Idrokning konstantligi - (lot. constantis - o’zgarmas, doimiy) - idrok sharoiti o’zgarsada, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlaming (ulaming shakli, rangi, hajmi) nisbatan o’zgarmasligi, turg’unlik holati.
Idrokning predmetlittgi - jamiki olamdan olingan ma'lumotlami - axborotlami ichki olam ob'ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi - idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlami, ulaming belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat.
Illyuziya - (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi.
Kuzatuvchanlik - shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonnda narsalami kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo’ladi.
Perseptiv harakatlar (lot. regsertio - idrok etmoq) - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birligi, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.
162
Perseptiv tizim - idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi anaiizatorlar yig’indisi.
Predmetlilik (idrokda) - ob'ektivlashtirish holati, unda tashqi olamdan olinadigan ma'lumotlar qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning haqiqiy buyum va narsalami qabul qilishini ta'minlaydi.
Tanlovchanlik - idrokning xususiyati, buni shaxsning yo’nalishi yoki uning tajribasini belgilab beradi.
Tuyush - idrok turlaridan biri, bu taktil va muskul - harakat sezgilaridan iborat. Fazoni idrok qilish - voqelikdagi narsa va hodisalaming fazoda tutgan o’mini, shaklini, miqdorini uch o’lchov asosida (balandlik, kenglik, uzunlikda) bevosita aks ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |