Sezgi a'zolarining o’ziga xos quwati - sezgi a'zolaming rnaxsus quwati haqidagi qonun bo’lib, bu qonunga binoan sezgi a'zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalaming ta'sirini aks ettirmay, balki sezgi a'zolarining o’ziga xos quwatini qo’zg’ovchi tashqi turtki deb hisoblanadi (M.Myuller).
Sezgi chegarasi - sezgining mutloq chegarasi. Minimal kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchining bilinar - bilinmas ta'sirini sezishga sezgining kuchi chegarasi, qo’zg’ovchining eng yuqori kuchga ega bo’lgan ta'sirini sezishga - sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi.
Sezgirlik - o’ta sezuvchanlik, sezgi a'zolarining o’ziga ta'sir etib turgan qo’zg’ovchilaming salgina yoki unchalik farq qilmaydigan ta’sirini ajrata olish qobiliyati.
Proprioreseptiv sezgilar (lot. proprius - xususiy, maxsus, recipere - qabul qilmoq) - tananing turli qismlaridagi holatlardan va ulaming harakatlari dan darak beruvchi sezgilar.
Sensibilizasiya (lotin. sensibilis - sezuvchan) - ichki omillar ta'siri natijasida analizatorlar sezgirligining ortib ketishi.
146
Sensor sezgilar (lot, sensus - sezgi, his) - sezgi a'zolariga taalluqli sezgilar. ensorika sezgi va idrokni umumlashtiruvchi tushunchadir.
Sinesteziya (yunon. sineistcsus - birgalikda sezish) - turli xildagi sezgilaming ’zaro ta'siri natijasida qo’shilib ketishi, (jumladan, eshitish va ko’ruv sezgilari va .k.)
Ta'm bilish - sezgi turi (shirin, achchiq - chuchuk, tuzli). Analizator til ’zagidagi nerv tugunlari hamda bosh miya po’stloq qismidagi ta'm bilish larkazidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |