F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet129/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalaming analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keitiramiz. Sintez elementlaming,
191

narsa va hodisalaming qismlari va bo’laklarini bir butun qilib ho’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy bo'lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlami narsalami bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalaming bir-biriga o’xshasnligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilami ta’kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklami, ayniyat yoki ziddiyatlami aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlami bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkuming asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik.
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalami bevosita solishtirish va nazariy tasawur qilinayotgan obrazlami va narsalami ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki ikki steijenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalaming barchasini bevosita aks ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan bilimlaming aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalami fikran solishtirib ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar.
192
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki. bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalaming muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalaming muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling