F I. sh guruhi


Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o’zlik nisbatini hosil qilish mumkin?


Download 138.77 Kb.
bet12/14
Sana19.06.2023
Hajmi138.77 Kb.
#1626776
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14. Morfologiya fe‘l - для слияния

94. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o’zlik nisbatini hosil qilish mumkin?
A) uxlamoq
B) sug’ormoq
C) kesmoq
D) tashlamoq
E) berilgan so’zlardan o’zlik nisbati yasab bo’lmaydi.
95. –r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qilishda quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi?
A) –t, -tir, -dir
B) –t, -dir
C) –tir, -dir
D) –t
E) –dir.
96. –t qo’shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilishi mumkin emas?
A) unli tovush bilan tugagan so’zlardan
B) r undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan
C) y undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan
D) y, r undoshlari bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlardan
E) undosh bilan tugagan so’zlardan.
97. Quyidagi fe’llardan qaysi biridan –dir qo’shimchasi orqali orttirgan nisbat hosil qilish mumkin?
1.o’qimoq 2.ko’zimoq 3.ko’nmoq 4.quvonmoq
A) 1,2,3,4
B) 1,2,3
C) 1,3
D) 2,3
E) 3
98. so’ra fe’lidan quyidagi qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat yasash mumkin?
1.-t 2.-dir 3.-tir 4.-giz 5.-qaz
A) 1,2,3,4,5
B) 1,3,4
C) 1,2,3
D) 1,3
E) 1
99. Qaysi qatorda majhul nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) yasadi, yutdi
B) yasandi, yutindi
C) yasaldi, yutildi
D) yasashdi, yutishdi
E) yasatdi, yuttirdi
100. Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq ma’nosi mvjud bo’ldi?
A) 1-shaxs birlik va ko’plikda
B) 2-va 3-shaxslarda
C) 2-shaxsda
D) 3-shaxsda
E) buyruq-istak maylining barchasi.
101. Qaysi nisbatda fe’llar ish-harakatning boshqa shaxs yoki vosita bilan bajarilganligini bildiradi?
A) majhul nisbat
B) o’zlik nisbat
C) birgalik nisbat
D) orttirma nisbat
E) aniq nisbat.
102. Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan?
A) kiyintirishdi
B) yozdirgizdim
C) chaqirtirildi
D) keltirilgan
E) berilgan fe’llarning barchasi orttirma nisbatdagi fe’l hisoblandi.

Download 138.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling