86. Kuyindi, kuyundi so’zlari o’zaro qanday farqlanadi?
A) kuyundi – fe’l, kuyindi – ot
B) kuyindi – fe’l, kuyundi – fe’l
C) kuyindi talaffuz qilindai, kuyundi yo’ziladi
D) kuyundi talaffuz qilinadi, kuyindi yoziladi
E) bir so’zning ikki xil yozilishi.
87. Aniq nisbat shaklidagi o’qi fe’lidan quyidagi qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat yasab bo’lmaydi?
1.-t 2.-dir 3.-tir 4.-giz 5.-qaz
A) 2,3,4,5
B) 2,3
C) 5
D) 2,5
E) 2,4,5
88. Quyidagi omonim so’zlardan qaysi biri tuslovchi qo’shimchalarni qabul qilmaydi?
A) tom (uyning tomi)
B) tom (asarning tomi)
C) tom (tom ma’no)
D) A va B
E) A,B va C
89. Qaysi nisbatdagi fe’llar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi?
A) orttirma nisbat
B) birgalik nisbat
C) o’zlik nisbat
D) majhul nisbat
E) aniq nisbat
90. Quyidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) bir fe’l negizidan turli nisbat hosil qilish mumkin
B) bir fe’l negiziga bir xil nisbat yasovchi qo’shimchalar ketma-ket qo’shilishi mumkin
C) bir fe’l negiziga turli nisbat yasovchi qo’shimchalar ketma-ket qo’shilishi mumkin.
D) A va B
E) A,B va C
91. Bu dori suvda ivitilib, qiyom bilan ichiladi. Ushbu gapda fe’lning qaysi nisbat qo’shimchalari mavjud?
A) o’zlik, aniq, majhul nisbatlar
B) o’zlik, orttirma, majhul nisbatlar
C) aniq, majhul nisbatlar
D) orttirma, majhul nisbatlar
E) majhul nisbat
92. Qaysi fe’l nisbati hosil qiluvchi qo’shimchalar nutqda o’zidan keyin shakl yasovchi qo’shimchasiz qo’llanmaydi?
A) barcha nisbat yasovchi qo’shimchalar
B) o’zlik, birgalik, majhul nisbat yasovchi qo’shimchalari
C) o’zlik va majhul nisbat yasovchi qo’shimchalar
D) birgalik va majhul nisbat yasovchi qo’shimchalar
E) majhul nisbat yasovchi qo’shimchalar.
93. Iya, jiyan, o’zlari-ku, kelsinlar, kelsinlar, sog’-salomat bormilar? Ushbu gapda qo’llangan shaxs-son qo’shimchasini vazifasi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) 3-shaxs ko’plik shakli 3-shaxs birlik ma’nosida qo’llangan
B) 3- shaxs ko’plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo’llangan
C) 3-shaxs ko’plik shakli 2-shaxs ko’plik ma’nosida qo’llangan
D) 2-shaxs ko’plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo’llangan.
E) shaxs-son qo’shimchasi o’z ma’nosida qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |