Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti BO’M 402- guruh talabasi Muxiddinova Sarvinoz REJA: - 1. Mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya
- 2. Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali
- 3. Mutatsiyalarning namoyon bo`lishida genotip va tashqi muhitning o’zaro munosabati
- 4. Organizm evolyutsiya ob’ekti sifatida
- 5. Populyatsiya – evolyutsiyaning boshlang`ich birligi
- 6. Populyatsiyalardagi o`zgaruvchanlikning safarbarlik rezervi
Mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya - Darvin tabiiy tanlanish haqidagi ta’limotini o`zgaruvchanlikning turli formalari mavjud, degan g`oyaga asoslanib yaratgan. U o`zgaruvchanlik formalari orasida nomuayyan va muayyan o`zgaruvchanlikni farq qilgan, o`zgaruvchanlik sabablariga to`xtalib, bunda organizmning tabiati va tashqi muhit ta’sirini ta’kidlab o`tgan edi.
- Genetika fani shakllanishi va rivojlanishi bilan o`zgaruvchanlikning Darvin farqlagan asosiy formalari umuman tasdiqlandi. Endilikda o`zgaruvchanlikning yana yangi formalari — mutatsiya, modifikatsiya, rekombinatsiya kabilar vujudga keldi.
- Evolyutsion ta’limotda hozirgi zamon genetika va ekologiya fanining integratsiyasi natijasida yangi yo`nalish – mikroevolyutsiya jarayonlarini o`rganish sohasi, mikroevolyutsiya haqidagi ta’limot shakllandi. Mikroevolyutsiya deganda, populyatsiya doirasida, tur ichida yuz beradigan evolyutsion jarayonlar tushuniladi. Mikroevolyutsiya to`g`risidagi ta’limotga Y.Xardi, S.S.Chetverikov, F.G. Dobjanskiy, Dj. Geksli, Fisher va boshqa olimlar asos solganlar. Mikroevolyutsiya haqida gapirilganda mikroevolyutsiya evolyutsiyaning boshlang`ich materiali, ob’ekti, biologik omillarini farqlantirish lozim.
«Mutatsiya» so`zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi. - «Mutatsiya» so`zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi.
- A.Dyushen De Friz
Do'stlaringiz bilan baham: |