F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet131/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Hukmlar sifatiga коra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

  • Hukmlaming miqdoriga qarab: yakka, juz*iy, xususiy va umumiy hukmga;

  • Hukmlamingmunosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat'iy hukmlarga;

  • Hukm taxmimy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin.

    Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga yomg’ir yog’ishi mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak.
    Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hnkm deb ataladi. Masalan, O’zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. Belgir.ing biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz'iy hukm deb ataladi. Masalan, ba'zi metallar elektr- tokini o’tkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga qo’yilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalaming hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a'lo baholar oladi. Agar o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira olmaydi. hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi.
    Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat'iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.
    Narsa va hodisalar bilan ulaming xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani taxminan emas,
    196
    balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan iihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi.
    Hukmning shunday yuqori shakli bork.i, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususivatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g’alaba qozonishi muqarrar. sezgilaming intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta'kidlab o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. Dastawal olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga misoldir.
    Xulosa chiqarish
    Bir qancha hukmlaming mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi.
    Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
    Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduhtiv va analogiya.

    Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   166




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling