European Business School London Regents College

Pul va banklar fani oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan

Download 1.81 Mb.
bet2/6
Sana07.09.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1674005
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish

Pul va banklar fani oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan :

  • Pulning mohiyati va pul muomalasi qonuniyatlarini o‘rganish.
  • Pul aylanmasi va pul tizimi to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish.
  • Kreditning mohiyati va printsiplarini o‘rganish.
  • Kreditning shakllari va turlari hususida to‘liq ma’lumotlarni berish.
  • Bank tizimini mohiyati hususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish.

Pul va banklar fanining zarurati

Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi bo‘lib, zamonaviy sivilizatsiyaning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul va banklarni alohida fan sifatida o‘rganish zaruriyati yuzaga keldi.

Pul va banklar fani iqtisod va moliya yo‘nalishlar uchun eng asosiy tayanch fanlardan biri sanaladi. Fanni o‘rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to‘lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyati bo‘yicha qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o‘rganishning ilg‘or shakllari va usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me’yorlar hisob-kitobi, ularni baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir.

  • Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling