E’zoza Mirobid qizi Xushvaqtova
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 280.55 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro-amirligi-sud-sohasiga-oid-ba-zi-mulohazalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119 Academic Research, Uzbekistan 116 www.ares.uz va jinoiy ishlar Qur’on asosida ko’rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko’ra qozikalon tomonidan tayinlangan. Shariat bo’yicha boshqaruv qozilar qo’lida bo’lgan. Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo’lishi bilan birga, davlatdagi bosh qozilar boshlig’i hisoblangan [7, C.288 ]. Buxoro amirligida qozilikka quyidagi asosiy talablar qo’yilgan: musulmon erkak kishi bo’lmoqligi, erkin, voyaga yetgan, oilali, jismoniy kamchiligi mavjud bo’lmagan, fiqh ilmini mukammal bilishi, hayotiy tajribaga ega bo’lgan, arab tilini biladigan hamda badnom fuqaro bo’lmasligi kabilar. Sadriddin Ayniyning fikriga ko’ra, bunday talablarga faqatgina Buxoro madrasalarida 19-yil davomida bilim olgan bitiruvchilar javob bera olishlari mumkin edi [2, C.138-141]. Zaruriyat tug’ilgan hollarda qozi qozilik talablariga javob beradigan fuqarolardan bir yoki bir necha o’rinbosarlarni tayinlar edi [21, C.138 ]. Ayollar qozilik lavozimiga tayinlanishmagan. Qozi muayyan bir ish bo’yicha jarima, qamoq va kaltaklash kabi jazolarni tayinlash huquqiga ega bo’lib, og’ir jinoyatlarni (odam o’ldirish, bosqinchilik, talonchilik) sodir etgan shaxslarga nisbatan o’lim jazosini hal qilish yoki avf qilish masalasi bevosita amir tomonidan hal qilingan. O’lim jazosiga hukm qilish qozi tomonidan tuzilsada, amir uni faqat tasdiqlagan yoki rad etgan [24, C.62 ]. MUHOKAMA VA NATIJALAR Buxoro amirligida sud ishlarini olib borishning alohida xususiyati shunda ediki, qozilar har bir ishni muayyan to’lov evaziga ko’rib chiqqanlar. Odatda qozilar sud majlislarini masjidlarda olib borsalarda, ko’p hollarda ularga o’z uylarida ishlarni ko’rib chiqib, tahlil qilish va muzokaralar olib boorish yo’lga qo’yilgan. Nizolar ko’p jihatdan suv taqsimotidagi kamchiliklar, soliqlar, bojlar va boshqa turli xil to’lovlarni undirish kabi masalalardan kelib chiqqan [6, C.77 ]. Davlat boshlig’iga ariza va murojaatlar har haftada ikki marotaba taqdim etilgan. Murojaatlar ikki shaklda amalga oshirilgan. - Ommaviy arz - aholi uchun saroyda o’tkazilgan. Ushbu ommaviy arzni boshlanish muddati bir-ikki soat oldin jamoatchilikka e’lon qilinib, unga ko’ra ariza va murojaatlari bo’lgan har qanday fuqaro arkka hozir bo’lishi mumkin bo’lgan; - Da’vogarlar davlat boshlig’ining saroydan chiqib ketish vaqtida murojaat etishlari mumkin [ 18, C.24 ]. Amirlikda amir ariza va murojaatlarni ko’pincha Buxoro arkida, ba’zan esa saroy minorasi oldida muhokama etgan [6, C.32 ]. Bizga ma’lumki, islom huquqida isbot etish ta’limotlari qiyosiy usulda tahlil etilib, batafsil o’rganilgan. Buxoro |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling