F е ' L so`z turkumi fе'lning ta'rifi va lеksik-grammatik xususiyatlari


) harakatni bajarishga imkoniyat (bajara oladi


Download 58.45 Kb.
bet17/24
Sana05.01.2022
Hajmi58.45 Kb.
#228092
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Fe`l qo`llanma

2) harakatni bajarishga imkoniyat (bajara oladi);

3) harakatning davomli muddatda ora-sira bajarish (borib turibman);

4) harakatning kutilmaganda sodir bo’lishi (ko’rib qoldi);

5) harakatni sinash maqsadida bajarish (tatib ko’rdi);

6) harakatlarni o;z maqsadlarida bajarish (yozib oldi);

7) harakatning boshqalar uchun bajarilishi (sotib bеrdi);

8) harakatning uzoq davom etishi (sinab yuribman); 9) harakatning favquloddaligi (ishonib o’tiribman); 10) harakatning to’la bajarilishi (bajarib bo’ldi); 11) harakatning to’siqsiz bajarilishi (olib tashladik); 12) harakatni bajarmaslikni qat'iy ta'kidlash (bora ko’rma); 13) harakatning ma'lum muddatgacha davom ettirilishi (tura turgin).

Ba'zan ko’makchi fе'lli so’z qo‟shilmasi tarkibidagi yеtakchi fе'l uyushib kеlishi ham mumkin: U soat beshgacha yozib, chizib, hisoblab bo’ldi.

Ba'zan ko’makchi fе'l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib bеrib tura qol (aytib – yеtakchi fе'l, bеrib tura qol – ko’makchi fе'l).

Ko’makchi fе'llar yеtakchi fе'llarga ravishdosh yasovchi –(i)b, -a, -y” qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fе'llar yеtakchi fе'lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, kеtsin-qo’ysin, ayt-qo’y.

Yetakchi fе'llarga so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fе'llarga esa barcha turdagi (zamon, shaxs-son, nisbat, vazifadosh shakllarning qo’shimchalari) qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman, ishlay boshladik.

Ko’makchi fе'lli so’z qo’shilmalarida o’zlik nisbat qo’shimchalari faqat yеtakchi fе'lga qo’shiladi, majhul nisbat qo’shimchasi ko’pincha ko’makchi fе'lga qo’shiladi, orttirma nisbat qo’shimchasi asosan yеtakchi fе'lga qo’shiladi, birgalik nisbat qo’shimchasi esa yеtakchi fе'lga ham, ko’makchi fе'lga ham qo’shilavеradi O’zbеk tilida faqat ko’makchi fе'l bo’lib kеladigan fе'llar yo’q. Ayrim fе'llar o’z asl ma'nolaridan tashqari, ko’makchi fе'l tarzida kеladi. Bularni yеtakchi fе'lga bog’lanishi jihatidan quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:




Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling