Evolyutsion g`oyalarni rivojlanish tarixi. Evolyutsion nazariya fanining maqsad va muammolari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Reja


Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari


Download 90.5 Kb.
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1220582
1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar mavzusi

Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari.
Evolyutsion nazariyani tadqiq qilish ikkita prinsipga asoslanadi. Ulardan biri tarixiy prinsip. Bu prinsipga ko’ra, o’tgan davrlarda organik olamda sodir bo’lgan voqea-hodisalarni o’rganish asosida hozirgi davrda yashayotgan tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aktualizm hisoblanadi, mazkur prinsipga muvofiq, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishini va funksiyasini o’rganish asosida qadimgi davrlarda organik olamning rivojlanishida ro’y bergan hodisalar haqida mulohaza yuritiladi.
Evolyutsiya jarayonini o’rganish usullari.
Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish taqqoslash usuldan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda, biologiyaning ko’p sohalarida taqqoslash usulidan keng foydalaniladi. Chunonchi, anatomiya yordamida organizmlar tuzilishidagi o’xshashlik va farqqa qarab, ular o’rtasidagi qon-qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o’xshash, taqqoslash usuli embriologiyada ham qo’llaniladi va turli organizmlar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagi o’xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki har xil tarmoqdan tarqalganligi to’g’risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekulyar biologiyada ham keng qo’llanilmoqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulalarini taqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanmoqda.
Evolyutsion ta’limotning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
Evolyutsion ta’limot metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya’ni molekula darajasidan to biosfera darajasida bo’lgan biologik sistemalarda sodir bo’ladigan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni o’rganadigan fandir. U mazmuniga ko’ra sintetik xarakterga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fanlari — botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, bioximiya, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, molekulyar biologiya, ekologiya, seleksiya, chorvachilik, o’simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Evolyutsion ta’limotning muayyan fan sohalari bilan bog’liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida to’plangan dalillarni xulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning sohalari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Yirik evolyutsionist K. A. Timiryazev o’simliklar bilan hayvonlarning hayoti to’g’risidagi fanlar faqat evolyutsion ta’limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, deb ta’kidlagan edi. I. I. Mechnikov shamollash jarayoni va immunitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtai nazardan yondoshilganda to’g’ri hal etilishi mumkin, degan. To’g’ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va eksperimental morfologiya, fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi, evolyutsion ta’limotning ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo’llaniladi. Evolyutsiya jarayonini o’rganishda yuqoridagilardan tashqari, tabiiy populyatsiyalarni har tomonlama tahlil qilib, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o’zgarishini aniqlash, uni eksperimental sharoitda tadqiq qilish usullaridan foydalaniladi. Bu evolyutsion ta’limotning xususiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Evolyutsion ta’limot barcha biologiya fanlari yutug’ini o’zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zaminida rivojlanadi. Biroq qayd qilingan faktlar evolyutsion ta’limotning kelgusi rivojlanishini to’liq ta’minlay olmaydi. Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xarakterda bo’lib, materiallarni bir tomonlama qamragan fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Evolyutsion ta’limotda esa turli biologiya bilimlarining sintezi namoyon bo’ladi.
Evolyutsion ta’limot faqat boshqa biologiya fanlarida to’plangan dalillarni umumlashtirish, xulosalash bilan cheklanmay, balki o’zi ham, shu fanlardan mustasno, turli muammolarni hal etadi.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling