Evolutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari


Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi


Download 25.34 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi25.34 Kb.
#1830507
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
402 BÒM Muxiddinova Sarvinoz

Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi. 

  • Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi. 
  • Populyatsiya deyilganda, izolyatsiya — alohidalanishning har xil darajadagi bosimi tufayli qo`shni organizmlar guruhidan ajralgan, qiyinchiliksiz u yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya), uzoq vaqt ichida ma’lum makonda tarqalgan, bir turga mansub individlar yig`indisi tushuniladi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirada bir xil tarqalmagan bo'lib, ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarda esa zich joylashgan. Chunonchi, qayin G'arbiy Sibirning o'rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida tarqalgam Bir turga kiruvchi individlarning arealda bir xil tarqalmasligi, turli yerlarda hayot sharoitining har xil bo'lishidandir. Populyatsiya deyilganda bir tur tarqalgan arealning ma'lum qismida joylashgan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan, urchib ko'paya oladigan individlar yig'indisi tushuniladi. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanish mumkin bo'lgan organizmlarning kichik yig'indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular uzoq mud-dat shunday holatda bo'lmay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populyatsiyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joy-lardagi turlarda populyatsiyalar soni ko'p, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan awalo egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Chunonchi, tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o'n metr bo'lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.

Evolyutsiya ayrim organizmlarga emas, balki populyatsiyalarga taalluqlidir. Ma’lum territoriyada joylashgan individlar soni, tarqalish zichligi, yoshini, populyatsiyaning xarakterli belgilari qatoriga kiritish mumkin. Populyatsiya turg`unligi tarixiy jarayonda tarkib topgan, ko`payish usuli, organizmlarning ma’lum muddatda almashib turishi mutatsiya va kombinativ o`zgaruvchanlik tufayli strukturasining o`z-o`zidan boshqarilishi orqali amalga oshadi. Klonal populyatsiyalar bo`linish yoki vegetativ usulda ko`payish orqali bunday turg`unlikka erishadi. Populyatsiyalarga ekologik jihatdan harakteristika berilganda, ularning makonda joylashish hajmi, individlar soni, yosh va jins strukturasi va dinamikasi diqqat markazida turadi. Populyatsiya egallagan makon boshqa turlarda va bir turning o`zida har xildir. Masalan, Yevropaning o`rta mintaqasida nisbatan bir xil joydagi aralash o`rmonning ma’lum bir territoriyasida son jihatdan uncha ko`p bo`lmagan daraxtlar, butalar, ko`p yillik o`tlar chetdan changlanish uchun shu turning boshqa individlar gruppasidan unchalik uzoq bo`lmagan masofada o`sadi. Bunday individlar guruhi nisbatan katta bo`lmagan arealga ega bo`lgan alohida populyatsiyani tashkil etadi. Holbuki, boshqa joyda, masalan o`tloqda qandaydir mayda o`tlar yoki o`rmonda qora qarag`ay, archa populyatsiyasi juda katta (yuz gektarlab) arealni egallaydi. Populyatsiya arealining kengligi ko`p tomondan individlarning aktivlik darajasiga bog`liq. Agar organizmlarning individual aktivlik radiusi tor bo`lsa, populyatsiya egallagan areal ham keng bo`lmaydi. O`simliklarda individual aktivlik radiusi yangi nasl hosil qilish uchun chang, urug` yoki vegetativ qismlarning tarqalish masofasiga bog’liq.

  • Evolyutsiya ayrim organizmlarga emas, balki populyatsiyalarga taalluqlidir. Ma’lum territoriyada joylashgan individlar soni, tarqalish zichligi, yoshini, populyatsiyaning xarakterli belgilari qatoriga kiritish mumkin. Populyatsiya turg`unligi tarixiy jarayonda tarkib topgan, ko`payish usuli, organizmlarning ma’lum muddatda almashib turishi mutatsiya va kombinativ o`zgaruvchanlik tufayli strukturasining o`z-o`zidan boshqarilishi orqali amalga oshadi. Klonal populyatsiyalar bo`linish yoki vegetativ usulda ko`payish orqali bunday turg`unlikka erishadi. Populyatsiyalarga ekologik jihatdan harakteristika berilganda, ularning makonda joylashish hajmi, individlar soni, yosh va jins strukturasi va dinamikasi diqqat markazida turadi. Populyatsiya egallagan makon boshqa turlarda va bir turning o`zida har xildir. Masalan, Yevropaning o`rta mintaqasida nisbatan bir xil joydagi aralash o`rmonning ma’lum bir territoriyasida son jihatdan uncha ko`p bo`lmagan daraxtlar, butalar, ko`p yillik o`tlar chetdan changlanish uchun shu turning boshqa individlar gruppasidan unchalik uzoq bo`lmagan masofada o`sadi. Bunday individlar guruhi nisbatan katta bo`lmagan arealga ega bo`lgan alohida populyatsiyani tashkil etadi. Holbuki, boshqa joyda, masalan o`tloqda qandaydir mayda o`tlar yoki o`rmonda qora qarag`ay, archa populyatsiyasi juda katta (yuz gektarlab) arealni egallaydi. Populyatsiya arealining kengligi ko`p tomondan individlarning aktivlik darajasiga bog`liq. Agar organizmlarning individual aktivlik radiusi tor bo`lsa, populyatsiya egallagan areal ham keng bo`lmaydi. O`simliklarda individual aktivlik radiusi yangi nasl hosil qilish uchun chang, urug` yoki vegetativ qismlarning tarqalish masofasiga bog’liq.

Download 25.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling