«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41

2-masalaning  bayoni:  Dunyodagi  barcha  xalqlarning,  jumladan,  O‘rta  Osiyo 
xalqlarining an’ana va bayramlari ularning kundalik mehnati, turmush sharoiti, madaniyati 
va  shuningdek,  yashayotgan  iqlim  sharoitiga  xos  xususiyatlar  asosida  shakllanib  hamda 
rivojlanib  borgan.  Deyarli  barcha  xalqlarda  mehnat  mavsumi  va  har  bir  faslga  mos,  ya’ni 
erta  bahorda  -  mehnat  mavsumiga  kirishdan  oldin,  yozda  -  hosilni  yiqishtirishdan  oldin, 
kuzda  -  hosil  to‘plangandan  so‘ng  va  qishda,  ayniqsa,  dalalar  uyquga  ketgan  vaqtda 
uyushtiriladigan  mavsumiy  marosim  va  bayramlar  mavjud  bo‘lgan  va  ular  zamonga  mos 
o‘zgarib borgan. Bu hodisaning o‘rta asrlarda hozirgi О‘zbekiston territoriyasida yashovchi 
aholining  yil  fasllari  va  mehnat  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mavsumiy  ("kalendar") 
bayramlari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 
 
Bahor  bayramlari  yangi  mehnat  mavsumi  boshlanishidan  darak  beruvchi  bo‘lib, 
u  mehnatkash  xalq  hayotida  muhim  o‘rin  tutgan.  Bahor  kirib  kelishini  kutib  olish 
bayramlari qadimdan barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan. Bahor bayramlari insoniyat vujudga 
                                                           
12
 Ibrohimov A. О‘zbek mahallasi. T.: Ma’naviyat, 2007 y. 24 b. 
 

 
95 
kelishi  bilan  paydo  bo‘lgan  bayramlardan  bo‘lib,  odamlarning  dunyo  boylab  tarqalishi 
natijasida  ular  ham  barcha  yerlarga  yoyilgan  va  keyinchalik  bu  an’analar  barcha  xalqlarda 
turli nomlar va har xil shaklda uyushtirilgan.  
O‘rta asrlarda "Navro‘z" bayrami yanada rivojlanib, ommaviy tus olgan, bu bayram 
haqida deyarli barcha o‘sha davrning allomalari so‘z yuritadi. О‘rta asr va keyingi davrlarda 
"Navro‘z"ning  xalq  turmushi  va  ma’naviy  hayotidagi  mavqei,  fayzu  tarovati,  fazilat  va 
xosiyati haqida qomusiy bilim egalari Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Mahmud Qoshqariy, 
Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Fayziy-Fayyoziy, Muhammadali Soib, Mirzo Bedil, Kalim 
Koshoniy,  Furqat,  Muqimiy,  Sadriddin  Ayniy  va  Hamza  kabilar  ajoyib  fikr-mulohazalar 
bildirganlar,  go‘zal  she’rlar  bitganlar.  "Navro‘z"ni  Beruniy  "Navro‘z  -  olamning 
boshlanishi"  desa,  Firdavsiy  ""Navro‘z"-bayramlar  shohi".  deydi.  Navoiy  odamlarga  istak 
bildirib:  "Har  tuning  qadr  o‘lubon,  har  kuning  o‘lsun  Ravro‘z"  desa,  Sadriddin  Ayniy: 
"Navro‘z"da, tabiat jonlanibgina qolmay inson tabiati ham uyqonar -edi" deydi.  
Bahorning  boshlarida  bu  faslning  "shohona"  taomi  -  sumalakka  bag‘ishlangan  sayl 
o‘zbek  xalqining  eng  yaxshi  an’analaridan  sanalgan.  Bahorda  dehqonlar  hayotidagi  eng 
muhim voqea - bu yangi mehnat mavsumiga kirishishdir. Shu boisdan dehqonlarning yerga 
urug‘  qadashlari  munosabati  bilan  o‘tkaziladigan  maxsus  marosimi-tantanala-ri  mavjud 
bo‘lgan.  Ular  turli  joylarda  turlicha  "Dalaga  qo‘sh  chiqarish",  "Shox  moy",  "Ekin  sayli", 
"qo‘sh  oshi"  kabi  nomlar  bilan-uyushtirilgan.  Bahor  bayramidan  so‘ng  dehqonlar  yangi 
mehnat  mavsumiga  kirishishgan.  Lekin  tog‘li  rayonlarda  bahor  boshqa  yerlarga  qaraganda 
birmuncha  kech  boshlangani  sababli  bu  joylarda  yangi  mehnat  mavsumini  sabrsizlik  bilan 
kutishgan.  Shu  sababli  urug‘  qadash  payti  yetib  kelganda  bu  haqiqa  o‘ziga  xos  bayram 
holatini vujudga keltirgan.  
O‘rta  Osiyo  xalqlari  orasida  bahor  fasli  o‘tkaziladigan  yana  bir  tadbir"  darvishona" 
deb nomlangan. Har yili bahor faslida qishloqlarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-
uy  yurib,  pul  yoki  oziq-ovqat  to‘plagan,  so‘ngra  biror  kishining  hovlisida  yoki  masjidda 
ovqat  (halim)  pishirib,  butun  mahalla  baham  ko‘rishgan.  Bu  marosim  yurtda  biror  ofat 
bo‘lganda  undan  xalos  bo‘lish  yoki  dehqonchilikda  mo‘l  qosil  tilash  va  boshqa  niyatlarda 
xudoga  sig‘inish,  undan  goyo  madad  so‘rash  mazmunida  o‘tkazilgan.  Mazkur  marosim 
darvishlar  odatiga  o‘xshab  uyma-uy  yurib,  oziq-ovqat  yig‘ish  bilan  boqliq  bo‘lgani  uchun 
Darvishona (darvishlarga o‘xshab) deb nom olgan . 
Markaziy  Osiyoning  boshqa  xalqlari  qatori  vodiy  o‘zbeklarining  ham  an’anaviy 
dehqonchiligi  sharq  xalqlari  taqvimi  asosida  olib  borilgan  bo‘lib,  bahorgi  dala  ishlari, 
mahalliy taqvimga ko‘ra, yangi yil - quyoshning Baliq (Hut) burjidan Qo‘y (Hamal) burjiga 
o‘tgan vaqtdan boshlangan. Hozir amaldagi oy kalendari bo‘yicha bu 21 martdan boshlanib 
21  aprelgacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  olgan.  Boshqacha  kilib,  aytganda  dastlabki 
dehqonchilik yumushlari Navro‘z tantanalari bilan bir vaqtda boshlangan.  
Dehqonlar,  bog‘bonlar  va  chorvadorlar  ayozli  kunlardan  omon-eson  chiqib, 
bahorning issiq kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik 
ko‘rganlar,  omoch-bo‘yinturuqlarni,  molalarni  sozlab,  taxt  qilganlar,  otlar  sovutilgan, 
aravalar  tuzatilib  ishga  yaroqli  holga  keltirib  qo‘yilgan.  Shu  bois  ham  o‘rta  asrlarda 
Buxoroda  bu  dehqonchilik  bayrami  «Navro‘zi  kishavorzon»  -  «dehqonlar  bayrami» 
deyilgan.  Zahmatkash  dehqonlar  aynan  shu  kuni  dalaga  qo`sh  chiqarib  dastlabki  urug‘ni 
erga  qadaganlar.  Andijon  o`zbeklarida  bahorgi  er  haydashni  shanba  kuni  boshlash  lozim 
deyilgan  bo`lsa,  Xorazm  o`zbeklari  orasida  hosil  barakali  bo`lishi  uchun  dushanba  va 
chorshanba  kunlari  er  haydab  ekin  ekish  xayrli  amal  hisoblangan.  Boshqa  kunlarda  er 
haydash  xayrsiz  deb  hisoblangan  va  shu  bois  haftaning  boshqa  kunlari  er  haydash 

 
96 
ta’qiqlangan. Agar er  haydash kunduz kuni bo`lsa shimolga, kechasi bo`lsa janubga qarab  
haydalgan. 
О‘zbeklarning  Movarounnahr  va  Xorazm  hududida  hamda  ularga  tutash 
mintaqalardagi  о‘troq  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  madaniyatiga  ega  xalq  ekanligiga 
xalqimizning ona tabiatga, yerga, suvga, havoga, olovga bо‘lgan cheksiz hurmati va ularni 
e’zozlash  bilan  bog‘liq  turfa  xil  urf-odat  va  marosimlari,  an’anaviy  dehqonchilik  va 
hunarmandchilik  udumlari,  kо‘p  asrlik  islom  sharoitidan  qat’iy  nazar,  о‘zbek  xalqining 
turmush-tarzida, 
urf-odatlarida 
saqlanib 
kelayotgan 
son-sanoqsiz 
zardushtiylik 
elementlarida ayniqsa yaqqol ifodalangan.  
"Urug‘  (chigit)  qadash",  "Birinchi  gul",  "Qizil  karvon"  bayramlari  ham  o‘ziga  xos 
muayyan  mehnat  jarayonlarining  boshlanishi,  ya'ni  cqigit  ekishning  birinchi  kuni,  ilk  bor 
g‘o‘za  gullashi  va  yetishtirilgan  hosilning  birinchi  mahsulini  olish    munosabati  bilan 
uyushtirilgan.  "Urug  qadash"  va  "Birinchi  gul"  tantanalari.  Xalqda  qadimdan  dalalarda  ish 
boshlanishi,  ilk  bor  yerga  uruq  qadash  munosabati  bilan  maxsus  marosimlar  uyushtirish 
odati shakllanib, davrlar o‘tishi bilan keng ommalashgan edi. Bizning davrimizga kelib, bu 
xalq  odatlari  hayotdagi  o‘zgarishlar  bilan  ma'lum  ma'noda  o‘z  mavqeini,  tantanavorligini 
yo‘qotgan  bo‘lsada,  uning  zaminida  paxta  yetishtiriladigan  regionlarning  ba'zi  joylarida 
"uruq qadash" nomli zamonaviy marosim vujudga kelgan. Yerga cqigit qadash paxtakorlar 
hayotida  eng  muhim  yumush  bo‘lib,  shu  kompaniyadan  keyin  haqiqiy  mehnat  mavsumi 
boshlanadi.  Shuning  uchun  ham,  chigit  qadash  ishlarining  boshlanishi  paxtakorlarda 
ko‘tarinki ruh, yaxshi kayfiyat va xursandchilikni vujudga keltiradi. 
3-masalaning  bayoni:    Buyuk  ajdodlarimizning  bizga  meros  qilib  qoldirgan 
madaniy  boyliklari  xazinasiga  xalq  о‘yinlari  ham  kiradi.  Xalq  о‘yinlari  о‘zining  vujudga 
kelishi va rivojlanishiga kо‘ra  g‘ayri oddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini muayyan 
aks  ettiradigan  va  jamiyat  taraqqiyotining  qonunlari  bilan  belgilanadigan  maqsadli 
faoliyatdir.  Xalq  о‘yinlari  xalq  ijodiyotining  xos  janri  bо‘lib,    kо‘p  asrlik  tarixga  ega. 
Qadimdan о‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar 
hamda  hodisalarni  о‘z ichida  aks ettirgan.  Shuningdek, taassurotlarni, kuzatishlarni tajriba 
va  hissiyotlarni  gavdalantirib,    о‘zida  sо‘z,  musiqa,  raqs  shakllarini  mujassamlashtirgan. 
Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati — ularni urf — odati, 
an’analari  tarixi  bilan,  shuningdek,  xalq  og‘zaki  ijodi:  rivoyatlar,  qо‘shiqlar  raqslar  bilan 
ifoda etgan. О‘zbek xalq о‘yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni xalq yaratgan 
va  keng  xalq  ommasiga  tarqatgan.  Hozirga  qadar  о‘zbek  xalqining  tantanalari  katta 
tomoshalar  —  sayillar  bilan  nishonlanadi.Masalan,  ommaviy  tomoshalar,  sayillar,  Navrо‘z 
ayyomida,  Hosil  bayramlarida  xalq  о‘yinlaridan  keng  foydalanilgan.  Sayillar  vaqtida 
«Olomon  poyga»,  "Qiz  quvish",  «Kurash»,  «Ag‘darish»,  Kо‘pkari",  «Duppi  yashir»  kabi 
musobaqa  о‘yinlari,  sport  о‘yinlari  sifatida  о‘tkazilib  kelinmoqda.  О‘zbek  xalq 
о‘yinlarining  kо‘pida  milliy  musiqa  asboblaridan  karnay,  surnay,  nog‘ora,  childirma 
asboblaridan  foydalaniladi.  Hozirgi  vaqtda  о‘zbek  xalq  о‘yinlarining  asosiy  vazifasi  о‘z 
mazmuni  hamda  metodikasi  bilan  bolalarni  jamiyatimiz  talablariga  muvofiq  tarbiyalashni 
ta’minlash,  ularda  axloqiy,  irodaviy  sifatlarini  rivojlantirish,  ijodkorlikka  xos  bilim. 
kо‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iborat.  
О‘zbek  xalq  о‘yinlarini  о‘rganish  tarbiya  jarayonini  uzluksiz  yangilaydi, 
о‘quvchilarda hayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilishga juda 
qiziqish  uyg‘otadi,  shuningdek,  ularga  о‘z  xalqining  tarixi  va  hayotining  turli  sohalariga, 
moddiy va ma’naviy madaniyatiga, ijtimoiy turmush tarzi, odatlari va an’analariga taalluqli 
ma’lumotlarni  beradi.  Ularning  kuchli,  chaqqon,  serharakat,  ziyrak,  topqir,  о‘zaro  hamkor 
bо‘lishiga yordam beradi.  

 
97 
 
Quyida  manbalarda  keltirilgan,  bobo-buvilardan,  xalq  orasidan  yozma  va  og‘zaki 
terib olingan ayrim milliy xalq o‘yinlarini quyida ayrimlarini havola etamiz:  
 
Xo‘rozlar jangi. О‘yinning maqsadi: Bolalarni chaqqon va epchil harakat qilishga, 
dovyurak va jasur bo‘lishiga odatlantiradi. O‘yinning tartibi: Yerda diametri 2  metr aylana 
chiziladi. Hamma ishtirokchilar 2ta guruhga bo‘linadilar va doira ichida bir — biriga yuzma 
yuz  ikki  qator  bo‘lib  turadilar.  Har  bir  guruhdan  bittadan  ishtirokchi  tayinlanadi. 
Ishtirokchilar  o‘z  guruhlardan  bittadan  ishtirokchi  ajratadilar  va  ular  aylana  ichiga  kirib 
qo‘llarini  orqaga  qilib  bir  oyoqlab  turadilar.  Har  bir  guruhdan  bittadan  ishtirokchi 
tayinlanadi.O‘yin  boshlanishga  darak  berilishi  bilan  bir  —  birlarini  yelkalari  va  gavdalari 
bilan  turtib,  itarib  aylanadan  chiqarishga  harakat  qiladilar.  O‘z  raqibini  tashqariga  chiqara 
olgan  o‘yinchi  g‘olib  hisoblanadi.  Shundan  keyin  doira  o‘rtasiga  navbatdagi  tayinlangan 
xo‘roz  juftini  qidiradi.  O‘yin  hamma  bolalar  xo‘roz  rolini  bajarib  bo‘lgunicha  davom 
ettiriladi. O‘yin davomida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan guruh sovrin egasi bo‘ladi. 
 
Dor  о‘yini.  O‘yinning  maqsadi:  Bolalarni  chaqqon  va  epchil,  shuningdek, 
ehtiyotkorlik  bilan  harakat  qilishga  odatlantiradi.O‘yinning  tartibi:  Tashkilotchi  arqondan 
ikkita “ dor”  yasaydi, ya’ni ikkita arqonni  yerga to‘g‘ri chiziq  bo‘ylab qo‘yadi, har ikkala 
guruh  qatnashchilaridan  ikkita  ishtirokchi  “dor”dan  qo‘llarini  ikki  yonga  uzatib,  oyoq 
kaftlarini  to‘g‘ri  tashlagan  holda  yurib  o‘tadilar.  Qolgan  bolalar  esa  quyidagi  she’rni  aytib 
turadilar: 
 
  Baka-baka- bang, dor o‘ynang,  
 
  Dordan yiqilib, yig‘lab yurmang. 
 
Agar  dordan  yurayotgan  bolaning  oyoq  harakatlari  o‘zgarsa  (arqondan  chetga 
chiqsa, qo‘llari tebransa) yutqazgan hisoblanadi. 
 
G‘ozlar.  O‘yinning  maqsadi:  Bolalarni  sezgir  va  hushyor  bo‘lishga  odatlantiradi. 
O‘yinning  tartibi:  Bir  tomonda  bir  guruh  qizlar  qo‘lni  —  qo‘lga  berib,  qator  tizilishib 
turadilar.  Ikkinchi  tomonda  ularga  ro‘baro‘  bo‘lib  yoshi  kattaroq  bir  qiz  turadi.  Bu  qiz 
o‘yinda  ona  g‘oz  hisoblanadi.  Qator  tizilishib  turganlari  esa  g‘ozlar  bo‘ladi.  Ona  g‘oz  va 
g‘ozlar orasidagi masofa o‘n, o‘n besh metr chamasida bo‘lib, shu masofa o‘rtalig‘ida ikki 
yonbosh  tarafda  ikki  o‘g‘il  bola  poylab  turadi.  Bu  bolalar  “Bo‘rilar”  xisoblanadilar.  O‘yin 
boshlanadi. Ona g‘oz g‘ozlariga qarab shunday deydi: 
 
G‘ozlarim!  G‘a  ,g‘a,  g‘a  Uyga  qaytinglar,  Yo‘lda  qo‘rqamiz.Nedan  qo‘rqasiz? 
Yo‘lda  bo‘ridan  Bo‘ri  qaydadir?  Ola  tog‘dadir,Uchib,  uchib  kelinglar,Tezroq  qaytinglar 
Shundan  keyin  g‘ozlar  g‘a,  g‘a,  g‘a  degan  ovoz  chiqarishib,  ona  g‘oz  tomon  qulochlarini 
keng  yozib  uchib  kela  boshlaydi.  Yo‘lda  g‘ozlarga  bo‘rilar  hujum  qilishadi.  Bo‘rilarning 
qo‘liga tushgan “g‘ozlar” o‘yindan chiqib turadilar. Bo‘rilarga tutqich bermay ona g‘ozning 
oldiga  “eson  omon  ”  uchib  borishgan  g‘ozlar  esa  yana  o‘z  joylariga  borishib,  o‘yini  shu 
tarzda davom ettiraveradilar. Qachonki oxirgi g‘oz ham bo‘rilarning qo‘liga tushsa, g‘ozlar 
o‘yiniga yakun yasaladi. Xohish bo‘yicha o‘yinni qaytadan boshlash mumkin. Bunda bo‘ri, 
ona g‘oz va g‘ozlar o‘rni almashadi. 
 
To‘siqlar orasidan tez o‘tish. O‘yinning maqsadi: Bolalarda hushyorlikni oshirish 
va to‘siqlar orasidan tezlik bilan o‘tishga o‘rgatish.O‘yinning tartibi: Bu o‘yin qiyaliklardagi 
qor  ustida  o‘tkaziladi.Chang‘ida  bir  yoki  ikki  ishtirokchi  o‘tirishi  mumkin.  Har  10-  2-  15 
metrga ilon izi qilib belgilar qadaladi. Shu bayroqlar orasida tezlik bilan chanani boshqarib 
o‘tiladi. 
 
Kurash. 
O‘yinning 
maqsadi: 
Epchil 
va 
chaqqonlik 
xislatlarni 
shakllantirish.O‘yinning tartibi: Maydonchaga 2 – 2 kvadrat metrli aylana chiziladi. U teng 
ikkiga  bo‘linadi,  hosil  bo‘lgan  ikki  to‘g‘ri  burchakli  uchburchakda  ikki  ishtirokchi 
joylashadi. Ishtirokchilar ya’ni jangchilar belbog‘da bo‘lishadi. Ishora bo‘lishi bilan raqiblar 

 
98 
bir — birlarining belbog‘idan ushlab, o‘z tomonlariga tortib olishga harakat qiladilar. G‘olib 
uch urinishda aniqlanadi. 
 
Chillik  o‘yini.  O‘yinning  maqsadi:  Bolalarda  chaqqonlik  chaqqonlik,  epchillik  va 
hushyorlik xislatlarini shakllantirish. O‘yinning tartibi: Chillik  o‘yini bolalarga xos bo‘lib, 
u  qadimdan  meros  bo‘lib  kelmoqda.  Asosan,  o‘yinda  ikki  o‘yinchi  ishtirok  etadi.  Birinchi 
ishtirokchining qo‘lidagi uzunligi bir metr (dasta), ikkinchisining qo‘lida esa uzunligi 20 -25 
sm keladigan  tayoqcha “Chillik ”  bo‘ladi.  O‘yin ishtirokchilari tekis joyda  diametri  yarim 
yoki bir metrcha keladigan doira shaklida aylana chizib olishadi. Bu aylana  o‘yini “yalov” 
deyiladi. O‘yinni birinchi boshlash uchun quyidagicha shart qo‘yiladi, ya’ni tayoqchali bola 
tayoqchasining  bir  uchidan  mahkam  ushlab  turadi,  ikkinchi  bola  esa  qo‘lidagi  o‘z  tayog‘i 
bilan  uning  ushlab  turgan  tayoqchasiga  uch  marta  uradi.  Agar  uch  zarba  ichida  qo‘lidagi 
tayoqchani  chiqarib  yuborsa,  shartga  binoan  yutqazgan  bo‘ladi.  Uch  zarbada  ham 
tayoqchani  qo‘lidan  chiqarib  yubormay  saqlab  qolaolsa,  g‘olib  hisoblanadi.  Shartga  ko‘ra 
g‘olib bo‘lgan bola o‘yinni birinchi bo‘lib boshlaydi. O‘yin ishtirokchilari tayoqchaning bir 
uchidan 3- 4 sm keladigan joyini yarim kesib olishadi. Kesib olishlaridan maqsad tayoqcha 
tekis  yerda  yotgan  paytda  kesilgan  tomonga  tayoq  bilan  ursa,  tayoqchaning  yuqoriga 
ko‘tarilishi  oson  bo‘ladi.  Ayrim  joylarda  bolalar  tayoqchaning  bir  uchidan  yarim  kesib 
olmay  o‘ynaydilar.  Ular  chizishgan  “Yalov”  markazida  uzunchoq  shaklida  chuqurcha 
yasashadi.  Shu  yasalgan  chuqurchaning  ustiga  tayoqchani  ko‘ndalang  qilib  qo‘yishadi. 
Keyin  tayoqcha  yuqoriga  ko‘tarilgach,  qo‘lidagi  tayoq  bilan  bir  zarbada  uradi.  Tayoqcha 
“yalov”dan  ancha  nariroqqa  uchib  borib  tushadi.  Ikkinchi  ishtirokchi  tayoqchani  tushgan 
joydan  “yalov”ga  qarab  irg‘itadi.  Agar  tayoqcha  “yalov”  ichiga  yoki  “yalov”  chizig‘idan 
o‘lchanganda  ham  tayoq  yetadigan  joyga  borib  tushsa,  o‘yinni  tayoqchani  irg‘itgan  bola 
boshidan  boshlaydi.  Tayoqcha  “yalov”  chizig‘idan  ancha  o‘tib  yoki  “yalov”  chizig‘idan 
tayoq  bilan  o‘lchanganda  ham  tayoq  yetmaydigan  joyga  borib  tushsa,  unda  o‘yinni 
boshlagan  bolaning  o‘zi  davom  ettiradi.Demak,  o‘yin  davom  etayapti,  ishtirokchilar 
marraning  uzoqlik  masofasini  kelishib  olishadi.  Masalan,  marra  masofasi  yuz  qadam  deb 
olishsa,  o‘yinni  davom  ettirayotgan  bola  tayoq  bilan  “yalov”  markazidan  tayoqchani  zarb 
bilan  uradi.  Tayoqcha  borib  tushgan  joyida  yana  uradi  va  yana  tayoqcha  borib  tushgan 
joyidan  uchinchi  marta  ham  zarb  bilan  uradi.  Shundan  keyin  “yalov”  chizig‘idan  to 
tayoqcha  borib  tushgan  joyigacha  qadar  qadamlab  o‘lchab  chiziladi.  O‘lchov  yuz  qadam 
chiqmasa,  tayoqchani  yana  bir  marta  uradi.  Agar  o‘lchaganlarida  masofa  yuz  qadam  yoki 
undan  ortiq  chiqqandagina  tayoqcha  boshqa  urilmaydi.  O‘yin  qoidasiga  binoan  ikkinchi 
bola tayoqchani borib tushgan joyidan tishlab olib to “yalov” gacha nafas olmasdan “zu –u- 
u  -uv”  tovush  chiqarib  yetib  borishi  shart.  Agar  yetib  kelsa,  o‘yinni  u  endi  o‘zi  boshidan 
boshlaydi. 
 
Oq  terakmi  —  ko‘k  terak.  O‘yinning  maqsadi:  Bolalarni  chaqqon  harakat 
qilishga  odatlantiradi.O‘yining  tartibi:  Bu  o‘yinda  ishtirkchilar  ikki  guruhga  bo‘linishadi. 
Har  bir  guruhdagi  bolalar  soni  beshtadan  kam  bo‘lmasligi  kerak.O‘yin  tashkilotchisi  o‘yin 
boshlanishidan  oldin  qur’a  tashlaydi.  Ikkala  guruhdan  bittadan  ishtirokchi  chiqib,  qur’ani 
oladi.  Bolalardan  qaysi  birining  qo‘liga  “Oq  terakmi  —  ko‘k  terak”  deb  yozilgan  yozuv 
tushsa, o‘sha guruh o‘yinni boshlab beradi. Guruhlar ikki tarafdan bir — birlariga ro‘baro‘, 
saf  tortib  qo‘llarini  qo‘llariga  bergan  holda  zanjir  hosil  qilib  turishadi.  Guruhlar  orasidagi 
masofa  10  —  12  metrdan  oshmasligi  kerak.  O‘yinni  boshlayotgan  guruh  a’zolarining  biri 
ikkinchi  guruhdagi  bolalarga  qarata:“Oq  terakmi  —  ko‘k  terak?”  —  deya  xitob 
qilishadi.Ikkinchi  guruh  a’zolari  esa:Bizdan  sizga  kim  kerak?  —  deya  savolga  savol  bilan 
javob qaytarishadi.Bizga Avazbek (yoki masalan, Muhiddin, Gulchehra, Gulnora) kerak deb 
javob qaytarishadi birinchi guruh a’zolari. Shunda nomi aytilgan bola, safdan chiqadi — da, 

 
99 
yugurib  ikkinchi  guruhda  zanjirdek  qo‘l  ushlashib  turgan  bolalar  safiga  o‘zini  uradi.  Safni 
yorib o‘ta olsa, ushbu guruhdagi istalgan bir bolani o‘z guruhiga olib ketadi. Agar zanjirni 
uzib  o‘ta  olmasa,  u  holda  shu  guruhdagi  bolalar  safida  qolishga  majbur  bo‘ladi.  So‘ngra 
xuddi shu yo‘sinda ikkinchi guruh a’zolari o‘yinni davom ettiradilar. O‘yin davomida qaysi 
bir  guruhda  birorta  ham  bola  qolmasa,  o‘yin  nihoyasiga  yetgan  hisoblanadi.  Barcha 
bolalarni  o‘z  safiga  olgan  guruh  o‘yin  g‘olibi  bo‘lib,  o‘yin  tashkilotchisi  tomonidan 
rag‘batlantiriladi. 
 
Quvlashmachoq. 
O‘yinning  maqsadi:  Bolalarni  topqirlikka,  zukkolikka 
odatlantirish.O‘yin  tartibi:  O‘yinda  15-  20  ta  bola  ishtirok  etishi  mumkin.  O‘yin 
tashkilotchisi  o‘zidan  boshlab  shu  o‘yin  uchun  to‘qilgan  so‘zlar  bilan  davrada  turgan 
bolalarni  sanay  boshlaydi.Onam  bergan  olmalar,Ishonmasang  sanab  ko‘r:Bir,  ikki,  o‘n 
olti,O‘n olti deb kim aytdi.Dono Salimjon aytdi.Salimjon mudom bor bo‘lsin,Doim “besh” 
baho olsin.Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti — ketdi.Oxirgi “ketdi” so‘zi davradagi qaysi 
bolaga  to‘g‘ri  kelsa,  o‘sha  bola  safdan  chiqib  turadi.  Ushbu  o‘yinda  yana  boshqa  so‘zlar 
ham  qo‘llaniladi.Masalan,Bir,  ikki,Olma  dikki.Safar  oyiSariq  chumchuqBog‘da  turmayTez 
uchib  chiq.Bunda  “chiq”  so‘zi  to‘g‘ri  kelgan  bola  safdan  chiqib  turadi.  “Quvalash”  o‘yini 
so‘zlaridan yana biri: Qovun palak chumak otdi,Chumak emas g‘urvak otdi.G‘urvak qovun 
shirin  ekan,Qo‘lim  tekkan  safdan  chiqdi.Bu  to‘rtlikdan  ham  “chiqdi”  so‘zi  qaysi  bolaga 
kelsa,  o‘sha  bola  safdn  chiqib  turadi.  So‘zlarning  oxiridagi  “ketdi”,  “chiq”,  “chiqdi” 
so‘zlariga  to‘g‘ri  kelgan  bolalar  safdan  chiqavergach,  oxirida  bir  bola  qoladi.  O‘sha  bola 
o‘zidan  oldin  safdan  chiqqan  bolalarning  hammasini  quvalashi  kerak.  Quvalayotgan  bola 
qochayotganlardan  biriga  yetib  borib,  yelkasiga  bir  ursa,  ushlangan  hisoblanadi.  Keyin 
quvalash  navbatini  ushlangan  bola  davom  ettiradi.  O‘yin  qoidasiga  binoan  quvalayotgan 
bola o‘tirgan bolani ushlashi mumkin emas. Shuning uchun quvalayotgan bola yaqinlashishi 
bilan qochayotgan bola darhol yerga o‘tirib oladi. O‘tirgan bolaning turishini kutib, o‘rnidan 
turgandan  so‘ng  ushlashi  ham  mumkin.  “Quvalash”  o‘yinini  shu  tarzda  davom  ettiraverish 
mumkin. 
«Olomon»  о‘yini.  О‘yinda  istalgancha  bola  qatnashish  mumkin.  О‘yinda 
boshqaruvchi  tanlanadi.  Qolganlar  uning  atrofida  aylana  hosil  qilib  turadilar. 
Boshqaruvchining  ishorasi  bilan  bolalar  chapak  chalib,  xakkalab  yuguradilar.  Ular 
yugurayotganda  boshqaruvchi belbog‘ni tashlaydi. Bolalar  belbog‘ni ilib oladilar. Jihozlar: 
milliy kiyimlar, belbog‘. О‘yin vaqti: 20 daqiqa. 
«Uloq»  о‘yini.О‘quvchilar  ikki  jamoaga  bо‘linib,  diametri  6-8  metrli  aylana 
chizig‘ini  tashqarisida  turadilar.  Aylana  о‘rtasida  turgan  boshqaruvchi  aylanaga  tо‘pni 
tashlaydi.  О‘quvchilar  tо‘pga  yugurishib,  uni  tutib  olishga  va  aylanadan  tashqariga 
qochishga intiladilar. Bunda bolalar bir — birlarining qо‘llaridan tо‘pni yulqib olishlari ham 
mumkin. Jihozlar: milliy kiyimlar. jamoalar uchun belgilar, latta koptok. О‘yin vaqti: 15-20 
daqiqa.  
«Darvozalar»  о‘yini.  О‘yinda  о‘quvchilar soni cheklanmaydi. Arqon tortiladi  yoki 
yо‘g‘onligi  10  sm,  uzunligi  4-5  metr  chiziq  о‘tkaziladi.  О‘quvchi  shu  chiziqdan  arqonda 
yurgandek  yuradi,  uning  ustida  raqs  harakatlarini  bajaradi  hamda  kо‘zini  boylab  yuradi. 
Arqondan  yiqilmay  о‘tgan  о‘quvchi  g‘olib  hisoblanadi.  О‘yin  paytida  musiqa  yangraydi. 
Jihozlar: bolalar karnay va surnaylari. О‘yin vaqti:10-15 daqiqa. 
 
Xalq  o‘yinlarida  hazil  —  mutoiba,  qiziqarli  bellashuvlar,  aniq  harakatlar, 
kutilmagan  quvnoq  jarayonlar  ko‘p  uchraydi.  Bunday  o‘yinlar  aslida  oddiy  hol  bo‘lib 
ko‘rinsada,  aslida  ular  bolalarning  aqliy  qobiliyatlarini  rivojlantirish,  jismonan  epchil  va 
baquvvat  bo‘lishlariga,  jumboqlarni  to‘g‘ri  va  aniq  yechishga  odatlantiradi.  Bolalarning 
jismoniy  hamda  aqliy  faoliyatlarini  kengaytirishda  o‘yinning  turli  usullaridan  foydalanish 

 
100 
lozim.  Bular  harakatli,  didaktik  —  ya’ni,  bilim  doiralarini  kengaytirishga  xizmat  qiluvchi 
o‘yinlar  hamda  saxnalashtirilgan  kichik  hajmdagi  o‘yinlardir.  Harakatli  o‘yinlar  yurish, 
yugurish, sakrash, biron narsani irg‘itish, uloqtirish kabi bolalarni jismoniy jihatdan sog‘lom 
rivojlanishlariga,  ish  qobilyatlarning  yanada  mustahkamlanishiga  yordam  beruvchi 
usullardan  tarkib  topadi.  Shuning  uchun  bolalarga  harakat  faoliyatining  turli  sharoitlarida 
erkin  harakat  qila  olish  imkoniyatini  beradigan  zarur  bilimlarni  berish  va  ularda  kerakli 
harakat malakalarini hosil qilish lozim. Bundan tashqari, bolalarda turli o‘yinlarga, jismoniy 
mashqlarga,  shuningdek,  kun  tartibiga  rioya  qilishga  odatlantirish,  mustaqil  ravishda 
harakatli  o‘yinlar  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  mahoratini  egallashlariga  yordam 
beradi.O‘yindagi qoidalarga rioya qilish — bu bolalardagi o‘z — o‘zini tarbiyalash, o‘z — 
o‘zini  boshqarish,  o‘z  fikrini  aniq  bayon  etish  kabi  ijobiy  hislatlarni  tarbiyalashda  muhim 
maktab  vazifasini  o‘taydi.  Chunki,  o‘yin  davomida  bolalarda  shakllangan  tashkilotchilik, 
izlanuvchanlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik, ijodkorlik kabi oliyjanob xislatlar ularning 
mustaqil hayotga kirib borishlarida  yaqindan yordam beradi.O‘quvchining kerakli darajada 
harakat  faolligini  amalga  oshirish  uchun  harakatli  o‘yinlar  va  jismoniy  mashqlar  bilan 
mustaqil  shug‘ullanishi  juda  ahamiyatlidir.  Bu  bo‘sh  vaqtning  asosiy  qismini  tashkil 
etmog‘i kerak.Bolalar hayotida, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘yinlar alohida 
o‘rin  egallaydi.  Ochiq  havoda  harakatchan  o‘yinlar  o‘ynash  asnosida  ular  harakat 
chanqoqligini  qondirib,  yig‘ilib  qolgan  energiyalarni  sarflaydilar.  O‘yinlarda  yugurish, 
sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish mashqlariga alohida e’tibor berish lozim. Jamoa o‘yinlari 
yetarli darajada chaqqon, hozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishni talab etadi.  
 
Afsuski,  milliy  qadriyatlarimizga  sovet  tuzumi  davrida  eskilik  sarqitlari  deb 
qaralgan  va  о‘zlaricha  xalq  bilan  hisoblashmay,  yangicha  kо‘rinishdagi  marosim  va 
bayramlar tashkil qilishgan. Masalan, Navrо‘z bayramini navbahor bayramiga aylantirishga 
intilishgan.  Chor  Rossiyaning  general  gubernatori  shunday  yozgan  ekan:  «Millatni  yо‘q 
qilish  uchun  uni  qirish  shart  emas,  uni  madaniyatini,  san’atini,  tilini  yо‘q  qilsang  bas,  tez 
orada о‘zi tanazzulga uchraydi».
13
 
Mustaqillik  tufayli  milliy  qadriyatlarimiz  qayta  tiklandi.  Bu  haqida  Prezidentimiz 
Islom Karimov alohida tо‘xtalib о‘tganlar: «Xalqni ma’naviy yuksaltirish insonning axloqiy 
va  jismoniy  takomilidir.  Bu  masalalar  alohida  qunt  va  sabotni,  kishilarga  nisbatan  alohida 
e’tibor  va  g‘amxо‘rlikni  talab  qiladi.  Inson  hayotining  bu  nozik  va  murakkab  tomonlari 
bilan  qadriyatlarga  tо‘la  milliy  tarixiy  an’analar  bilan  umuminsoniy,  ma’naviy  boyliklar 
bilan  hisoblashmaslik  jamiyatimizga  qanchadan-qancha  zarar  keltirdi.  Binobarin  bu 
kamchiliklarni tuzatish uchun juda katta mehnat qilish kerak. 
Madomiki,  о‘z  tarixini  bilgan,  undan  ruhiy  quvvat  oladigan  xalqni  yengib  bо‘lmas 
ekan,  biz  haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu  tarix  bilan 
qurollantirishimiz zarur».
14
 
 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling