Etnopedagogika fanidan
Download 25.7 Kb.
|
INSHO - копия
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITET MAKTABGACHA TA`LIM ETNOPEDAGOGIKA FANIDAN INSHO Bajardi: 204 –GURUH TALABASI ISTAMOVA ZAYNURA MAVZU : XALQ OG`ZAKI IJODI ,XALQ PEDAGOGIKASI MUHIM MANBAI SIFATIDA REJA: 1. Kirish. 2. Xalq og`zaki ijodi haqda tushuncha. 3. Xalq pedagogikasi manbalari haqida. 4. Xulosa. Tarixga nazar tashlaydigan bolsak, o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiyasohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini hukm surgan paytda ham ma’lum pedagogik mafkura mavjud bo’lganini «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan bilamiz. Xalqimizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlanib, takomillashgan va bu jarayonlar xalq pedagogikasida o‘z aksini topa borgan. Bu haqda yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilde aytganda sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash joizligini ta’kidlaganlar. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turli davrlar mobaynida turmush faoliyati jarayonida to‘plagan boy tajribalari, axloqiy, ma’rifiy, ma’naviy yetuklik borasidagi qarashlari va xulosalarini ifodalaydi, etnologiya, etnografiya, etnopsixologiya va etnopedagogika, qadrshunoslik, qadimshunoslik (arxeologiya), udunishunoslik va xalq og‘zaki ijodining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, ulardagi axloqiy-ma’rifiy g‘oyalami o‘rganadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida minglab avlodlami tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan ilg‘or axloqiy g‘oyalar va tajribani o‘zida umumlashtirgani uchun faqat tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’limtarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi darajasini oshirishni taqozo etayotgan bir paytda ta’lim-tarbiya borasida xalqimiz yaratgan pedagogik qarashlar va g'oyalar, milliy odob-axloq an’analari, milliy qadriyatlami aks ettiruvchi xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish hamda kelgusi avlodga yetkazish bugungi kunning muhim va dolzarb masalasidir. Mazkur o'quv qoMlanma aynan shu masalalarni keng va atroflicha yoritishga moMjallangan. o‘quv qo'llanmada xalq pedagogikasi fanining mazmun-mohiyati, tadqiqot obyekti, manbalari, maqsadi va vazifalari, jamiyatimiz hayotida ushbu fanning tutgan o‘rni va amaliy ahamiyati keng qamrovli yoritilgan. Qo’llanmada xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati, milliy urfodatlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlari, bayram va marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni, xalq pedagogikasida oila tarbiyasi, yoshlami tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta’limotlari, xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy musiqa, qo'shiqchilik, raqs san’ati va milliy teatrlarning axloqiy tarbiyadagi o‘rni, o‘zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy me’yorlari, xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi masalalari alohida boblarda o‘z aksini topgan. Download 25.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling