F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet33/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

y^^Faktli ma'lumotlami yig'ish
t— -Nva aniqiangan ta'minlovchi
jturlari. Buning uchun /turli metodlardan > ^-^ioydalaniladi va bos- r A qichlarga ajratiladi.


ayyorlovchi bosqich - ma'lum masaladagi savollami j’rganish ishchi farazni o’rganish tadqiqot metodikalarini ishlab chiqish.
Наг bir fan taraqqiyotining asosiy sharoit!aridan biri uning malum darajada numkin qadar obektiv. aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod - uslubning -nanosi biror narsaga borish yo’li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlaming turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot metodlarini ilmiy iihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G.Ananev mazkur metodlami xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan.
' B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o’rgangan:
\) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;

  1. emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat nahsulini o’rganish metodi, biografiya, sosiometriya;

V) natijalarni qayta ishiash void statistik metodlar;
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.

  1. G.Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko’ra, tadqiqot ishlarida Ebydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday Do’lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turiami qamrab oladi.
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki ■cichik guruhlami hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash uchun,
medisina psixologiyasida - sog’lom va bemor kishilaming psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilaming holati, o’quvliligini va ishchanligini o’zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi.
Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlaming bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlami o’zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslaming tafovutlari va o’ziga xosligini o’rganishda qo’llaniladi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smimov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Galperin va ulaming shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V.Shtem, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli Hasan - Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillaming o’ziga xosligir.i ob'ektiv shart - sharoitlari va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta'siri o’rganiladi. Chunonchi egizaklaming o’xshashligi va tafovuti, ta'sirlanishi, his-tuyg’uni o’zgarishi kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo’yicha ma'lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi.
Kompleks metodi yordamida o’rganilgan ob'ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlami o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta'sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalami qayta ishlash bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo’linadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
/ Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlaming rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatiaroing namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug’iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog’liqligi ildizi aniqlanadi.
^Donalash metodi tadqiqot ob'ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlardagi o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta'sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin
52 l/"
lisoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati lohida ta'kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Empirik metodlar guruhi o’z navbatida ikkiga, ya'ni asosiy va yordamchi letodlarga bo’linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, ordamchi metodlarga suhbat, so 'rovrtoma, test, sosiometriya va faoliyat natijalarini Mil qilish kabi metodlami kiritish mumkin.
kuzatish metodi - ikki xil bo’lib, ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki) kuzatish orlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarislilami kuzatish uchun quyidagilar amalga shiriladi:
) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi;
) kuzatilayotgan ob'ekt tanlanadi;
) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
;) kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi;
) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’qish, o’yin, mehnat, sport) amalga shirilishi aniqlanadi;
) kuzatislming shakli (yakka, guruh, jamoa) tanianadi; yo) kuzatilganlami qayd qilib orish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, ideomagnitafon) tayyorlab qo’yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlaming Iqqati, his-tuyg’ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoraiari, sezgirligi, ulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki echinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq tishga bu metodning imkoni yetmaydi.
Masalan, o’spirin yoshlaming sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, shchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, talabga intilish, o’z harakatini dora qila olish yuzasidan materiallami yig’ish mumkin.
Tashqi kuzatishda ba'zan tafakkur bo’yicha ham ma'lumotlar olish mumkin. Ish istidagi kayfiyatni, chegradagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik kabi ruliiy holatlami :uzatib, tafakkurdagi o’zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashkari qo’lning titrashi, sabiylashish, nutqning buziiishi ham insonning ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha la'lumotlar beradi. Psixologiyada o’z-o’zini kuzatish, ya'ni interospeksiya metodidan iam foydalaniladi. lekin bu psixologiyaning ilmiy bo’lmagan metodi hisoblanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling