Evolutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari
Download 25.34 Kb.
|
402 BÒM Muxiddinova Sarvinoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Populyatsiyadagi organizmlarning yoshi.
- Populyatsiya dinamikasi.
Populyatsiya dinamikasi. Abiotik va biotik faktorlarning ta’siri tufayli ham bir populyatsiyaga mansub individlar soni o`zgarib turadi. Angliyaning janubi-g`arbiy qirg`oqlaridagi kichik orolda yovvoyi quyon populyatsiyasi yashaydi. Oziq serob yillari quyonlarning umumiy soni 10000 dan oshadi. Qish qattiq kelgan, oziq kam yillari esa ular ko`plab qirilib ketib, hatto 100 tacha qoladi. Ko`pgina umurtqasiz hayvonlar (pashsha, chivinlar) soni faslga qarab 100000, hatto million marta ko`payib-kamayib turadi. Ayrim vaqtda populyatsiya ichida yaxshi moslashgan mutant formalar hosil bo`lishi ham populyatsiya individlarining soni ortishiga olib keladi.Populyatsiyadagi organizmlar sonining o`zgarib turishiga dastlab S.S.Chetverikov e’tibor berdi va bu hodisani «hayot to`lqini» deb nomladi. Tabiatda hayot to`lqini barcha populyatsiyalarga xos. Biroq ba’zi populyatsiyalarda u birdaniga, boshqalarida esa sekinlik bilan ro`yobga chiqadi. Har bir populyatsiya har xil yoshdagi va jinsdagi organizmlardan iborat. Populyatsiyadagi organizmlarning yoshi. Har bir tur, populyatsiyada yosh tomondan ma’lum nisbat bor. Organizmlarning shaxsiy rivojlanish muddati, jinsiy yetilish vaqti, ko`payish intensivligi bu nisbatga ta’sir ko`rsatadi. Sutemizuvchilar-ning poda bo`lib hayot kechiruvchi yirik formalarida populyatsiya yosh tomondan ancha murakkab bo`ladi. Masalan, oq qorinli delfinlar populyatsiyasi 1 yoshli, 2 yoshli va jinsiy tomondan voyaga yetgan 2—3 yoshli, lekin urchimaydigan formalardan, nihoyat, 4—5 yoshdan, 16—20 yoshgacha bo`lgan urchiydigan formalardan tashkil topgan.
Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling