F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidaeilarm tasawur etish mumkin


Download 0.68 Mb.
bet45/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidaeilarm tasawur etish mumkin

Kommunikator adresant

Muloqot sub'ekti sifatidagi omil namoyon bo'ladi.

Resepient aderesat

Bu ma'lumot kimga uzatilmoqda

Ma'lumot

Nima uzatilmoqda

Kod

Qanday vositalar asosida

Maqsad

Nima uchun uzatilmoqda

Aloqa kanali

Ovoz, xat, efir orqali aloqa

Natija

Nimaga erishildi.



. Shuningdek amerikalik jumalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo’lgan kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi.

  • Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda)

  • Nima (qanday axborot uzatilmoqda)

  • Qanday (axborot qanday yo’l bilan uzatilmoqda)

  • Kimga (axborot kimga yo’naltirilmoqda)

> Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi)
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga yo’naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipientlarga yo’naltiriladi) xarakterda bo’lishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda o’zaro munosabatga kirishuvchilami bir-birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo bo’ladi, ya'ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta'sirchanlik ko’rsatiladi.
Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi "Muloqot - shunday ne'matki, и orqali inson lazzatlanadi", deb yozgan edi.
So’zning mohiyati haqida Sa'diy "Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik buni bir so’z aytmaguncha bila olmaymiz" degan edi.
Xalqimizda shunday ibratli ibora bor "inson aql farosali uning nutqining aniqligida namoyon bo’ladi".
67
Noverbal kommunikasiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikasiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o’mini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslamiki teskarisi bo’ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikasiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar ko’pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o’z qoqish va kayfiyatlarini o’tkazishda yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidiK
V Noverbal kommunikasiyaga belgilaming optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo’l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo’l, oyoq, tana harakatlpri) kiradi.
Nlestlar - insonning qo’l harakatlari bo’lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir ob'ektga munosabati va tashqi olamga yo’nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o’z muloqotlarini jestlarsiz tavsawur eta olmaydilar. O’zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, noverbal kommunikasiya og’zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlami ifoda etish imkonini beradi.
^Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi bo’lib, u orqali insonning o’ylari, xatti-harakatlari, tasawurlari, xotiriashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo’ladi.
^Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so’zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi.
Publisiy aytganidek, biz "Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz". Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko’rib chiqaylik.
Paralingivistik va ekstratingvistik belgilar tizimi - bu lokalizasiya tizimi bo’lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo’tal, yig’i, kulgu, nutq tempida namoyon bo’ladi.
Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilami bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda no?ulaydir. Ayniqsa, seminar mashg’ulotlari jarayonida o’qituvchi, ma'ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar.
Seminarlami yoki shu kabi suhbatlami 'T" shaklida joylashgan stol stullarda o’tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir.
Vizual muloqotda "ko’z kontakti" belgilar tizimi ham qo’llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.
Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma'lum bir ma'lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma'lumotlami keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo’lgan. Uni ayollar yaratishgan. O’z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollar o’z hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assosiasiya sifatida paydo
68
bo’lgan belgilar qat'iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog’inch, yolg’izlik, gnasint qunchalarining soni uchrashuv kunini. qo’ng’iroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi.

  1. asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so’ng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning ko’p davlatlarida siyoh rang do’stlik, hashamatlilik, to’kinlik ramzi bo’lsa, Yaponiyada-ham og’riq belgisi bo’lgan. Har qaysi rang ma’lum holat, kayfiyat ma’nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti - yoshlik, sariq - baxt, quyosh, to’y, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, ko’k - ishonch, vafo, qora - tantanavorlik, qayg’u, oq - poklik, beg’uborlik ramzi sifatida tushuniladi.

Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta'sir etish
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o’z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo’yadi.
Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o’zaro ta'siri sifatida namoyon bo’ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta'sirlar yig’indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro’y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko’lami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning "repertuar"iga mos hoida namoyon bo’ladi. Psixologiyada "rol" deganda ijtimoiy (sosial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilardan kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o’qituvchi va o’quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo’lishi mumkin). O’z navbatida har bir rol o’ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollami bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo’lsa shifokor ko’rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo’st oila boshliqi bo’ladi. Turli rollami bajaruvchi kishilarning o’zaro munosabati rol kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo’qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq- atvomi kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa, ijtimoiy nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko’pmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o’zaro ta'sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq-atvor namimasirii qo’llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko’rishga tayyor ekanligini to’g’ri, aniq, xatosiz ko’chira olish qobiliyati takt deb ataladi.
Ma'lumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik jarayon o’qituvchi va o’quvchilaming uyushgan faoliyatlari asosida tuzilgan. Shu bois o’qituvchi pedagogik jarayonni o’quvchilar jamoasidan tashkil topganligini unutmasligi har bir o’quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi
69
kerak.. O’quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo’lsada yo’qolishi, og’ir oqibatlami vujudga kel^y»di.
Muloqotning interaktiv tomoni deganda, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish"3a muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta'sir o’tkazishi tushuniladi. Kommunikasiya orqali odamlar birgalikdagi faoliyatni tashkil etadilar. Umumiy faoliyatda ishtirok etar ekan, odamlar bir-birlariga ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’zaro ta'sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud.
о Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning o’ziga tegishli qismini bajarishi (masalan shanbalikdagi ish)
о Umumiy vazifani bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (masalan konveyerdagi ish)
о Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o’zida umumiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi (masalan, futbol jamoasidagi ish).

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling