Evolutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari
Download 25.34 Kb.
|
402 BÒM Muxiddinova Sarvinoz
Organizmning fenotipi tashqi muhitning genotipga ko`rsatgan ta’siri natijasida shakllanadi. Genotip faqat irsiy imkoniyat bo`lib, hali voqelikka aylanmaganligi sababli tabiiy tanlanish nazoratidan chetda qoladi. Tanlanish faqat fenotip bo`yicha amalga oshadi. Bunga ikki xil sabab bor. Birinchisi organizmlar o`zaro bir-biridan alohidalashgan individ ekanligi bo`lsa, ikkinchisi har bir organizmda populyatsiyaga mansub belgi-xossalarning turli darajada ifodalanganligidir. Albatta organizmlarning xilma-xilligi tanlanish uchun sharoit tug`diradi. Har bir organizm fenotipi, ko`payish xilidan qat’i nazar, kelgusi naslga berilishi zarur bo`lgan genotipik axborotga ega. Biroq namoyon bo`lgan o`zgarishlari bor organizmlar nasl qoldirgan taqdirdagina ularning genotipik axboroti evolyutsion ahamiyatiga ega bo`ladi. Yashash uchun kurashda organizm genotipining nasldan-naslga berilishi uning fenotipi orqali amalga oshadi. Albatta tanlanish ayrim genlar, xromosomalarning saqlanishi hisobiga emas, balki bir butun organizm fenotipi bo`yicha ro`yobga chiqadi. Agar har bir organizmdagi hujayralar, organlar o`zaro garmonik bog`liq holda ishlashi nazarda tutilsa, u holda fenotipning rivoji faqat tashqi muhitga emas, balki ichki muhitga ham bog`liq ekanligini bilish qiyin emas.
Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling