F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet30/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;

v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalami o’rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.

  1. sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;

  2. kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalarjinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.

Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalami tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillami o’rganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San'at psixologiyasi - san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlami idrok etilishi, turli hodisalami paydo
47
bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlami shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi.
Dmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling