 
aholidan  ancha  narida  bо‘lgan.  Ariqlar  va  daryolar  suvidan  faqat  ichish  uchun  foydalanish 
mumkin,  unda  chо‘milish,  najas  bilan  harom  qilish,  tupurish,  hayvonlarni  oralatish 
ta’qiqlangan.  Tabiat  in’omlarini  asrashni  ular  о‘zlarining  burchlari  deb  hisoblab,  uning 
boyligi havo, suv, yerni muqaddas deb bilganlar. Yer bizni boqadi, unda bug‘doy va ekinlar 
pishadi.  Ekin  ekish,  ziroatchilik  bilan  shug‘ullanishni  ming  marta  ibodat  qilishdan  kо‘ra 
ulug‘roq  deb  bilganlar.  Ota-bobolarimiz  ham  azaldan  suvga  tupurma,  tabiatni  bulg‘ama, 
daraxtni sindirma, jonivorni jonsiz qilma, nonni uvol qilma deb о‘git berib kelganlar.  
9-asrgacha  Markaziy  Osiyoda  podshohlar,  xalifalar  har  juma  kunlari  xalq  oldiga 
chiqib,  davlat  tomonidan  chiqarilgan  qonunlarga  buysunish,  itoatkorlik,  tabiat  ato  etgan 
barcha ne’matlarni asrab-avaylash haqida va’z aytganlar, xalqning ongiga, ruhiyatiga ta’sir 
etganlar. 9-asrdan keyin esa bu ish notiqlarga  yuklatilgan va voiz Koshifiy singari notiqlar 
dunyo yuzini kо‘rgan. Shuningdek, yozma manbalar ham juda kо‘plab yaratila boshlangan. 
Bu  yozma  manbalar  yosh  avlod  ta’lim-tarbiyasi  hamda  ongiga  ta’sir  qilish  uchun  xizmat 
qilgan.  О‘tmishda  ajdodlarimiz  ona  tabiatga  munosabatlari  buyuk  bobokalonlarimiz  Abu 

 
239 
Ali  ibn  Sino,  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy, 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  kabi  kо‘plab  allomalarimiz  biz  avlodlarga  qoldirgan 
ma’naviy  meroslari  ichida  Ona  yerning  qadr-qimmati,  sahovati,  tabiatdan  olingan  noz-
ne’matlar barchasi insonlar uchun buyuk tuhfa ekanligi, ona tabiat in’om etgan bu tuhfalarni 
asrab-avaylash barcha insonlarning burchi ekanligini yozib о‘tganlar. 
              «Sog‘lom  muhit-inson  salomatligi»  shiori  ostida  О‘zbekiston  Ekologik  Harakati 
hamda   hududiy  bо‘limlar  tomonidan  о‘tkazilayotgan  tadbirlarda  aholining  ekologik 
madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishda buyuk allomalarimiz  asarlari muhim  ahamiyat 
kasb etadi. Ayniqsa, yoshlar ruhiyatiga hayotiy saboq bо‘ladigan allomalarimz о‘gitlari о‘z 
natijasini amalda kо‘rsatadi.  Abu Ali ibn Sinoning  «Tib qonunlari» asari  tibbiyot ilmining 
qomusi   bо‘lib,  о‘rta  asrlar  tibbiyot  ilmining  oliy  chо‘qqisi  edi.  Ibn  Sino  tibbiyot  tarixida  
fizioterapiya   asoschilaridan  biri  hisoblanadi.  Kishi  organizmiga  tashqi  muhit  ta’siri 
muhimligini bilgan alloma  ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqashi haqida fikr bayon 
etgan.  Havoning  toza-  musaffoligi  inson  umrini  uzaytirishini  quyidagi  sо‘zi  bilan 
ifodalaydi.  
“Agar 
chang 
va 
g‘ubor 
bо‘lmasa 
inson 
ming 
yil 
yashardi”.                                           
        Allomaning  yuqoridagi gaplaridan inson sihat-salomatligi, tabiiy  sog‘lom  muhit bilan 
uzviy  bog‘liqligi  ta’kidlab  о‘tilgan.  Kо‘pgina  hollarda  ajdodlarimiz  о‘gitlariga  e’tibor 
berilmayotganligini,  tabiatning  bir  bо‘lagi  bо‘lgan  inson  о‘z  ona  tabiatiga  nisbatan 
vahshiyona  munosabatini   kо‘rishimiz  mumkin.  Jumladan,  qirg‘oq  mintaqalarida  qо‘y  va 
qoramollarni boqish, sholi  va qishloq xо‘jalik ekinlarini ekish holatlari. Barg va xazonlarni 
yoqish,  qurilish  ishlarida  ochiq  maydonlarda  bitumni  alangalatib  yoqish.  Noqonuniy 
daraxtlarning kesilishi kabi qonun buzilish holatlari davom etmoqda. 
           Hadis ilmida ham ekologik muammolarga  alohida e’tibor berilgan, xususan, о‘tmish 
ajdodlarimizning  zaminga  munosabatlari,  qarashlari  va  о‘gitlari  hadis  ilmiga  hamohang 
tarzda  yosh  avlod  ongiga  singdirishga,  ularning  ta’lim-tarbiyasiga  ta’sir  kо‘rsatishga 
qaratilgan.  Hadis  ilmida  insonni  tabiat  boyliklarini  tejab  ishlatishga,  muhofaza  qilishga 
chorlaydigan  fikrlar  ham  talaygina.  Jumladan,  “Kishilarga  soya  beruvchi  daraxtni  kesgan 
kishi  boshi  bilan  dо‘zaxga  tashlanadi”,  “Qaysi  bir  musulmon  ekin  eksa  yoki  biror  daraxt 
о‘tqazsa, sо‘ng uni mevasidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa sababi yoziladi. 
Suv  —  muqaddas  unsurlardan  biri”,  “Suvga  tupurma,  makruh  bо‘ladi”  degan  naqllar 
uchraydi.  Tabiat  va  uning  mahsullari  inson  uchun  ekan,  barcha  tirik  mavjudotlarni, 
о‘simliklarni  himoya  qilish  hamda  suv,  tuproq,  havo,  olov  kabi  unsurlardan  oqilona 
foydalanishimiz muhim. 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling