Etnopsixologiya


Milliy urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi


Download 14.43 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi14.43 Kb.
#1521218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Etnopsixologiya-fayllar.org

Milliy urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi.


  • Milliy urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi.

  • Ular xalqning faoliyati jarayonida tug‘iladi. Har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum norma va yo‘l-yo‘riqlarini yaratadi. Bu norma va yo‘l - yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tishi bilan takrorlanib, urf-odat va an’analarga aylanib qoladi.

  • Shakllangan urf-odat va an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida shaxsning xulq-atvorlarini ijtimoiy jihatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi.

Milliy tuyg‘ular etnopsixologik xususiyatlarni tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam o‘rganilgan soha hisoblanadi.


  • Milliy tuyg‘ular etnopsixologik xususiyatlarni tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam o‘rganilgan soha hisoblanadi.

  • Ijtimoiy hodisalar ichida milliy tuyg‘u o‘zining kelib chiqishi bilan uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Shuning uchun uni o‘rganishda nihoyatda ehtiyotkorlik, ziyraklik va xolislik bilan ish olib borishlik talab etiladi.

  • Milliy tuyg‘ular asosida milliy manfaat va ehtiyojlar, ayniqsa, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini, tinchligi yoki notinchligini ta’minlovchi narsalar yotadi.

  • Milliy tuyg‘ular kishining milliy voqelikdagi barcha narsa va hodisalarga, milliy jarayonlarga, ona tabiatga va zaminga, shuningdek, xalqning tarixi va ma’naviy merosiga, milliy qadriyatlariga bo‘lgan munosabati shaklida namoyon bo‘lib, millat ma’naviy hayotida katta ahamiyatga egadir.

Download 14.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling