50. Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.
A) o’qisam, borsak, ko’rmas
B) bildirmoqchi, chaqirmoqchiman, ishlamoqchimiz
C) ishlay, boraylik, aytsin
D) isidi, ketadi, o’qiyapti
E) bilgan, kelgan edim, yashnatibsiz.
51. Shart maylidagi fe’llarni toping.
A) tozalaysan, yig’ishtirasan, tushuntirasan
B) ochilsa, ko’rsangiz, sezmasak
C) unutma, uyg’otma, shoshilmaylik
D) boryapman, eriyapti, qatnayapti
E) ketmoqdaman, kuzatmoqdaman, foydalanmoqdamiz.
52. Biz teatorga bormoqchimiz. Ushbu gapning kesimi qaysi mayldagi fe’l bilan ifodalangan?
A) buyruq-istak
B) ijro (xabar)
C) maqsad
D) shart
E) shartli
53. Harakatning so’zlovchi tomonidan bajarilishini bildiradigan fe’l shakllari qaysi qatorda?
A) keldi, o’qidi, yozdi
B) bording, sug’ording, olding
C) kutdim, ko’rdim, aytdik
D) ishladingiz, unutdingiz, kuyladingiz
E) olgansan, qarashgansan, egallagansan.
54. Qaysiq qatordagi fe’l hozirgi zamnni bildiradi?
A) yugurib turibdi
B) o’qib chiqibdi
C) alqab yuboribdi
D) kulib gapiribdi
E) sayrab qolibdi.
55. Fe’lga xos grammatik kategoriya (xususiyat)lardan qaysi biri sintaktik munosabat ifodalashga xizmat qiladi?
A) shaxs-son qo’shimchalari
B) nisbat va mayl qo’shimchalari
C) zamon qo’shimchalari
D) A va C
E) fe’lning barcha kategoriyalari sintaktik munosabat uchun xizmat qiladi.
56. Quyidagi gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan? Bugun 62-poezd bilan Buxoroga jo’nab ketyapman.
A) o’tgan
B) hozirgi
C) kelasi
D) hozirgi va kelasi
E) zamon ma’nosi ifodalanmagan.
57. Fe’llardagi tuslovchi 1-shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari –m, -q fe’l o’zak-negizga qay tarzda qo’shiladi?
A) zamon yasovchi-di qo’shimchasidan so’ng.
B) mayl yasovchi- sz qo’shimchasidan so’ng
C) o’zak-negizga to’g’ridan-to’g’ri
D) A va B
E) A,B va C
Do'stlaringiz bilan baham: |