F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet97/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Og’riq sezgilar;

  • chanqoq sezgilari; v) noxush tuyg’ular; g) ochlikni sezish.

    Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
    Sezgilarning yuzaga kelishi ma’lum qonuniyatlaming asosida yuz beradi. Sezgilar biror bir sezgi a'zosining qo’zg’alishidan hosil bo’ladi. Qo’zg’atuvchi reseptorga ta'sir etishi bilanoq sezgi hosil bo’lmaydi. Qo’zg’atuvchi ta'sir eta boshlagandan bir necha vaqtdan key in sezgi hosil bo’ladi. Lekin sezgilarning har xil turlari faqat o’ziga xosligi bilan emas, balki ular uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar bilan ham ifodalanadi. Sezgilarning sifati, jadalligi uzoq davom etishi va ko’p joylarda yuz berishi ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. quyida sezgilarning xususiyatlari yaqqol ifodalangan.
    Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o’zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo’rligi bilan farq qiladi va hokazo.
    140
    Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo’lib, ta'sir kelayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va reseptoming funksional holati bilan belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U ham sezgi a'zosining fimksional holati bilan lekin asosan qo’zg’atuvchining ta'sir qilish vaqti va ta'siming jadalligi bilan belgilanadi. Qo’zg’atuvchi sezgi a’zosiga ta'sir qilishi bilanoq sezgi hosil bo’lmaydi, balki bir oz vaqt o’tgach hosil bo’ladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi uchun turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo’lsa, og’riq sezgisi uchun 370 millisekundan iborat.
    Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo’zg’atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilaming quyi chegarasi analizatoming ibsolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan, Igramrn qandni 1 piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi. 0.1 sm qog’ozni qo’l kaftiga qo’yilsa, uning og’irligi >ezilmaydi. Sezgi chegarasining me'yori qanchalik kichik bo’lsa, mazkur malizatoming sezgirligi shunchalik yuksak bo’ladi.
    Formulasi E = 1 PI ”
    E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori.
    Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov 1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek. kishining ko’zlari to’r pardagi bor /o’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yoruqlikni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga sgamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va sshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid juwat talab qilinadi.
    Analizatoming mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori ;hegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb jo’zg’atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko’rsatayotgan jo’zg’atuvchiga aynan o’xshaydigan sezgi hosil bo’ladi. Bizning reseptorlarimizga a'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilar kuchining yana ham oshishi og’riq sezgisini hosil jiladi.
    Sezgi a'zolari yordamida u yoki bu qo’zg’atuvchining faqat bor yo yo’qligini jayd etmasdan, balki qo’zg’atuvchilaming kuchiga va sifatiga qarab farqlay Dlishimiz mumkin. Sezgilar o’rtasidagi bilanar-bilinmas farqni hosil qiluvchi ikkita jo’zg’atuvchi o’rtasida mavjud bo’lgan minimal farq ajratish chegarasi yoki tyirma chegarasi deb ataladi.
    Nemis fiziologi E.Veber (1795-1878) kishining o’ng va chap qo’llarida co’tarib turgan ikkita narsaning qaysi biri og’irroq ekanligini aniqlay bilish jobiliyatini tekshirar ekan, farq ajratish sezgirligi mutloq emas, balki nisbiyligini jayd etgan edi. Bundan qo’shimcha qo’zg’atuvchining asosiy qo’zg’atuvchiga lisbatan doimiy o’lcham bo’lishi kerak, degan ma'no kelib chiqadi. Jumladan, qo’lda 100 gramm og’irlikdagi yuk turgan bo’lsa yukning bilinar-bilinmas og’irligini jayqash uchun og’irlik 3.4 gramm atrofida oshirilishi kerak. Yukning og’irligi 1000 jramm bo’lgan taqdirda esa sezgi hosil qilishida salgina farq sezishi uchun og’irlik
    141
    33.3 gramm chamasi oshirilishi kerak. Shunday qilib, ilk qo’zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham shunchalik katta bo’lishi lozim.
    Farqlanishning boshlanishi mazkur analizator uchun doimiy bo’lgan nisbiy
    1
    o’lchash bilan belgilanadi. Ko’rish anaJizatori uchun bu nisbat taxminan 100 ni,
    eshitish analizatori uchun 10 ni, taktil analizatori uchun, 30 ni tashkil etadi. Bu holatni tajriba yo’li bilan tekshirish uning faqat o’rtacha kuchga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar uchun urinish ekanligini ko’rsatadi.
    Nemis fizigi G.Fexner (1801-1887) Veber o’tkazgan tajribalarda olingan ma'lumotlarga asoslanib, sezgilaming jadalligi qo’zg’atuvchining kuchiga bog’liqligini quyidagicha shaklida ifodalangan edi.
    S = KLgj +C
    Bunda S - sezgining jadalligini, j - qo’zg’atuvchining kuchini, К va С konstantlar o’zgarmas, doimiyligi va miqdorlami bildiradi. Asosiy psixofizik qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi qo'zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo'zg'atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilaming jadalligi arifmetik progressiya yo "li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi.
    Ayirma sezuvchanlik yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish chegarasining o’lchamiga nisbatan teskari bog’lanishda bo’ladi; farqlanish chegarasi qanchalik katta bo’lsa, ayirma sezuvchanlik ham shunchalik kam bo’ladi.
    Sezgilar chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatoming sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri ostida o’zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya (moslashish) hodisasi alohida o’rin egallaydi.
    Adaptasiya - yoxud moslashuv - sezgi organlari sezgirligining qo’zg’atuvchi ta'siri ostida o’zgarishi demakdir.
    Adaptasiya (yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:


    1. Download 0.68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling