«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-masalaning bayoni
- 4-masalaning bayoni.
2-masalaning bayoni. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X-sessiyasida: «Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat er osti va er usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir» – deb takidlaydi. (Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori, T., 1997 y.) Shunday ekan, hozirgi mustaqillik davrining dastlabki bosqichlarida yoshlar tarbiyasi hamda milliy kadrlar tayyorlash ishida xalq pedagogikasining ilmiy-tarixiy manbaalaridan 162 unumli foydalanish, uning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni, uning umummilliylik va milliylik kasb etishi dolzarb muammolardan biri ekanligini to‘la tushunib etish vaqti keldi, desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Xalq pedagogikasining ijodkori va shu asosda avlod-ajdodlarimizni barkamol kishilar qilib tarbiyalab kelgan birinchi va to‘ng‘ich pedagog-o‘qituvchi - xalqdir. Ma’lumki, millat o‘z tarixini unutsa, uning milliy pedagogikasi ham o‘z zaminidan ajrab qoladi. Agarda biz xalq pedagogikasi asoslaridan baxramand bo‘lmasak, natijada, yoshlarimiz o‘rtasida turli ko‘rinishdagi axloqsizlik, jinoyat, ma’naviy qashshoqliklar avj olishi, jamiyatimiz uchun ma’naviy tahdidlar kuchayishi mumkin bo‘lib keladi. Shunday ekan bu mumtoz xalq ijodini chuqur o‘rganish birlamchi bo‘libgina qolmay, balki uni insoniy burch deb tushunishimiz kerak. Xalq pedagogikasining asoslanish davrlari shu xalq paydo bo‘lgan davrlardan boshlangan bo‘lib uning qamrovi nihoyatda keng, bag‘oyat serqirra va shu bilan birga juda xam serjilodir. Xalq pedagogikasi xalqimizning ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotining barcha tomonlarini – xalq donishmandligi va odobnomasini, xalq og‘zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo‘nalishlarini, shu bilan birga diniy- axloqiy ta’limotni ham qamrab oladi. Bu pedagogika xalqimizning asrlar davomida to‘plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy etuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini bag‘oyat teran va lo‘nda qilib donishmandnoma tarzida ifodalab kelgan. Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida yozma shaklda etib kelmay, balki asosan xalq og‘zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Qur’onu Karim va payg‘ambarimizning Hadislarida o‘z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og‘zaki tarzda bo‘lib, u har bir avlod unga o‘z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo‘shgan holda bizgacha etib kelgan. Bugungi kunda esa bizning oldimizda shu uzoq asrlar davomida ta’lim-tarbiya qo‘llanmasi, vositasi bo‘lib kelgan xalqimizning pedagogik qarashlarini to‘plash, o‘rganish, uni rivojlantirish shu bilan birga yo‘qolish arafasida turgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni, udumlarimizni, an’analarimizni asrab qolish va yanada tiklash vazifasi turibdi. Shuningdek, xalqimizning oilaviy-maishiy hayoti, ta’lim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yo‘l-yo‘riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa dostonlar, ertaklar, mehnat- mavsum marosim qo‘shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, xikmatlar, qiziq gaplar, qayroqi so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari-marsiya, sadr aytimlar, olqish va qarg‘ishlar, suyush-erkalash qo‘shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmachoqlar, guldur-guplar, sanamalar, o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq laparlar, aytishuv, o‘lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo‘shiqlari, ramazon, boychechak, yomg‘ir, kun-yulduz, suv atimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, «Navro‘z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo‘shiqlari, milliy etnomadaniyatimizning asosiy tarkibini tashkil etadigan dexqonchilik, chorvadorlik, kasb- hunarmandchilik bilan bog‘liq nasriy va nazmiy asarlar, inson, tabiat va hayvonlar dunyosi bilan hamda mifologik qahramonlar obrazlari bilan aks etgan asarlarni mo‘’tadil o‘rganib borishimiz maqsadga muvofiqdir. Xalqimizning mumtoz naqlida azaliy xaqiqat etadi. Inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydi – u birday tug‘iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, ota- ona, oila, maxalla-kuy, qishloq-ovul va nihoyat jamiyat – tuzumdandir. Bunda ajdodlar 163 qoldirgan meros, ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y- harakatlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. Xalqimiz aytadiki, bola boshidan to‘g‘ri tarbiyalansa – u xaqqoniy inson bo‘lib etishadi, egri yo‘lda tarbiyalansa – yomon kishiga aylanadi. Shunga xos bo‘lgan «ko‘chat boshdan, bola yoshdan» maqoli o‘rinli ijod mahsuli bo‘lsa kerak. Bola tarbiyasining ilmiy-nazariy qarashlarida bola tarbiyasining mayda-chuydasi bo‘lmaydi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi; hamma narsa xisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, etti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalqimiz tarbiyani amalga oshirish jarayonida kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutishni talab qiladi, ya’ni tarbiyani o‘tmishni unutmaslik, bugunni qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi. Bu uning xarakterli xususiyatidir. Xalq pedagogikasi bamisoli jonli, kuch-qudratga ega bo‘lgan bir birikmadir. U bamisoli jonli vujud, qaynar buloq, o‘lmas va o‘chmas, doimo rivojlanib, mustahkamlanib, ko‘payib boruvchi ilohiy, mo‘’jizaviy tarbiya sohasidir. U o‘zida xalqning orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, g‘am-g‘ussa-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu – qadr-qimmatlari, maonaviy-maorifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, falsafiy- axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalari va boshqa sifatlarini namoyon etadi. Bu tarixiy meros boshqa xar qanday millat, elat havas qilsa arziydigan oltin merosdir. Xalq pedagogikasining yana bir jihatlaridan qo‘zga tashlanadigan xususiyati – hayot guli va sarvari sanalmish insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. Sharqona va turkona an’analarga tayangan holda xalq pedagogikasi o‘z aksini oilaviy-maishiy sharoitlarda, xalqimizning milliy o‘ziga xos bo‘lgan to‘ylarida, ommaviy bayram-sayllari hamda xalq tantanalarida, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda yaqqol aks etib kelmoqda, xalqimizning sport musobaqalari tantanalarida, kurash, otchoparlik, nayzabozlik, tosh ko‘tarar, arqon tortish v.x. tadbirlarda barchamizning hayotiy normalarimizga kirib qolgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalq pedagogikasi serqirra va sermazmundir. Albatta bu qirralarning asosi xalq ijodiga mansub bo‘lgan qadriyatlardir. Bular: xalq og‘zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘st-birodarlik, ahillik, mexnatsevarlik, kasb-xunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning, yaxshi va yomon so‘zning oqibati, halollik, to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, do‘st-birodarlik, og‘a-inichilik va qon- qarindoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo‘rqoqlik, odob-odobsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, mehmon va mehmondo‘stlik, saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabr-qanoatni va sabrsizlikning oqibati, tajribakorlik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, reja va rejasizlik, me’yor va me’yorsizlik, mas’uliyat va mas’uliyatsizlik, vaqt va fursat, foyda va zarar, sog‘lom tarbiya, tozalik va ozodalik, tabiatni e’zozlash, dexqonchilik va chorvachilik qadriyatlari, hayvonlar, qushlar, er-suvni e’zozlash, kattaga xurmat, yoshga mexr-shafqat, yo‘l va yo‘ldosh, sevinch va g‘am, to‘y va motam, farzand va farzandsizlik, kiyinish, so‘zlashish, yurish-turish, salomlashish, ko‘cha odobi, ovqatlanish madaniyati, muomala, sayoxat qoidalari, uxlash, yuvinish, jamoat va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob o‘qish madaniyati, kattalarga qarashish, uy yumushlarini bajarish, dars tayyorlash, o‘zbek to‘ylari axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi kabi qadriyatlardir. Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq pedagogikasi va uning asosiy manbai xisoblanmish og‘zaki ijod-folklorning inson ma’naviy ustivorligi, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do‘st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, axillik, qadr-qimmati va 164 sha’nini ulug‘lovchi sahifalari rang-barangdir va u bebaho durdonadir. Bu sahifalarning har biri Odobnoma, Ibratnoma deb baholanib kelmoqda. 3-masalaning bayoni. Dunyodagi barcha xalqlar hayotida bayramlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bayramlarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi davrlardan etib kelgan. Bayramlarni nishonlamaydigan inson, oila yoki jamoani topish qiyin. Har bir millat va davlatning umumiy bayramlaridan tashqari, o‘z bayramlari bo‘ladi. O‘zbek xalqining ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, avloddan- avlodga o‘tib, takomillashib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko‘p. Mustaqillik tufayli urf odatlar, marosim va bayramlar ildizi, tarixi, ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o‘rni o‘rganilib, keng nishonlana boshladi. O‘zbek xalqi er yuzida bayramlarga boy xalqlardan biri desak bo‘ladi. Bayram – xalqning shodlik va xursandchilik kunidir. Mahmud Qoshg‘ariy. Biz bayram deganda biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda, kuy-qo‘shiq, xursandlik bilan nishonlashni tushunamiz. Har bir millatning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlari mavjud. Bayramlar insonlarning bosib o‘tgan yo‘llarini chuqur anglashga, g‘alabalardan faxrlanishga, kelajak uchun rejalar tuzishga, ertangi kunga umid bog‘lashga yordam beradi. Shuning uchun ham, bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashadi, yaxshi tilaklar tilaydi. Bayramlar moddiy va madaniy hayotda erishilgan muvaffaqiyatlarning o‘ziga xos namoyishi hisoblanadi. Chunki bayram kuniga bag‘ishlab barcha muassasalar, korxonalar o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladilar. Bayramlarning mohiyati ular mazmuni va g‘oyasiga bog‘liq bo‘ladi. Mazmun, g‘oya har bir bayramning asosini, obrazli qilib aytganda “joni” va “qoni”ni tashkil etadi. Tarixiy jarayonda bayramlar ma’nosi, g‘oyasi xalqning o‘yi, dardi, orzu-umidlari asosida paydo bo‘lgan va o‘zgarib, rivojlanib borgan. Mustamlakachilar ham, mahalliy hukmdorlar ham bayramlarga o‘z g‘oyalarini singdirishga harakat qilgan.Masalan, Navro‘z, Mehrjonga mustamlakachilar o‘z mafkurasini yoki islom peshvolari diniy g‘oyalarini singdirishga intilgan. Qadimda insonlar asosan ovchilik qilib kun kechirganlar. Ovdan ko‘proq o‘lja bilan qaytgan ovchilar xursand bo‘lib, ov jarayonlarini imo-ishora va maxsus harakatlar bilan o‘yin shaklida takrorlashgan. Natijada “ov o‘yinlari” bayram tadbirlari vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar hayotida “ovchilik o‘yinlari” ovdan oldin va keyin o‘tkazilib borilgan. Ovchilik asosida asta- sekin chorvachilik shakllangan. Bronza davrlaridan boshlab, o‘troq dehqonchilik vujudga kelishi va uning rivojlanishi natijasida ikki an’ana: 1) bahorda urug‘ qadash va 2) kuzda hosilni yig‘ib olish marosim bayramlariga aylangan. Markaziy Osiyo xalqlarining asosiy odat, marosim va bayramlari koinot, tabiat, falsafa va mehnat faoliyati bilan bog‘liq, Ajdodlarimiz borliqdagi muhim to‘rt narsa (quyosh, havo, er, suv)ni aniqlash bilan bir qatorda, ular bilan bog‘liq to‘rt ulug‘ kunni ham belgilab, nishonlashga odatlangan. Masalan, tabiat uyg‘onishi, kun-tun tengligi, dala ishlarining boshlanishida navro‘z, yozda – suvga ehtiyoj kuchayganda - Angom (Vaxshangom) (suv bayrami), kuzda- Mehrjon (Chiri-ruj, Nim sarda), qishda eng uzoqtun va qisqa kun bo‘lganda, sovuq kunda (qishki chilla) Sada - Olov bayrami kabi bayramlarni uyushtirishgan. 165 Avestoshunos Meri Boysning yozishicha, qadimda zardushtiylarning quyidagi ettita bayrami mavjud bo‘lgan: 1. Maidyoy – zaremaya – bahor o‘rtasi. 2. Maidyoy – shem- yoz o‘rtasi. 3. Payaitshayxa – g‘alla yig‘ish bayrami. 4. Aytrima – chorvaning yozgi yaylovdan qaytishi. 5. Maiyairya –qish o‘rtasi. 6. Xamaspatmaeda – fravash (ruhlar sharafiga ziyofat berish). 7. “Navro‘z” (Avestocha qanaqa nomlanganligi ma’lum emas). Yuqoridagi bayramlar diniy marosim shaklida o‘tib, ular Axuramazda sharafiga bag‘ishlangan ibodat bilan boshlangan. Ibodatdan so‘ng xursandchilik, o‘yin-kulgi bo‘ladi- gan ziyofat o‘tkazishgan. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududida yashovchi xalqlarning qadimiy bayramlari haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida yozib qoldirgan. Beruniyning yozishicha, Xorazm hududida yashagan xalqlarning ikki turda bayramlari bo‘lgan: 1. Tabiat hodisalariga bag‘ishlanganlari: yil boshi bayrami (navro‘z), ochilish bayram, gulxanda isinish bayrami va boshqalar. 2. Diniy marosimlar (islomgacha bo‘lgan davrda) arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yadigan kun va boshqalar. Ajdodlarimizning qadimgi taqvimi Navro‘zdan boshlangan. Mehnatkash xalq hayotida muhim o‘rin tutgan bahor bayramlari yangi mehnat mavsumi boshlanishidan darak bergan. 4-masalaning bayoni. O‘zbek xalqida yirik ishlarning boshlanishi va yakunlanishi odatda bayramga aylanib ketadi. Yangi hosil mavsumining boshlanishi va ilk urug‘ qadash jarayoni ham dehqonlar hayotida muhim voqea bo‘lganligi bois bayramona kayfiyatda o‘tadi. Aslida bayramlarni nishonlamaydigan inson, oila yoki jamoani topish qiyin. Har bir millat va davlatning umumiy bayramlaridan tashqari, o‘z bayramlari bo‘ladi. O‘zbek xalqining ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, avloddan- avlodga o‘tib, takomillashib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko‘p. Mustaqillik tufayli urf odatlar, marosim vabayramlar ildizi, tarixi, ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o‘rni o‘rganilib, keng nishonlana boshladi. O‘zbek xalqi er yuzida bayramlarga boy xalqlardan biri desak bo‘ladi. Quyida O‘zbekiston bayramlari va muhim sanalar taqvimini keltirib o‘tishni lozim deb topdik: 1 yanvar – Yangi yil bayrami 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni 8 mart – Xotin-qizlar bayrami 21 mart – Navro‘z bayrami 27 mart – Xalqaro teatr kuni 1 aprel – Kulgi kuni 7 aprel – Umumjahon salomatlik kuni 12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni 23 aprel – Mualliflikni himoya qilish va xalqaro kitob Aprelning oxirgi kunlari may oyining boshlanishi – Gul bayrami 9 may – Xotira va qadrlash kuni 166 18 may – Xalqaro muzeylar kuni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 5 iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 23 (25) iyun – Yozgi chilla kirishi. Qadimda bu kunlarda“Suv sayli” bayramlari nishonlangan. 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlar kuni. Avgust oyining uchinchi yakshanbasi – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Havo Floti kuni. 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. Avgust oyining oxiri – Qovun, uzum, anjir kabi meva va poliz ekinlari sayllari va mehnat bayramlari nishonlanadi. 1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni 1 oktyabr – Xalqaro qariyalar kuni 21 oktyabr – Til bayrami 1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni 8 dekabr – Konstitutsiya kuni Dekabr – Hosil bayrami 23 (25) dekabr – Qishki chillaning kirishi. Bayramlarning mohiyati ular mazmuni va g‘oyasigabog‘liq bo‘ladi. Mazmun, g‘oya har bir bayramning asosini, obrazli qilib aytganda “joni” va “qoni”ni tashkil etadi. Tarixiy jarayonda bayramlar ma’nosi, g‘oyasi xalqning o‘yi, dardi, orzu- umidlari asosida paydo bo‘lgan va o‘zgarib, rivojlanib borgan. Ana shunday milliy bayramlarimizdan biri Navruz ayyomidir. “Navro‘z” ning paydo bo‘lishi haqida ko‘plab afsonalar mavjud. Masalan, zardushtiylar davrida ezgulikxudosi Axuramazda (Hurmuz) bahor, yozda, yovuzlik xudosiAnxaramaynyu (Axriman) – kuzda va qishda hukmronlik qiladi, degan qarash mavjud bo‘lgan. Bahorning birinchikunini ezgulik xudosi yovuzlik xudosi ustidan g‘alabaqilgan muqaddas sana, deb bayram qilishgan. Bu sana“Navro‘z” kuniga aynan to‘g‘ri kelgan. Yana bir qadimiy afsonaga ko‘ra, Odam Ato va MomoHavo ilk bor uchrashgan kun “Navro‘z” bayrami deb tanolingan emish. Firdavsiyning “Shohnoma”sida esa yangi yil(“Navro‘z”)ning paydo bo‘lishi shoh Jamshidnomi bilanbog‘lanadi. Jamshid odamlarga yaxshilik qilish maqsadidaularni kasbga o‘rgatadi, temirni eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib, kiyim to‘qitadi, hammom, uy, saroylar bunyod qildiradi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasatadi, bog‘barpo qildiradi. Nihoyat, Jamshidning ishlari gurkirab, meva bergan kunda o‘ziga taxt yasatib, unda osonginako‘tariladi. Bu “Shohnoma”da quyidagicha ta’riflanadi: Taxt ko‘kda charx urar misoli quyosh, Farmondor o‘tirar, unda irg‘ab bosh. Barcha jam, odamlar qarar taxtiga, Jahon qoyil bo‘lib shukuh-baxtiga. Jamshidga sochishar oltinu gavhar, Shu kunni yangi yil – bayram deyishar. Yil boshi Xurmuzu edi farvardin, Dilda na g‘am qoldi, na adovat-kin. Ulug‘lar shodlik-la bazm qurdilar, 167 Yuzlarin cholg‘uga, moyga burdilar. 15 “Navro‘z”ning paydo bo‘lishi haqidagi bu kabiafsonalarni turlicha talqin qilish mumkin. Biroq“Navro‘z”ning qachon va qanday vujudga kelganligini aniqko‘rsatish qiyin. Shunday bo‘lsada, ishonch bilan aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki “Navro‘z” koinot va tabiat qonuniyatlari, ya’ni quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzninguzaya boshlashi, tabiatda jonlanish yuz berishi, bahorningkelishi bilan bog‘liq tarzda ilmiy asoslanib belgilangan. Bu esa har qanday jamiyatda “yil boshi” (qachon kelishidan qat’i nazar) “Navro‘z”ni tabiat bayrami sifatidanishonlash uchun asos bo‘lgan. Aslida “Navro‘z” ibtidoiy jamoa davrida odamlar dehqonchilikka yangi ish mavsumi boshlashdan oldin o‘tkazadigan bahor bayrami sifatidashakllangan. Zamonlar o‘tishi bilan bu bayram takomillashib, unga mos kun aniqlangan. U “yil boshi” sifatidabelgilanib, unga “Navro‘z” (ya’ni, “Yangi kun”) degan nomberilgan, deb taxmin qilish mumkin. Mana shu tariqaNavro‘z bayrami har yili 21 martda nishonlanib kelinadi. O‘rta Osiyo xalqlari, ko‘pgina sharq mamlakatlaridagidek, hozirgi kunda ikki yangi yilni, ya’ni bobolar odati bo‘yicha an’anaviy “yil boshi” – “Navro‘z”ni va Evropaning hamma mamlakatlarida rasmiy qabul qilingan 1- yanvarni yangi yilning kirib kelishi deb bayram qiladilar. Yangi yil butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham qiziqarli va mazmunli bayramga aylanmoqda. Bu bayram turli xalqlarda turli vaqtda nishonlanishidan qat’iy nazar, muntazam ravishda o‘tkazilib turiladigan, muayyan astronomik ritmda erning quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanishi, to‘rt fasllik tabiat yilining yana takrorlanishi kabilar bilan bog‘liq. Bir yilda er quyosh atrofida 940 million km yo‘lni bosib o‘tadi (Bu sekundiga 40 kmdemakdir). Er quyosh atrofini 365 kun 5 soat 48 daqiqa, 46 soniyada aylanib chiqadi. Demak, koinot va tabiat bir martato‘liq aylanib chiqishini nishonlaydigan sana bu – yangiyil bayramidir. Rim imperatori Yuliy Tsezar miloddan avvalgi 46-yilda misrliklar tajribasi asosida yangi Yulian kalendarini yaratgan. Bu kalendarga quyoshning “tug‘ilishi”, kunning uzaya boshlashi, quyoshning qish burjidan chiqib yangi burjga kirishi asos qilib olingan. Biroq, rim konsullari joylarga borib, 1 yanvardan ish boshlashi kerakligi uchun busana yangi yil boshi deb qabul qilingan. 1582 yilda Rim papasi Grigoriy kalendarni isloh qiladi. Chunki Yulian kalendarida har 128 yilda 1 kecha-kunduz yig‘ilib, bu 10 kunni tashkil etadigan edi. Grigoriy kalendarni 10 kun oldinga suradi. Shundan keyinturli mamlakatlarda asta-sekin Grigoryan kalendariga o‘taboshlanadi. Hozirgi davrda u dunyo bo‘yicha qabul qilingankalendar hisoblanadi. Yangi yil bayrami turli xalqlarda turlicha nishonlanadi. O‘zbeklarning azal-azaldan to‘ylari ko‘p bo‘lgan.To‘ylar – orzu-umidlar ushalishi ayyomi sifatida hozir ham davom etmoqda. XX asrning so‘nggi 10 yilligi boshidao‘zbek to‘ylari qatoriga yana bir shodiyona – respublikamiz- ning mustaqillik bayrami kuni qo‘shildi. 1991 yildan boshlab 1 sentyabr kuni eng aziz, eng ulug‘ milliy bayramkuni bo‘lib qoldi. 1 sentyabr mustaqillik kuni sifatida mamlakatimiz miqyosida har yili katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘z qadr-qimmatini, bo‘y-bastini, tili va ma’naviyatini qayta tiklab olishga, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini kamoltoptirishga to‘la- to‘kis asos yaratdi. Mustaqillik bayramio‘zbek xalqining eng muhim an’anasiga aylanmoqda. 15 Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. – Т.: Ғафур Ғулом, 1975 йил, 67 бет. 168 1991 yil 1 sentyabrda ilk bor mustaqillik bayrami O‘zbekistonda nishonlandi. Mustaqillik bayrami kuni xalq ommaviy sayilga chiqadi, barcha viloyatlar va tumanlarda bayram tantanalari katta shodiyona bilan nishonlanadi. Dunyodagi har bir mamlakatda mustaqillik kuni keng miqyosda nishonlanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan bayramlardan tashqari butun dunyo musulmonlarining qadrli diniy bayramilari Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti; O‘simliklar dunyosining o‘sishdan to‘xtab, “uyquga ketishi” va mehnat mavsumi yakunlanishini nishonlashga bag‘ishlangan Mehrjon bayrami; dehqonlarning mehnat mavsumi yakunlanib, ularning bo‘sh paytlari ko‘paygan vaqtda uyushtiriladigan Hosil to‘yi; o‘qituvchilar mehnatini qadrlash, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida ana’anaviy tarzda nishonlanib kelinayotgan O‘qituvchilar va murabbiylar kuni; dunyodagi eng tabarruk zot onalarimizga, hamda mehribon opa- singillarimizga hurmat va ehtiromning eng oliy namunasi ko‘rsatiladigan kun – Xalqaro Xotin-qizlar kuni kabi bayramlar ham mamlakatimizda o‘ziga xos tarzda keng nishonlanib, yosh avlod qalbida eng oliyjanob fazilatlarni kamol toptirilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xulosa qilib aytganda, bayramlar insonlarning bosib o‘tgan yo‘llarini chuqur anglashga, g‘alabalardan faxrlanishga, kelajak uchun rejalar tuzishga, ertangi kunga umid bog‘lashga yordam beradi. Shuning uchun ham, bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashadi, yaxshi tilaklar tilaydi. Zero, bayramlar moddiy va madaniy hayotda erishilgan muvaffaqiyatlarning o‘ziga xos namoyishi hisoblanadi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling